143
10-MAVZU. TIBBIY XIZMATLAR MENEJMENTI STRATEGIYASI
Reja:
1.
Sog’liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirish manbalari.
2.
Sog’liqni saqlash tizimi mussasalarini saqlash va rivojlantirishda davlat
budjetining ahamiyati va ularni boshqarish.
3.
Davlat sog’liqni saqlash
muassasalarining tarkibi, ular xarajatlarini
rejalashtirish va budjetdan moliyalashtirishning xususiyatlari
4.
Xarajatlarni rejalashtirishdagi asosiy ko’rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi.
Turg’un davolash muassasasi xarajatlar smetasini tuzish va boshqarish
1. Sog’liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirish manbalari
Ma’lumki, tibbiy xizmatlar ancha qimmat turadigan ne’mat bo’lib, har bir kishi
o’z hayoti davomida iste’mol qilishi mumkin bo’lgan tibbiy xizmatga haq to’lash
uchun qancha mablag’ yig’ib qo’yish lozimligini avvaldan bilmaydi. Lekin bir guruh
fuqarolar
birlashib, yoki butun bir jamiyat bu maqsadga mo’ljallangan mablag’ni
jamg’arishi mumkin.
Shu munosabat bilan sog’liqni saqlash tizimini aralash moliyalashtirish shakliga
o’tish masalasi islohotlarning markazida turgan masala sifatida qaralishi mumkin.
Ma’lumki, tibbiy xizmatlar bir qator o’ziga xos hususiyatlarga ega. Bular
quyidagilar:
Tibbiy xizmatlarning ko’pchiligi ijtimoiy ne’mat xisoblanadi, shuningdek, ular
“tashqi effekt” hususiyatiga ega;
Tibbiy xizmatlarga bo’lgan ehtiyoj hamda ularning oqibatlari doimo noaniqlik
bilan bog’liq;
Informatsion asimmetriyaning mavjudligi.
Mana shu o’ziga xosliklarning mavjudligi davlatning sog’liqni saqlash tizimiga
aralashuvini taqozo qiladi.
Davlatning sog’liqni saqlash sohasidagi majburiyatlari
sifatida quyidagilarni
aytib o’tish lozim (...-chizma):
Davlat daromadlari shakllanishining barqarorligini ta’minlash orqali sog’liqni
saqlash sektori uchun resurslarning mamlakat miqyosida safarbar etilishini
ta’minlash;
Turli mulk shakllaridagi tibbiyot muassasalari faoliyatining me’yoriy-huquhiy
bazasini yaratish;
144
Aholiga davlat tomonidan kafolatlangan bazaviy tibbiy xizmatlar paketiga
kirgan asosiy tibbiy xizmatlarni taqdim etish va ularni
moliyalashtirish yuzasidan
javobgarlik;
Tibbiy xizmatlarning sifat standartlarini joriy qilish va ularga rioya etilishini
nazorat qilish;
Ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga tibbiy xizmatlar
ko’rsatish va ularni moliyalash va sh.k.
Jahon tajribasidan
shuni kuzatish mumkinki, tibbiy xizmatlarni moliyalash
xarajatlari bir qancha manbalardan qoplanishi mumkin, ya’ni sog’liqni
saqlash
sektorini moliyalashtirishning asosiy manbalari quyidagilar:
Davlat budjeti
Majburiy ijtimoiy (tibbiy) sug’urta
Xususiy tibbiy sug’urta
To’g’ridan-to’g’ri to’lovlar (iste’molchilarning tibbiy xizmatlarni sotib
olishdagi xarajatlari)
Moliyalashtirishning har bir manbasi o’ziga xos xususiyatlarga ega,
jumladan
(...-chizma):
Dostları ilə paylaş: