22
Yuqorida ko’rib o’tilgan strategik boshqarish vazifalarining har biri doimiy tahlil
va qarorlar qabul qilishni talab etadi: ishni belgilangan yo’nalishda davom ettirish
kerakmi yoki unga o’zgartirishlar kiritish kerakmi? Chunki strategik menejment doimiy
harakatdagi jarayondir.
Bu besh vazifa bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’langan. Masalan, kompaniyaning
missiyalariga bog’liq masalalar muayyan maqsadlar bilan bog’langan.
Mazkur besh vazifa alohida holda amalga oshirilmaydi.
Strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish og’ir jarayon hisoblanib,
menejerlardan turli xil harakatlarni talab qiladi.
Strategik menejmentga doimiy etarlicha e’tibor berish strategiyani
takomillashtirish zaruriyatidir. Uni amalga oshirish usullarini yangilash strategiyaning
sifati, samaradorligini oshirish har bir xodimdan talab qilinadi.
Strategik boshqaruvning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
Biznes sohasini aniqlash va firmaning asosiy maqsadini ishlab chiqish.
Firmaning asl maqsadini alohida uzoq va qisqa muddatli faoliyat maqsadlariga
aylantirish.
3.
Faoliyat maqsadlariga erishish strategiyasini belgilash.
4.
Strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish.
5.
Faoliyatni baholash, vaziyatni kuzatib borish va unga tuzatishlar kiritish.
Bu bosqichlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik 3-chizmada ko’rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: