96
Noturdosh tarmoqlarga diversiyalash strategiyasi.
Diversiyalash xakidagi karor daromadli kompaniyalarni
izlash va sotib olish
natijasi xisoblanadi. Noturdosh diversiyalashning asosiy koidasi shuki, unda
manfaatli moliyaviy shartlarda sotib olinishi mumkin
bulgan va foyda olish uchun
yaxshi istikbolga ega bulgan xar kanday kompaniya diversiyalash uchun manfaatli
yunalish buladi. Ba’zida, noturdosh diversiyani amalga
oshirayotgan kompaniyalar
uzining aloxida mavkei xisobiga tez moliyaviy foyda olish uchun imkoniyatlarni
taklif kiladigan kompaniyalarni izlab topishga uz kuchlarini yunaltiradilar.
Bunday
korxonalarning uchta turi mavjud buladi.
1) Narxi pasaytirilgan kompaniya. Bunday xolda mazkur korxonalarni bozor
narxlaridan pastrok narxlarda sotib olish imkoniyati mavjud.
Bu esa keyinchalik
kompaniyani nisbatan yukori narxda sotish imkonini beradi.
2) Moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan kompaniyalar. Bunday
firmalar shartnomaviy narxlarda sotib olinishlari mumkin.
3) O’sish
imkoniyatlari katta bulib, investitsiya imkoniyatlari bulmagan
kompaniyalar.
Noturdosh tarmoqlarga diversiyalash quyidagi nuqtai nazardan juda jozibalidir:
1. Tijorat tavakkalchiligi sanoatning kupgina xar
turli tarmoqlari buyicha
«sochilgan» bulib, bu kompaniyani biron-bir soxasida paydo bulishi mumkin bulgan
muammolar izmida bulish darajasini pasaytiradi.
2. Kompaniyaning moliyaviy resurslari rentabellik nuktai nazaridan jozibali
istikbollari bulgan tarmoqlarga investitsiya kilinishi mumkin.
3. Kompaniyaning ichki foyda normasi
umuman sezilarli darajada
barkarorlashadi, chunki bir tarmoqdagi kiyinchilik davrlari boshkasi xisobiga kisman
kompensatsiya kilinishi mumkin.
4. Korporativ raxbariyat etarli baxolanmagan kompaniyalarning xakikiy
kiymatini aniklash tajribasini orttirib borgan sari, korporatsiyaning moliyaviy axvoli
yaxshilanib, aktsiyalarning daromadliligi oshib boradi.
Dostları ilə paylaş: