Statistikada jamlash va guruhlash



Yüklə 66,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix16.12.2023
ölçüsü66,62 Kb.
#182198
  1   2   3   4
3 мавз STATISTIKADA JAMLASH VA GURUHLASH.



STATISTIKADA JAMLASH VA GURUHLASH. 
 
Maqsad:
Statistikada jamlashning va guruhlash usullarini, turlarini va uning 
qo’llanilishini, ahamiyatini talabalarga yetkazish. 
Zarur adabiyotlar va jihozlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi «Davlat statistikasi to’g’risida»gi qonun. Xalq so’zi, 
2002 yil 26 dekabr.
2.
Shodiev X., Statistika (darslik). T.: «Abu Ali ibn Sino», 2004 – 34-39 betlar.,
Noutbuk va tarqatma materiallar
3.
 
http://library.ziyonet.uz/ru/book/download/35990
 
Ishning mazmuni: 
 
3.1.
 
Statistikada jamlash: turlari va mohiyati
 
3.2.
 
Guruhlash metodi: mohiyati, 
ahamiyati va turlari
 
3.3.
 
Guruhlashi turlari
 
 
Statistik kuzatish o’tkazilib o’rganilayotgan hodisa to’g’risida ko’pdan-ko’p va 
turli-tuman tarqoq ma’lumotlar to’planadi. Bu ma’lumotlar asosida hali hech qanday fikr 
yuritib bo’lmaydi, chunki ular tarqoq va har xildir. Shuning uchun ham navbatdagi vazifa 
to’plangan ma’lumotlarni bir tizimga keltirish, tartibga solish, umumlashtirishdan 
iboratdir. Bu muammoni statistikada jamlash (svodkalash) metodini qo’llash bilan hal 
etiladi. Shundan statistik tekshirishning ikkinchi bosqichi boshlanadi.
Statistik jamlash (svodkalash) deganda har kuni radio va televizorda beriladigan 
informatsiyani tushunmaslik kerak. Ular ma’lum bir ishning bajarilishi to’g’risidagi 
operativ ma’lumotdir.
Statistik svodkalash
deganda to’plangan ma’lumotlarni ilmiy tekshirishdan 
ko’zlangan maqsad va vazifalar nuqtai-nazaridan qayta ishlash tushuniladi.
Statistik jamlash hisoblash texnologiyasiga qarab oddiy va murakkab, tashkil qilinishiga 
qarab esa markazlashgan va markazlashmagan jamlashlarga bo’linadi.
Oddiy jamlash deganda olingan ma’lumotlarni umumiy yakunlarini hisoblash tushuniladi, 
murakkabda esa to’plam birliklari guruh va guruhchalarga ajratilib, ularning har biri va 
umumiy bo’yicha jamlab chiqariladi.
Markazlashgan jamlashda barcha ma’lumotlar bir erga to’planib, o’sha erda qayta 
ishlanadi. Masalan, aholi ro’yxati ma’lumotlarini qayta ishlash.
Markazlashmagan jamlashda ish pog’onama-pog’ona amalga oshiriladi, masalan, dastlab 
tumanda, keyin viloyatda va h. k.
Statistik jamlash bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi va quyidagi 
elementlarni o’z ichiga oladi:
1.To’plangan ma’lumotlarni qayta ishlash rejasi va dasturi tuziladi.
2.To’plam birliklari o’rganilayotgan belgi bo’yicha guruhlarga ajratiladi.
3.Har bir guruh va umumiy to’plam bo’yicha jamlar chiqariladi.
4.Natijalar statistik jadvallarga joylashtiriladi va grafiklarda tasvirlanadi.

Yüklə 66,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin