Strategik menejment


Xalqaro hamkorlik va bitimlar



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/309
tarix20.11.2023
ölçüsü4,26 Mb.
#162872
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   309
Strategik menejment

Xalqaro hamkorlik va bitimlar 
O‘zbekiston ta’lim sohasida bozor islohatlarini amalga oshirib, xorijiy 
mamlakatlar ta’lim tizimi bilan integratsiya jarayonlarini aniq maqsadlarga muvofiq 
ravishda olib bormoqda. Hamdo‘stlik mamlakatlaridan Rossiya, horijiy davlatlardan 
Singapur, Buyuk Britaniya, Italiya bilan oliy ta’lim sohasida hamkorlik aloqalarini 
amalga oshirdi. 2006 yilda Rossiyaning M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat 
universitetining Toshkentdagi filiali ochildi. Universitet Rossiya MDU davlat 
standartlari 
asosida 
psihologiya, 
xalqaro 
programmalashtirish 
va 
iqtisod 
yo‘nalishlarida bakalavriat ta’limi yo‘lga qo‘yildi. Xalqaro standartlarga mos 
ravishda o‘quv dasturlarining tuzilganligi, ta’lim sifatining yuqori darajada ekanligi, 
ta’lim-tarbiya jarayonining uzluksizligi hamda eng ilg‘or pedogogik texnologiyalar 
asosida olib borilishi universitet bitiruvchilarining mehnat bozorida raqobatbardosh 
bo‘lishini ta’minlaydi. Universitetning zamonaviy kompyuter texnika va 
texnologiyalari bilan jixozlangan auditoriyalari ta’lim jarayonini samaradoriligiga 
ta’sir etib, ta’lim sifatini jaxon standartlariga mos ravishda boshqarilishi 
ta’minlanmoqda.
Yangi talim turlarini joriy etish maqsadida masofaviy ta’lim tizimiga asos 
solinib 28 dan ziyod fandan video maruzalar ishlab chiqilgan. 10 dan ziyod 
videokonferensiyalar tashkil etilmoqda. 


135 
Universitet tayanch oliy o‘quv yurti sifatida, chet elda o‘qib kelgan 
mutaxassislarni jalb etgan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlar universitetlari 
ta’lim standartlari, o‘quv rejalari, fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari o‘rganilib, 
O‘zbekiston respublikasida tayyorlanayotgan yo`nalishlar va mutaxassisliklar 
standartlari, o‘quv rejalari, dasturlari bilan solishtirilib tahlil etildi va uning asosida 
mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi, fanlar 
bo‘yicha dasturlar takomillashtirildi. Ortirilgan tajribalar asosida darsliklar va o‘quv 
qo‘llanmalar tayyorlashda xorijda va respublikada chop etilgan o‘quv qo‘llanma, 
darsliklar, boshqa oliy o‘quv yurtlari olimlarining ilmiy izlanishlarining qiyosiy
tahlili berildi.
Darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar Respublikada qabul qilingan hukumatning eng 
so‘nggi qarorlari, me’yoriy hujjatlari va boshqa instruktiv ma’lumotlar bilan boyitildi, 
adabiyotlar ro‘yxatiga 2005 yildan keyin Rossiya va xorijiy mamlakatlarda chop 
etilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar VEB saytlar kiritildi, glosariylar boyitildi.
Xorijdagi ilg`or g`oyalarni va ta’lim usullarini yetkazish uchun universitetning 
xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalari faollashmoqda. Janubiy Koreya, Gollandiya, 
Rossiya, Avstriya, Angliya, AQSH, YAponiya davlatlarining yetakchi professorlari 
universitetga kelib ingliz tilida mashg`ulot o‘tishmoqda. Xalqaro Biznes, Xalqaro 
Iqtisodiy Munosabatlar fakultetlarida mashg`ulotlar ingliz tilida o‘tilishi tashkil 
etilgan. 
Muntazam 
ravishda 
professor-o‘qituvchilar 
uchun 
pedagogik 
(keys) 
texnologiyalarni yaratish bo‘yicha seminar treninglar o‘tkaziladi. 2008 yil yanvar 
oyidan 

mart 
oyigacha 
55 
fandan 
keys 
texnologiyalar 
yaratildi.
Mashg‘ulotlarni interaktivligini oshirish maqsadida axborot texnologiyalari va 
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘lash bo‘yicha o‘qituvchilar va talabalar 
uchun maxsus o‘quv qo‘llanmalar yaratildi.

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   309




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin