FSMU texnologiyasi: « Strategik menejment fanining shakllanishi»
-F- fikringizni bayon eting -S- fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating -M- ko‘rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring -U- fikringizni umumlashtiring “Insert” metodi Metodning maqsadi: Mazkur metod talabalarda yangi axborotlar tizimini qabul qilish va bilimlarni
o‘zlashtirilishini engillashtirish maqsadida qo‘llaniladi, shuningdek, bu metod
o‘quvchilar uchun xotira mashqi vazifasini ham o‘taydi.
Metodni amalga oshirish tartibi: 1-bosqich. Yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn talabalarga tarqatiladi;
2-bosqich. talabalar individual tarzda matn bilan tanishib chiqib, o‘z shaxsiy
qarashlarini maxsus belgilar orqali ifodalaydilar. Matn bilan ishlashda talabalarga
quyidagi maxsus belgilardan foydalanish tavsiya etiladi:
“V” – tanish ma’lumot.
“ - ” – bu fikr yoki mazkur ma’lumotga qarshiman.
“+” – bu ma’lumot men uchun yangi.
“?” – mazkur ma’lumotni tushunmadim, izoh kerak.
Belgilangan vaqt yakunlangach, talabalar uchun notanish va tushunarsiz bo‘lgan
ma’lumotlar tahlil qilinib, izohlanadi, ularning mohiyati to‘liq yoritiladi. Savollarga
javob beriladi va mashg‘ulot yakunlanadi.
KEYS STADI 1. Bank 8 % yillik ustama xisobidan 100 mln. so’m mijozga ssuda berdi.
Savol: 3 oydan so’ng (foizlardan foizlarni xisobga olmaganda) bankning
daromadi qancha bo’ladi?
2. Korxona 100 mln. so’mga teng shaxsiy kapitalga ega bo’lib, u yana bankdan
yillik 10 % lik ustama bilan 50 mln. so’m kredit olmoqchi. Rejaga asosan foyda 30 %
ni tashkil qiladi.