290
oladilar. Mustaqil o‘zlashtirilgan mavzu buyicha tayyorlangan matn kafedrada
himoya qilinadi.
Mavzu bo’yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash
Talabaga muayyan mavzu bo‘yicha testlar, qiyinchilik darajasi har-xil bo‘lgan
masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo‘ladigan testlar tuzish topshiriladi.
Bunda o‘qituvchi tomonidan talabaga testga qo‘yiladigan talablar, uni tuzish
qonun-qoidalar, qanday maqsad ko‘zda tutilayotganligi, turli savollar tuzishda
mavzuning munozarali holatlarini qanday amalga oshirish lozimligi, topshiriqlarni
tuzish usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Maslahat darslarida bajarilgan
ishlarning holati va talabalarning javob berish darajasi nazorat qilinadi (qayta ishlash,
aniqlashtirish yoki to‘ldirish taklif etilishi mumkin).
Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash
Talaba biron bir mavzu bo‘yicha (mavzuni talabaning o‘zi tanlashi ham mumkin
(referativ xarakterda) maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlab topshirishi mumkin.
Bunda talaba o‘quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va
monografiyalar hamda internet va boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli
ma’lumotlarni jamlaydi, tahlil qilishga zarurlarini ajratib olib, tartibga soladi, shaxsiy
tajribasi va ilmiy natijalariga asoslangan holda qo‘shimchalar, izohlar keltirib, o‘z
nuqtai-nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda talaba o‘qituvchi bilan hamkorlikda
ishlaydi. Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma’ruza kafedrada himoya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: