18
Strategiyani boshqarish ijrochilari
Firmaning ijrochi direktori strategiya bo’yicha eng ta’sirli va javobgar menejer
hisoblanadi. Asosiy direktor lavozimi iazifalarini qo’yuvchi funktsiyalarni
bajarishni ko’zda tutadi. U maqsadlarni belgilaydi, strategiya-ni, uni bajarish yo’llarini
ishlab chiqadi.
Ishlab chiqarish, marketing, moliya, xodimlar va boshqa funktsiyalar bo’yicha vitse-
prezidentlar ham strategiya ishlab chiqadilar va uni amalga oshirish bo’yicha javobgar
hisoblanadilar. Har bir menejer o’zining javobgarlik sohasi bo’yicha
strategiyani ishlab
chiqadi va uning bajarilishini kuzatib boradi.
Diversifikatsiyali kompannyalarda bir necha tarmoqlarda boshqaruv talab etilib,
strategiya bo’yicha menejerlarning 4 darajasi mavjud:
-ijrochi direktor yoki yuqori boshqaruv pog’onasi rahbari;
-alohida korxonalarning foyda va zararlari uchun javobgar menejerlar;
-muayyan ishlab chiqarish bo’linmasi bo’yicha funktsional menejerlar;
-asosiy tezkor bo’linmalar va mintaqaviy bo’limlar menejerlari.
Xususiy kompaniyalar va korxonalarda odatda strategiya bo’yicha bitta yoki
ikkita menejer bo’ladi
Strategik menejer va qo’yiladigan asosiy talablar.
Bugungi kunda murakkab va tez o’zgaruvchan vaziyatda raqobatlashish uchun
firma strategiyani ishlab chiqishini boshqaruvchilarni strategik menejerlarni aniqlab olishi
lozim. Ularning vazifasi butun tashkilot faoliyatining ma’lum bir yo’nalishda
borishini
ta’minlashdir (ular kunincha kompleks menejerlar, deb ataladi). Ular biznesning ayrim
fuiktsiyalari (xodimlar, ta’minot, ishlab chiqarish, savdo, mijozlarga xizmat
ko’rsatish, hisob) bajarilishini taminlanishi funktsion menejerlardan farq qiladi va
butun tashkilotni strategik jihatda boshqarib, kompaniyada o’ziga xos o’rin egallaydi.
E.Vrappning fikricha (Chikago universiteti), eng omadli strategik menejerlar
quyidagi hislatlarga ega bo’lishi kerak:
-
ko’p narsadan yaxshi xabardor bo’lishlari;
-
o’z vaqti va kuch-quvvatini boshqara olishlari,
-
yaxshi siyosatchi bo’lishlari (konsensus topa olishlari);
-
ekspertlarga o’xshab «bir narsaga yopishib olmasliklari»;
-
dasturni xususiy yo’nalishlarda ilgari sura olishlari lozim.
Ko’p narsadan xabardor bo’lish boshqaruvning turli pog’onalarida keng ko’lamli
boshqaruv qarorlarini qabul qila olishga imkon beradi. Menejerlar
tashkilotning turli
qismlarida axborot manbalari tarmog’ini tashkil qilishlari kerak, bu ularga
voqelikdan tez xabardor bo’lib turish imkonini beradi.
Ular o’z vaqti va kuch-quvvatini turli ishlar, qarorlar muammolar o’rtasida to’g’ri
taqsimlay olishlari kerak. Shuningdek, qachon javobgarlikni
taqsimlash kerakligi,
qaysi paytda xususiy muammolarga aralashish kerakligini bilishlari lozim.
19
Yaxshi siyosatchi o’z fikrlari asosida konsensus topa olish san’atini
egallagan bo’lishi, ularni o’z obro’-e’tibori bilan ilgari surish uchun tazyiq
ko’rsatmasligi kerak. U diktator kabi emas, balki koalitsiyaning a’zosi yoki rahbari
sifatida ish tutishi lozim.
O’zgaruvchan dunyo strategik menejerdan moslashuvchanlikni talab qiladi. U
manevrlarga va vujudga kelgan vaziyatga moslashshpga tayyor turishi kerak.
Bu esa
firma ma’lum bir maqsadlarsiz ish yuritsa-da, biroq ularni o’zgartirishga tayyor turishi
kerakligini anglatadi.
Dostları ilə paylaş: