4
I. O’QUV MATERIALLARI
MA’RUZA MATNLARI
1- MAVZU. “STRATEGIK MENEJMENT” FANINING PREDMETI
VA BOSHQARUV JARAYONI
1“Strategik menejment” fanining predmeti, vazifalari va mohiyati
2.Kompaniya missiyasi va strategik qarashlarni belgilash
3.Strategik boshqarishning maqsadi va uning turlari
4.Strategiyani tanlash, uni amalga oshirish, amalga
oshirishini baholash hamda nazorat qilish.
1.“Strategik menejment” fanining predmeti, vazifalari va mohiyati
«Strategik boshqaruv» termini yuqori darajadagi boshqaruvni ishlab chiqarish
darajasidagi joriy boshqaruvdan farqini aks ettirish uchun 60-70-yillarda muomalaga
kiritilgan. Operativ boshqaruvdan strategik boshqaruvga o’tishning mohiyatini aks
ettiruvchi asosiy g’oya sifatida yuqori rahbariyat diqqat markazini atrof muhitdagi
o’zgarishlarga muvofiq tarzda va o’z vaqtida ta’sir ko’rsatish uchun tashqi muhitga
o’tkazish zaruriyati sifatidagi g’oya bo’ldi.
Strategik boshqaruv nazariyasining nufuzli ishlab chiqaruvchilari tomonidan taklif
etilgan bir qancha ta’riflarni ko’rib chiqaylik. Shendel va Xatten uni «tashkilotni
uning atorfidagi muhit bilan aloqani aniqlash va o’rnatish jarayoni» sifatida
tushunganlar. Ushbu jarayon tanlangan maqsadlarni amalga oshirish va resurslarni
taqsimlash vositasida atrof muhit bilan kungildagiday o’zaro munosabatlar xolatiga
erishish xarakatlaridan iborat. Xichchens buyicha «strategik boshqaruv - bu
tashkilotni uning atrof muhiti bilan o’zaro ta’sirini boshqarish vositasida tashkilot
vazifalarini amalga oshirish maqsadidagi boshqarish jarayoni: Pirs va Robinson
strategik boshqaruvni «tashkilot maqsadiga erishish uchun ishlab chiqilgan
strategiyalarni shakllantirish va bajarish bo’yicha qarorlar va harakatlar to’plami»
sifatida aniqlaydilar. Strategik boshqaruvning u yoki bu aspektlari va xususiyatlariga
ko’proq e’tibor beruvchi bir qator ta’riflar bor.
Demak, strategik boshqaruvni tashkilotning asosi sifatida inson potentsialiga
suyanuvchi, ishlab chiqarish faoliyatini iste’molchilar talab-lariga yo’naltiruvchi,
tashkilotda egiluvchan boshqaruv va o’z vaktida o’zgarishlarni amalga oshiruvchi
boshqaruv sifatida aniqlash mumkin.
5
Strategik
boshqaruv
murakkablashib
borayotgan
raqobat
kurashida
muvaffaqiyatga erishishning eng muhim omili bo’lishiga qaramay tashkilot
harakatlarida strategiyaning yo’qligini kuzatish mumkin. Strategik bosh-qaruvning
yo’qligi quyidagi ikki shaklda namoyon bo’ldi.
Birinchidan, tashkilotlar o’z faoliyatini atrof muhit umuman o’zgarmaydi yoki
unda katta o’zgarishlar bo’lmaydi degan taxmindan kelib chiqqan xolda
rejalashtiradilar. Nostrategik boshqaruvda ham hozirda, ham kelajakda aniq
harakatlar rejasi tuziladi. Nimaki va qachon qilishni o’z ichiga olgan uzoq muddatli
rejalarni tuzish va dastlabki davrda kelgusi yillar uchun echim izlash, «ko’p uzoq
yillarga» sotib olish - bularning barchasi nostrategik boshqaruvning belgilaridir.
Uzoq muddatli istiqbolni qurish-boshqaruvning juda muhim tarkibiy kismidir.
Strategik boshqaruv xolatida tashkilot atrof muhit va tashkilot hayotining
sharoitlari o’zgarishidan kelib chiqqan xolda kelajakda ko’zda tutish maqsadlarga
erishish uchun har bir hozirgi lahzada u aynan hozirgi paytda nima strategik
boshqaruvda kelajakdan turib hozirgi paytga nazar tashlanadi. Tashkilotga ma’lum
kelajakni ta’minlovchi xozirgi davrdagi tashkilot harakatlari aniqlanadi va amalga
oshiriladi. Bunda strategik boshqaruv uchun shu narsa ham xarakterliki, nafaqat
kelajakda korxonaning ko’zda tutilgan xolati qayd qilinadi, balki shu ham strategik
boshqaruvning eng muhim vazifalaridan xisoblanadi, ko’zda tutilgan maqsadlarga
erishish imkoniyatini beruvchi atrofdagi o’zgarishlarga aks ta’sir ko’rsatish
qobiliyati ishlab chiqiladi.
Ikkinchidan, nostrategik boshqaruvda xarakat dasturini ishlab chiqish
tashkilotning ichki imkoniyatlari va resurslari tahlilidan boshlanadi. Bunday
yondashuvda tashkilot faqat qanday miqdorda mahsulot ishlab chiqarish va bunda
qancha harakat qilishnigina aniqlashi mumkin. Ishlab chiqarish hajmi va xarajatlar
miqdori firma tomonidan yaratilgan javob bera olmaydi, kanday miqdorda va narxda
mahsulot sotib olinishini bozor aniqlaydi.
Yaqqol afzalliklar bilan bir qatorda strategik boshqaruv undan foydalanish
bo’yicha kamchilik va cheklovlarga ega va bular ushbu boshqaruv turi boshqa turlar
singari har qanday vazifa va masalalarni hal qilishda xar qanday xolatda qullashning
universalligiga ega emasligini ko’rsatadi.
Birinchidan, strategik boshqaruv o’z moxiyatidan kelib chiqqan xolda kelajakning
aniq va batafsil sur’ati, ifodasini bera olmaydi. Strategik boshqaruvda shakllanuvchi
tashkilotning kelajakdagi istalgan xolati - bu uning ichki va tashqi xolatining batafsil
tasviri emas balki kelajakda korxona qanday xolatda bqlishiga, bozor va biznesda
qanday pozitsiyani egallashga, qaysi ishbilarmonlik guruhlariga kirishiga va h.k.
sifatli istakdir. Bularning barchasini majmui kelajakda raqobat kurashida tashkilot
yutib chiqadimi yoki yo’qmi? Shuni aniqlab berish lozim.
6
Ikkinchidan, strategik boshqaruv protsedura va chizmalar yig’indisidan iborat
bo’lishi mumkin emas. Unda ma’lum masalalarni hal qilishda yoki aniq vaziyatlarda
nima va qanday qilish lozimligini ko’rsatuvchi nazariya yo’q. Strategik boshqaruv -
bu ko’proq biznes va menejmentning ma’lum falsafasi yoki mafkurasidir. Har bir
menejer tomonidan u ma’lum ma’noda o’zgacha tushuniladi va amalga oshiriladi.
Albatta, muammolarni tahlil qilish va strategiyani tanlash, shuningdek strategik
rejalash-tirishni amalga oshirish va strategiyaning amaliy realiza-tsiyasining bir qator
tavsiyalari, qoidalari va mantiqiy chizmalari mavjud. Lekin umuman olganda,
strategik boshqaruv-bu strategik maqsadlarga tashkilotni etkazish-da yuqori
raxbariyat intuitsiyasi va san’atining simbiozi, xizmatchilarning yuqori malakasi va
ijodi va nixoyat, barcha xodimlarning tashkilot vazi-falarini amalga oshirishga,
maqsadlariga erishishning eng yaxshi yo’llarini izlashga aktiv kirishishidir.
Uchinchidan, tashkilotda strategik boshqaruv jarayonining amalga oshi-rilishi
boshlanishi uchun vaqt va resurslarni katta xarajati talab qilinadi. Strategik
rejalashtirishni yaratish va amalga oshirish zarur. Shu-ningdek, atrofni kuzatuvchi va
tashkilotni muhitga kirituvchi xizmatlarni yaratish zarur. Marketing, jamoa
munosabatlari bo’yicha xizmatlar va h.k. katta ahamiyatga ega bo’ladi va katta
miqdorda qo’shimcha xarajatlarni talab qiladi.
To’rtinchidan, strategik oldindan ko’ra bilish xatolarining salbiy oqibatlari keskin
kuchayadi. Qisqa muddatda umuman yangi mahsulotlar yaratilganda, qiqsa davrda
qo’yilmalarning yo’nalishi keskin o’zgarganda, kutilmaganda biznes uchun yangi
imkoniyatlar vujudga kelganda va uzoq yil-lar davomida mavjud bo’lgan
imkoniyatlar ko’z oldidan yo’qolganda, noto’g’ri oldindan ko’ra bilish va strategik
tanlovning xatoliklari uchun haq ko’-pincha tashkilotga qimmatga tushadi. Ayniqsa,
faoliyat yuritishning noal-ternativ yo’lini prognoz oqibatlari yomon bo’ladi.
Beshinchidan, strategik boshqaruvni amalga oshirishda asosiy e’tibor strategik
rejalashtirishga beriladi. Aslida esa strategik boshqaruvning asosiy tarkibiy qismi
bo’lib strategik rejani amalga oshirish hisob-lanadi.bu birinchi navbatda strategiyani
realizatsiya
qilish
imkoniyatini
beruvchi
tashkiliy
madaniyatni
yaratish,
mativlashtirish va mehnatni tashkil etish tizimlarini yaratish, tashkilotda ma’lum
egiluvchanlikni yaratishni va h.k.ni ko’zda tutadi. Bunda strategik boshqaruvda
bajarish jarayoni rejalashtirishga aktiv teskari ta’sir ko’rsatadi, bu esa bajarish bosqi-
chining ahamiyatini yanada oshiradi. Shuning uchun agar tashkilotda strategik
rejalashtirish podsistemasi yaratilgan bo’lsa va shu bilan birga strategik bajarish
podsistemasini yaratish uchun imkoniyatlar bo’lmasa, u strategik boshqaruvga o’ta
olmaydi.
Strategiya umumiy tarzda firmaning mavqeini mustahkamlash, iste’molchilarning
talablarini qondirish va qo’yilgan maqsadlarga
erishishga qaratilgan boshqarish rejasi
7
sanaladi. Aniq strategiyani tanlash rivoj-lanishning mumkin bo’lgan turli yo’llari va
usullari ichidan eng maqbulini tanlab olish demakdir.
Firmani boshqarish rejasi o’z ichiga quyidagi asosiy funktsiya va bo’linmalarni
oladi: ta’minot, ishlab chiqarish, moliya, marketing, xodim-lar, ilmiy tadqiqotlar va
ishlanmalar. Strategii tanlash bu biznes echimlari va raqobatga bardoshlilik
harakatlarini yagona tizimga bolashni anglatadi.
Strategiyani ishlab chiqish menejerlarning asosiy funktsiyala-ridan biridir.
Ba’zi menejerlar kuchli strategiya ishlab chiqadilar, biroq uni hayotga tadbiq eta
olmaydilar. Boshqa menejerlar o’rtacha strategiya ishlab chiqadilar va uni mohirona
amalga oshiradilar ham. Strategiya qanchalik yaxshi o’ylangan va mohirona amalga
oshirilgan bo’lsa, kompaniyaning mavqei shunchalik kuchayadi. Boshqarish yaxshi
tashkil ztilgan kompaniyalar ham kutil-magan noxush vaziyatlarga duch keladi
Pirovard natijada yaxshi strategiya bozorda kuchli mavqeni egallash, kutilmagan holatlar,
kuchli raqobat va ichki muammolarga qaramay, muvaffaqiyatli ishlashga zamin yaratadi.
«Menejment asoslari» kursidan birinchi malumki, menejerning vazifasi
quyidagilarni aniqlashdan iborat:
-biz qaerdamiz?
-k,ayoqqa ketyapmiz?
-faoliyatimizning maqsadi nimadan iborat?
-maqsadga erishish yo’llari qanaqa?
-optimal yo’lni tanlash mezonlari nimalardan iborat?
-pirovard natija qanday bo’lishi kerak?
Bu savollariga javob topish kelgusi boshqaruv tsikllarida foydalanish, maqsad
va natijalarni aniqlash uchun o’ta muhim.
Strategik menejment kompaniyaning uzoq muddatli maqsadlar va faoliyatiga
ta’alluqli. Aytish mumkinki, strategiyani (harakatlar tarzini) va uning aniq
vositalarini ifodalash boshqaruv negizini tashkil qiladi va kompaniyada menejmentni
yaxshi yo’lga qo’yilganligini ko’rsatuvchi eng to’g’ri belgi bo’lib xizmat qiladi.
Strategik menejmentning mazmuni quyidagilardan iborat:
- firma biznesining yo’nalish va asosiy maqsadlyarini belgilab olish;
-
firmaning tashqi muhitini tahlil qilish;
-
undagi ichki vaziyatni tahlil qilish;
-
firma yoki xo’jalikning o’rta bo’g’inlarida strategiyani tanlash va ishlab chiqish;
-
diversiyalangan firma portfelini tahlil qilish;
-
uning tashkiliy tuzilmasini loyihalash;
-
integratsiya darajasini va boshqaruv tizimini tanlash;
-
«strategiya - tuzilma - nazorat» majmuasini boshqarish,
-
firma faoliyatining ba’zi sohalardagi siesati va uning fe’l-atvor me’yorlarini
belgilash;
8
-
kompaniya strategiya va natijalarining teskari aloqasini taminlash;
Dostları ilə paylaş: |