Strategik menejment



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/309
tarix20.11.2023
ölçüsü4,26 Mb.
#162872
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   309
Strategik menejment

X avlod
X avlod.
(Generation X) “Tug‘ilish etishmovchilik” davridan keyin tug‘ilish 
ko‘rsatkichi keskin oshib ketdi, bu esa 1965 va 1976 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 49 
milliondan ortiq insondan tashkil topgan boshqa avlodni dunyoga kelishiga sabab 
bo‘ldi. Bu ta’limot muallifi Duglas Kouplend ularni 
X avlod
(Generation X) deb 
10
Philip Kotler., Gari Armstrong. “Prinsiples of marketing”2014.719p 


74 
ataydi, chunki ular demografik portlash soyasida dunyoga kelishgan va ularning bir-
biridan ajratib turuvchi jihatlari yo‘q. 
Ayrim vaziyatlarda 
X avlod
o‘zidan oldingi demografik portlash avlodiga va 
o‘zidan keyingi Milleniallarga nisbatan unchalik sezilarli bo‘lmagan iste’molchilar 
guruhini tashkil etadi. SHunga qaramasdan, ular doim muvaffaqiyatga erishish uchun 
harakat qilishadi, boshqa guruh a’zolariga nisbatan kamroq boylik orttirishga 
tirishishadi; ular xarid qilingan narsani emas, balki tajribani ko‘proq qadrlashadi. 
Aksariyat 
X avlod
vakillari uchun oila – farzandlari hamda qari ota-onalari – 
muhimligi bo‘yicha birinchi o‘rinda, karera esa ikkinchi o‘rinda turadi. Marketing 
nuqtai nazaridan olganda, 
X avlod
vakillari hamma narsaga shubha bilan qarashadi. 
Biror narsani xarid qilishdan oldin, ular mahsulotni yaxshilab o‘rganib chiqishadi, 
ularga miqdordan ko‘ra sifatni afzal ko‘rishadi va qoida hamda an’analarga zid 
bo‘lgan marketing xiylalarigauchishmaydi. 
Internet asrida birinchilardan bo‘lib ulg‘aygan 
X avlod
vakillari yangi 
texnologiyalarning foydali tomonlarini tezda o‘rganib oluvchi yuqori-
kommunikatsiyalarni o‘zida aks ettirgan avlod hisoblanadi. Bu avlod vakillarining 
taxminan 40 foizi smartfonlardan va 11 foizi planshetlardan foydalanishadi. 
Internetdagi 
X avlod
vakillarining 74 foizi Internetdan bank xizmatlari uchun, 72 
foizi Internetdan o‘z ilmiy ishlari uchun, 72 foizi esa Internetdan kompaniya va 
mahsulotlar izlanishlari uchun foydalanishadi va yana 81 foizi Internetda xaridlarni 
amalga oshirishgan. Ularning to‘qson besh foizidan ko‘prog‘i Facebook ijtimoiy 
tarmog‘ida o‘z sahifasiga ega. 
X avlod
vakillari ulg‘ayishdi va endi ular boshqalarga g‘amxo‘rlik qilishadi. 
Ular turmush demografik portlash vakillarining hayot tarzi, madaniyati va 
qadriyatlarini borgan sari chetga chiqarishmoqda. Ular karera pillapoyasida yuqoriga 
qarab harakat qilishmoqda va ularning ko‘pchiligi kattalashib borayotgan oilaning 
boshlig‘i hisoblanishadi. Ular hozirgi kungacha bo‘lgan avlodlar orasida eng 
o‘qimishli hisoblanishadi va juda yuqori yillik xarid qobiliyatiga egadirlar. Ular 
o‘rtacha xarajatlarga nisbatan uy xarajatlariga 62 foiz, kiyim-kechakka 50 foiz va 
ko‘ngilochar xizmatlarga 27 foizdan ko‘proq xarajat qilishadi. Lekin 
X avlod
vakillari demografik portlash davri 
vakillari kabi ortib borayotgan iqtisodiy 
bosimga 
duch 
kelishmoqda. 
Bu 
kunlarda hamma qatorida ular ham 
ehtiyotkorlik bilan xarajat qilishmoqda. 
SHunga qaramasdan, ko‘pgina 
brend va tashkilotlar o‘z diqqatini 
bunday katta potensialga ega 
X avlod
vakillariga qaratgan. Misol uchun, 


75 
Dairy Queen firmasi o‘z mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
X avlod
vakillariga 
qaratgan, bunda kompaniyaning marketing shiorlari bu avlod vakillari oilaviy holati 
va hazil-mutoyibani tushunishiga mos ravishda tanlangan.

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   309




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin