Statistikaning predmeti va uslubi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix07.10.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#64688
1   2   3
STATISTIKANING PREDMETI VA USLUBI

metodologiyasi deyiladi.
1.2. O’zbekiston Respublikasi statistika faoliyatining tashkil etilishi, uning
huquqiy asoslari va vazifalari
Sobiq Sovet Ittifoqi davrida statistika faoliyati markazdan boshqarilib, barcha
metodologik va uslubiy masalalar u erda mujassamlashgan edi. Ittifoqdosh
respublikalardagi statistika idoralari (avvalgi Markaziy statistika boshqarmalari,
keyinchalik esa Davlat statistika qo’mitalari) faqat statistik ma’lumotlarni
respublika miqyosida to’plash, qayta ishlash va olingan ma’lumotlarni markazga
etkazib berish bilan shug’ullanar edilar. Masala shu qadar markazlashtirilgan ediki,
hatto ittifoqdosh respublikalarda yaratilgan milliy daromad hajmi joylarda emas,
balki markazda aniqlanar edi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan davrdan boshlab statistika
faoliyatini tashkil etish masalasida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Dastavval,


statistika va bashorat qilish ishlarini uyg’unlashtirish hamda metodologik-uslubiy
masalalarni bozor iqtisodiyoti sharoitlariga moslashtirish maqsadida O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1992 yil 6 avgustdagi UP-949 sonli Farmoni va
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 7 avgustdagi 367-sonli
qaroriga ko’ra Davlat statistika qo’mitasi Taraqqiyot istiqbolini belgilash qo’mitasi
bilan birlashtirilib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar
Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika («O’zistiqbolstat») Davlat
qo’mitasi tashkil qilindi.
Respublikamizda statistika ishlarini qonuniy va xalqaro standartlar asosida olib
borish ishlarini tashkil qilish uchun 1993 yilning 2 sentyabrida Oliy Majlis
tomonidan
«Davlat statistikasi to’g’risida» qonun va 1994 yilning 24 avgustida Vazirlar
Mahkamasining 433-sonli qaroriga binoan «O’zbekiston Respublikasining xalqaro
amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga o’tish bo’yicha Davlat
dasturi» qabul qilindi.
Respublikaning ehtiyojlaridan kelib chiqib xalqaro registrlarni shakllantirish
tamoyillariga muvofiq korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registrini
(KTYaDR) ishlab chiqish va yuritish maqsadida 1994 yilning 17 noyabrida Vazirlar
Mahkamasining 555-sonli «Mulkchilik va xo’jalik yuritishning barcha shakllaridagi
korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registri to’g’risida» qarori qabul
qilindi. Bu qarorni qabul qilishdan asosiy maqsad:
-
O’zbekiston Respublikasida korxona va tashkilotlarni yagona davlat hisobiga
olishni ta’minlash;
-
aniq mo’ljalli iqtisodiy ko’rsatkichlar negizida yoppasiga statistik kuzatishni
yuritish, shuningdek bir yo’la hamda tanlab o’tkaziladigan tadqiqotlar va ro’yxatga
olishlarni tashkil etish;
-
respublika va hududiy boshqaruv idoralarining axborot almashishda ijtimoiy-
iqtisodiy ko’rsatkichlarning bir-biriga to’g’ri kelishini va taqqoslamaligini
ta’minlash;
-
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning respublika axborot makoni doirasida o’zaro
hamkorlik qilishlarida ularni identifikatsiyalashtirishning yagona tamoyillarini
ta’minlash;
-
ishonchli axborot to’plash va ular bilan boshqaruv idoralari va
foydalanuvchilarni ta’minlash.
-
Korxona va tashkilotlar Yagona davlat registrining amaliyotga kiritilishi
natijasida quyidagilarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi:
-
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni bir yoki bir necha axborot belgilari bo’yicha
istalgan jamlikda tanlash va guruhlarga ajratish;
-
boshqa idoralarning registrlari bilan o’zaro hamkorlik qilish;
-
KTYaDR ma’lumotlarini qog’ozda, disketda, aloqa vositalari orqali tanlash va
berish;
-
KTYaDR ma’lumotlarini yangilash va dolzarblashtirish;
-
KTYaDR ma’lumotlarini himoya qilish.


Yuqorida keltirilgan qonuniy asoslar respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o’tish
jarayonining
birinchi
bosqichida
statistika
ishlarini
tashkil
qilish
va
takomillashtirishda tashkil qilishda katta ahamiyat kasb etdi.
Shu
davrda respublikamizda xalqaro moliya va statistika
institutlarining ekspertlari yordamida xalqaro standartlarga asoslangan
inflyatsiya jarayonlarini ifodalovchi iste’mol narxlari indekslari hamda milliy
hisoblar tizimiga asoslangan yalpi ichki mahsulot boshqa makroiqtisodiy
ko’rsatkichlarni hisoblashga asos solindi.
1.3. O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tizimining tuzilmasi
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika
Qoraqalpog’iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahar statistika
boshqarmalari
Kadrlarni qayta tayyorlash
va statistika tadqiqotlari markazi
Tuman (shahar)lar
statistika bo’limlari



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin