Strategik menejment


AQSH 2010 yilgi Inson taraqqiyoti indeksi ro‘yxatida 4 inchi o‘rinni



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/309
tarix20.11.2023
ölçüsü4,26 Mb.
#162872
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   309
Strategik menejment

AQSH 2010 yilgi Inson taraqqiyoti indeksi ro‘yxatida 4 inchi o‘rinni 
egallaydi. Ilgarigi Inson taraqqiyoti indeksidagi eng yuqori 10 likka kirmagan 
edi. Nima uchun bunday o‘zgarish sodir bo‘ldi? 
Daromadning eng yuqori 
darajasini ko‘tarish AQSH uchun o‘zgarishlarda uncha katta bo‘lmagan rol o‘ynadi. 
7ta daromadi yuqoriroq davlatlar AQSHga qaraganda pastroq o‘rinni egalladilar 
(Lixkenshteyn , Lyuksemburg, Singapur, Birlashgan Arab Amirliklari, Bruney 
Daressalom, Qatar va Quveyt). Xattoki, agarda daromadning eng yuqori darajasi 
51,300 AQSH dollariga(1980 yilgi XQT(xarid qobiliyati tengligi) 40,000 AQSH 
dollari, 2008 yildan XQT ifodalangan dollar) teng bo‘lganida ham AQSH 4inchi 
o‘rinni egallagan bo‘lar edi. Savodxonlilik o‘rniga maktab ta’limining o‘rtacha 
ko‘rsatkichini qo‘llash juda katta farqqa sabab bo‘ldi. AQSH maktab ta’limining 
o‘rtacha davom etish yillari miqdori eng yuqori o‘rinni egallagan Norvegiyadan 0,2 
yil orqada edi, savodxonlik esa 99 foiz, lekin 25 ta eng rivojlangan mamlakatlarda 
ham savodxonlik 99 foizni tashkil etadi. SHunday qilib savodxonlik ularni farqlay 


316 
olmadi.Umuman olganda geometrik o‘rtacha ko‘rsatkich uchala yo‘nalishlar bo‘yicha 
to‘lik ijroni ta’minlaydi, va ular bir necha AQSH raqobatchilariga qarshi ishladi 
(SHvetsiya, Germaniya va Irlandiya).

Nima uchun, masalan, Kuba yangi Inson taraqqiyoti indeksiga
kirmagan? 
Ma’lumotlarning mavjudligi Inson taraqqiyoti indeksiga a’zo 
mamlakatlar ro‘yxatini belgilaydi. Ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan erda, va 
mavjud ma’lumotlarning yaroqliligi haqida muayyan noaniqlik bo‘lishi 
mamlakatlarni safdan chiqaradi va bu holatda inson taraqqiyoti xisobotini va inson 
taraqqiyoti ko‘rsatkichlari guruhi haqqoniyligiga kafolat bermaydi. To‘rtta 
mamlakatlar Inson taraqqiyoti indeksining uch komponenti bo‘yicha ma’lumot 
berganlar, lekin YAlpi Milliy Daromad bo‘yicha emas, ular : Kuba, Iroq, Marshall 
orollari va Palau. Oldin, jon boshiga YAlpi Ichki Maxsulot AQSH dollarida ishlab 
chiqarish, daromad va narxlar xalqaro taqqoslash markazi tomonidan xisoblab 
chiqilar edi. Inson taraqqiyoti indeksi Pensilvaniya Universitetida Kuba uchun 
xisoblanib chiqildi. Bu xisoblashlar Xalqaro tashkilot xizmatchilari maoshlarining 
rasmiy valyuta ayirboshlash kursi bo‘yicha ag‘darilgan qiymat ma’lumotlarga 
asoslangan. Lekin chet elliklar o‘arid qiladigan bozor umumiy iqtisodiyotning qolgan 
qismidan ajratilganligi va bunday ma’lumotlar fuqarolar xarid qiladigan baholarning 
haqqoniyligiga etarli kafolat berolmaydi. Xalqaro taqqoslash markazi bunday 
cheklashlarni inobatga olib Kubaning YAlpi Ichki Maxsulotini “D” ya’ni eng past 
daraja deb baholadi. SHuning uchun ham Kuba bu yilgi Inson taraqqiyoti indeksiga 
kirmagan.


Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   309




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin