284
Savol:
Bu bitim siz uchun foydalimi?
KEYS STADI
10
.Davlat tasarrufidan chiqarilgan mebel ishlab chiqaruvchi kombinatga, jamoa
tomonidan saylangan yosh mutaxassis raxbar bo’ldi. U o’ziga ishongan,
mansabparast bo’lib, kombinat ishi ko’rsatkichlarini yuqoriga ko’tarish
niyatida
yonib ish boshladi.
Direktor Yaponiyada bo’lgaida stol tennisi uchun raketkalar ishlab chiqarish
bo’yicha litsenziya bilan qaytdi. Raketkalar ishlab chiqarish g’oyasi uni juda
qiziqtirib qoldi. Bu juda keng iste’mol extiyojiga ega bo’lgan tovar, bozorda yaxshi
raketkalar yo’q, xatto sifatsizlari
xam kam degan xulosaga kelgan, o’zi xam tennis
ishqibozi bo’lgan yosh raxbar asosiy ishlab chiqarishga xech qanday putur
etkazmaydigan maxsulotni ishlab chiqarishga axd qildi.
Raketkalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish
qiyin emas, mebel tayyorlovchilar
raketkani tayyorlashni tez o’zlashtirib oladilar, xom-ashyo
asosiy ishlab chiqarish
uchun zarur bo’lgan maxsulotdan iborat, xatto raketkalarni chiqindilardan xam ishlab
chiqarsa bo’ladi, deb qaror qildi yosh raxbar.
O’z maslakdoshlari: bosh injener, reja bo’limi xodimi va buxgalterni yig’ib,
o’zaro maslaxatlashib olishdi. Bu ish samarali bo’ladi, degan xulosa qilindi. Yiliga
million dona raketka ishlab chiqarilsa, ish xaqi xam bir necha millionni tashkil qiladi,
deb xom cho’t qilindi.
Lekin bu mutaxassislarni qanday raketkalarni, qancha miqdorda ishlab chiqarish
o’ylantirib qo’ydi. Yaponiya litsenziyasiga ko’ra ikki turdagi: qimmat- yuqori sifatli
va arzonroq – sifati xam shunga yarasha raketkalar ishlab chiqarish ko’zda tutilgan.
Qaysi turini va qancha miqdorda ishlab chiqarish foyda olib keladi? Degan savol
ularni qiynab qo’ydi.
Qimmat raketkalar albatta ko’p foyda olib keladi, lekin ular ommaviy extiyojga
ega bo’ladimi? Qimmatlarini ko’p
miqdorda ishlab chiqarsak, bir qismi sotilmay
qolishi mumkin. Arzonidan ko’p ishlab chiqarsak, sifatli,
qimmat raketkani
xoxlovchilar uchun bunday raketkalar etmay qolishi mumkin. Shu bilan birga pulni
yo’qotish tavakkalchiligi xam istisno emas, degan fikrlar mebel kombinati raxbari va
mutaxassislarini qiynab qo’ydi.
-
kelinglar avvaliga qimmat raketkalarni uncha ko’p bo’lmagan miqdorda ishlab
chiqaramiz, tavakkalchilikdan yo’qotishni xam minimallashtiramiz dedi, extiyotkor
buxgalter.
-
Men bu fikrga qo’shilmayman dedi bosh muxandis.
Men ishlab chiqarish
xajmini yarmini qimmat raketkalar tashkil qilishi kerak, deb xisoblayman. Shunda
yaxshigina daromad qilamiz. Albatta bu qaror xam
tavakkalchilikka asoslangan,
lekin tavakkal qilmagan odam xech qanday yutmaydi, deb o’z fikrini ma’qulladi.
285
-
Rejalashtirish bo’limi boshlig’i, tajribalariga asoslangan xolda, qarorni “oltin”
o’rtasini qabul qilish, ya’ni ko’p xam emas, kam xam emas darajada ishlab chiqarish
kerak dedi.
Dostları ilə paylaş: