Strategik menejment


Oliy ta’lim tizimi ichki tuzilmalari



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/309
tarix20.11.2023
ölçüsü4,26 Mb.
#162872
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   309
Strategik menejment

Oliy ta’lim tizimi ichki tuzilmalari
Oliy ta’lim tizimini tashkil qilishdagi va tarkibidagi qator milliy xususiyatlar 
boshqa Evropa mamlakatlarida ham mavjud.
Daniya
universitetlari 4 yillik oliy ta’limdan so‘ng o‘z bitiruvchilariga asosiy 
daraja xisoblangan nomzodlik diplomini beradilar. Lekin bunday diplom muhandislik 
mutaxassisliklarini egallovchilarga 5 yillik ta’limdan so‘ng, tibbiyot mutaxassislariga 
8 yillik oliy ta’limdan so‘ng beriladi. Magistr diplomini olish uchun yana 1-2 yil 
o‘qish lozim bo‘ladi. Oliy texnika maktabi bitiruvchilariga (3-4 yil) muhandislik 
ixtisosligi bo‘yicha diplom beriladi (lekin muhandis-quruvchi diplomini olish uchun 
esa 5 yil o‘qish lozim bo‘ladi).
Irlandiyada 
gumanitar fanlar va tijorat sohasida 3 yillik, tibbiy fanlar va turli 
muhandislik mutaxassisliklari uchun 4 yillik, qishloq xo‘jaligi, stomatologiya, 
veterinariya sohalari uchun 5 yillik, tibbiyot bo‘yicha 6 yillik o‘quv dasturlarini 


134 
o‘zlashtirib bakalavrlik darajasiga ega bo‘lish mumkin. Magistraturaga bakalavr 
diplomi bilan kirilib, u yerdagi ta’lim muddati quyidagi jihatlari bilan 
xarakterlanadi:gumanitar fanlar va tijorat-1 yil; pedagogik fanlar-2 yil; muhandislik 
fanlari-1,5-2 yil ; tabiiy fanlar-(kimyo) va tibbiyot – 4-6 yil. 
Gretsiyada 
oliy ta’lim asosan 4 yillik bo‘lib, ayrim sohalar bo‘yicha o‘qish 
muddati bir oz uzunroq; muhandislik va stomatoligiya – 5 yil, tibbiyot – 6 yil. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari 
universitet maqomida bo‘lmagan Pedagogik Alademiya deb ataladigan 4 yillik oliy 
o‘quv yurtlarida tayyorlanadi. O‘rta maktab o‘qituvchilari esa universitetlarda 
tayyorlanadi.
Shvetsiyada
ham oliy o‘quv yurtlari 4 yillik, magistraturada o‘qish muddati esa 
1 yil. 
Shunday qilib oliy ta’limni tashkil qilishdagi Evropa mamlakatlari o‘rtasidagi 
bir xil yondoshuv uning ko‘p bosqichliligida, ta’lim muddatlarini belgilashda, oliy 
ta’limga asosan yoshlarni (ba’zan kattalarni ham) jalb qilishda ko‘zga tashlanadi. 
Lotin Amerikasi mintaqasi bo‘yicha yoshlarni oliy ta’lim maktablariga jalb qilinishi 
haqidagi raqamlar e’tiborga molikdir.bu mintaqada 18-23 yoshlardagi aholining 27 
foizi oliy o‘quv yurtlarida o‘qiydi. Bu ko‘rsatkich Argentina va Urugvayda 44 foiz, 
Venesuela,Kosta-Rika, Panama, Peru, Ekvador va CHilida 25 foiz, Braziliya va 
Meksikada 15 foizni tashkil qiladi. 

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   309




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin