106
- bog’liq urta korxonalarning kamroq miqdori (2-5ta) bilan tor diversiyalangan
tadbirkorlik;
- kuplab bog’liq urta korxonalar bilan qat’iy tabaqalangan xolda
ish olib borish;
- bog’liq bulmagan tarmoqlarda bir necha urta korxonalar bilan tor
diversiyalangan xolda ish olib borish;
- kupgina bog’liq bulmagan soxalarda kuplab urta korxonalar bilan qat’iy
differentsiyalangan xolda ish olib borish;
- bog’liq bulmagan tarmoqlardagi kuplab urta korxonalar bilan ishlash (biroq xar
bir soxadagi urta korxonalar guruxlarga birlashtirilgan);
Korporatsiya tomonidan qabul qilingan strategiyani baxolash quyidagi
bosqichlarni uz ichiga olishi lozim:
- mavjud strategiyani identifikatsiyalash;
- urta korxonalar portfelini taxlil qilish uchun
uning bir yoki bir necha
matritsasini yasash;
- xar bir urta korxonaning uzoq muddatli jalb qiluvchanligini baxolash va
taqqoslash;
- ularning qaysi biri tarmoqdagi sharoitlarga eng yaxshi mos kelishini aniqlash
maqsadida kompaniyaning xar bir urta korxonasidagi raqobat kuchini baxolash va
taqqoslash;
- urta korxonalarni ularning faoliyat tarixi (evolyutsiya bosqichlari) va
istiqbollari buyicha
saralash;
- xar bir urta korxonani korporativ strategiyaga mos kelishi jixatidan baxolash
va ularning korporatsiya uchun nisbiy strategik axamiyatini aniqlash;
- urta korxonalarni yangi investitsiya uchun imtiyozlari buyicha saralash, xar bir
urta korxona uchun asosiy taraqqiyot va strategik yunalishlarni belgilash (agresiv
rivojlanish, erishilgan yutuqlarni ximoyalash, «echintirish», «xosilni yig’ib olish»,
tugatish);
-
korporatsiyadagi
umumiy
diversifikatsiya
xolatini
aniqlash
(urta
korxonalardagi savdo xajmlarining nisbati, korporatsiya buyicha,
ulardagi joriy
daromad buyicha);
- diversifikatsiya bazasini kengaytirish yoki qisqartirishning korporatsiya uchun
axamiyatini baxolash;
- bog’liq va bog’liq bulmagan urta korxonalarning firma portfelidagi nisbatini
baxolash;
- korporatsiyaning milliy miqyosdagi va biznesni baynalmilallashtirishdagi
rivojlanish tendentsiyalari;
- asosiy urta korxonalar va biznesdagi mavjud pozitsiyalarni kuchaytirish
buyicha sunggi hatti-harakatlarning natijalari;
- portfelni yangi urta korxonalar bilan tuldirish buyicha hatti-harakatlar;
107
- zaif va bush urta
korxonalarni qisqartirish;
- urta korxonalardagi investitsiyalarning nisbatini baxolash;
- strategik maqsadlarni amalga oshirish va raqobatli ustunliklarni ustirish
buyicha korporatsiyani boshqarish samaradorligini baxolash;
Taxlil natijasida ushbu yunalishlar buyicha quyidagi savollarga javob topish
lozim:
- firmaning portfelida kerakli urta korxonalar bormi?
- portfelda daromadli urta korxonalar soni etarlimi?
- rivojlanayotgan va sunib borayotgan urta korxonalar urtasida muvozanat
bormi?
- «rivojlanayotgan g’oliblar»ni va «suroq belgilari»ni moliyaviy ta’minlash
uchun «daromad ishlab chiqaruvchi»lar etarlimi?
- kompaniyaning asosiy biznesi etarlicha daromadli
va istiqbollimi yoki u
«sog’in sigir»mi?
- firmaga shuncha urta korxona xaqiqatdan ham kerakmi yoki ularni qisqartirish
kerakmi?
- firmada korporatsiya miqyosida katta ulushga ega bulgan tarmoq peshqadami
bormi yoki firma urtacha-zaif pozitsiyalardagi kuplab urta korxonalardan iboratmi?
- korporatsiyaning umumiy pozitsiyasini yaxshilash uchun qaysi urta korxona
faoliyatini tugatish kerak?
Dostları ilə paylaş: