4.
Xarajatlarni rejalashtirishdagi asosiy ko’rsatkichlar, ularni aniqlash
tartibi. Turg’un davolash muassasasi xarajatlar smetasini tuzish va ularni
boshqarish.
Ijtimoiy sohalar faoliyatini rejalashtirishning bir necha o’n yilliklar davomida
shakllangan tartiblarga muvofiq, sog’liqni saqlash muassasalari faoliyatini
rejalashtirish odatda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
154
1.
Aholi soni va aholining tibbiyot muassasasidagi o’rinlarga ehtiyoj me’yorlari
asosida tibbiy muassasaning ishlab chiqarish quvvatlari (u yoki bu profil yo’nalishlari
bo’yicha o’rinlar - koykalar soni) ni aniqlash;
2.
Mazkur muassasa uchun o’rnatilgan namunaviy shtat normativlari bo’yicha
zarur shtat normativlari sonini hisoblab topish;
3.
Koykalar soni va tuzilishi (terapevtik, xirurgik, nevrologik)ga ko’ra ish
hajmini rejalashtirish;
4.
Shtatlar jadvali, ishlab chiqarish quvvatlari va koykalar ishining
ko’rsatkichlari (koyka-kunlar soni) ga asoslanib tibbiyot muassasasini saqlash uchun
moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash.
Demak, sog’liqni saqlash sohasidagi har bir muassasaning ishi operativ tarmoq
ko’rsatkichlari, masalan:
kasalxonalardagi o’rtacha yillik o’rinlar soni (jami va o’rinlar profillari
bo’yicha),
bir yilda o’rinlarning ishlash kunlari soni,
o’rin-kunlar miqdori,
barcha toifadagi xodimlar bo’yicha o’rtacha yillik shtatlar birligi soni,
ambulatoriya-poliklinikalarda vrach qabullari (kasalni ko’rish) soni bilan
tavsiflanadi.
Xarajatlarni rejalashtirishda shu narsa muhimki, davolash-profilaktika
muassasasi aholiga tibbiy yordamni asosan ikki shaklda ko’rsatadi. Kasalxonaga
muqim yotqizib «statsionar» (turg’un) davolash va ambulatoriya-poliklinikada
yordam ko’rsatish. Turg’un davolash muassasalarining asosiy ko’rsatkichlaridan biri
- o’rin-kunlar soni bo’lsa, ambulatoriya-poliklinika muassasasining asosiy
ko’rsatkichini vrach lavozimlari soni va vrach qabullari soni tashkil qiladi. Shunga
qarab xarajatlarni hisoblash usuli tanlanadi.
Kasalxonaning joriy saqlash xarajatlarini hisoblashda o’rinlarning o’rtacha yillik
soni asos qilib olinadi. Bu miqdor yangi o’rinlar ochilishi muddatlariga qarab
quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Ko’r=Kb+(Ko-Kb)/O
bu erda:
Ko’r - o’rinlarning o’rtacha yillik soni;
Kb - yil boshidagi o’rinlar soni;
Ko - yil oxiridagi o’rinlar soni;
O - yangidan ochilgan (tashkil etilgan) o’rinlarning ishlash oylari soni.
Albatta, barcha davlat tibbiyot muassasalari xarajatlari budjet tashkiloti sifatida
budjetdan moliyalashtirishning o’rnatilgan tartiblariga rioya qilgan xolda mablag’
bilan ta’minlanadilar.
|