so’mgacha tovar oborotiga ega bo’lgan korxonalar kiradi. Qolgan guruhlar 55-60; 60-65;
65-70; 70-75; 75-80mln. so’m.
Teng bo’lmagan oraliq deganda guruhdan guruhga o’zgarib boruvchi interval tushuniladi.
Bunday oraliqlar, odatda, to’plam birliklari juda katta tarqoqlikka ega bo’lgan hollarda
qo’llaniladi. Masalan, do’konlar kichik, o’rta va yirik do’konlardan tashkil topgan bo’lsa,
ularni tovar oboroti bo’yicha bir xil intervallarda guruhlarga ajratsak ayrim guruhlarga
bitta ham do’kon tushmasligi mumkin.
Guruhlar chegarasini aniqlashda ayrim qoidalarga
rioya qilishga to’g’ri keladi.
Birinchidan, “gacha” deganda yoki “unda yuqori” so’zlari yozilganda qanday yo’l tutish
kerak. Masalan, do’kon xodimlarining mehnat unumdorligi bo’yicha 5 ta guruh tuzilgan:
90ming so’mgacha; 90-120; 120-150; 150-180; 180 dan yuqori. Bunday misollarni bir
necha xilini keltirish mumkin. Bu erda tekshiruvchining o’ziga va aniqrog’i uning
yozuviga bog’liq. Ikkita tamoyil (qo’shilgan va qo’shilmagan holda) mavjud. Agarda
“qo’shilgan holda” tamoyilini qo’llasak 90 ming so’m unumdorlikka ega bo’lgan savdo
xodimi birinchi guruhga, “qo’shilmagan holda” tamoyili qo’llansa- ikkinchi guruhga
qo’shiladi. Endi yozuvga e’tibor bering, oxirgi guruhda “180 dan yuqori” deb yozilgan.
Demak, 180 ming so’mlik unumdorlikka ega bo’lgan xodim oxiridan oldingi guruhga
kiradi. Agarda “180 va yuqori” so’zi yozilgan bo’lsa edi, bu xodimni oxirgi guruhga
kiritgan bo’lar edik.
Oraliqlarni o’rtachasini aniqlash ham muhim ishlardan biri. Bu ish quyidagicha
bajariladi. Intervalni quyi va yuqori chegarasi qo’shilib ikkiga bo’linadi. Ikkinchi guruh
uchun u (90+120):2=105 ming so’mga. Uchinchi guruh uchun (120+150):2= 135 ming
so’m. Bu natijani ikkinchi guruh intervali o’rtachasi 105 ming so’mga interval farqini
qo’shish orqali ham olish mumkin (105+30=135) Ochiq intervalli guruhlarda birinchi va
oxirgi guruhlarning o’rtacha darajasini aniqlash quyidagicha amalga oshiriladi. Teng
oraliqli guruhlarda, birinchi guruh o’rtachasini aniqlash uchun ikkinchi guruh
o’rtachasidan oraliq hajmi ajratiladi (105-30=75), oxirgi - o’zidan oldingi guruh
o’rtachasiga oraliq hajmi qo’shiladi (165+30=195). Teng bo’lmagan oraliqlarda birinchi
guruh oralig’i ikkinchi guruh oralig’iga teng, oxirgi guruh oralig’i o’zidan oldingi guruh
oralig’iga teng deb qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: