Strategik menejment


Savol: Bu bitim siz uchun foydalimi?



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/309
tarix20.11.2023
ölçüsü4,26 Mb.
#162872
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   309
Strategik menejment

Savol:
Bu bitim siz uchun foydalimi? 
 
MЕHNAT JARAYONLARINI TASHKIL ETISH 
 
Metodik ko’rsatmalar. 
MISOL

Mehnat taqsimoti.
Agar detalni ishlab chiqarish bo’yicha 5 ishlab chiqarish jarayonlarining 
davomiyligi 0,5; 1,5; 0,25; 0,75; 1,0 (min) bo’lsa, hamda soatiga 480ta detal ishlab 
chiqarilayotgan bo’lsa ishlab chiqarish zanjiridagi ishchilar joylashuvini va ularning 
umumiy sonini aniqlang. 
EChISh.
Davomiyligi bo’yicha eng minimal jarayonning mehnat sig’imi 
aniqlanadi: 480

0,25=120 min. Ishlovchilarning zarur bo’lgan soni 2ta (120:60). 
Qolgan jarayonlar uchun ishlovchilar soni quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 
Chi=ti / tmin 
Bu erda t-vaqt, Ch- ishlovchilar soni. 
Shunday qilib,birinchi jarayonda 4 kishi,(0,5/0,25

2), ikkinchisida-12ta 
(1,5/0,25

2), uchinchisida-2ta, to’rtinchisida-6ta (0,75/ 0,25

2) va beshinchisida-8ta 
ishchi (1,0 / 0,25

2). Jami-32 kishi. 
Tekshirish. 480 ta detalning mehnat sarfi 1920 min (480

4). 32 ta ishchi ham 


322 
soatiga 1920 min ishlaydi (32

0), shunday ekan zanjirimiz to’xtovsiz ishlaydi. 
MISOL.
Mehnat taqsimoti chegaralarini aniqlash. 
Mehnat taqsimoti turlicha bo’lgan sharoitda bir turdagi mahsulot ishlab 
chiqarishga ketadigan vaqt sarfi jadvalda keltirilgan. Mehnat taqsimotining iqtisodiy 
chegarasini aniqlang. 
Ko’rsatkich 
Mehnat taqsimoti shakllari 
predmetli 
detalli 
jarayonli 
Ish 
vaqtining 
summar xarajati 
15,3 
13,9 
16,4 
Ish vaqtining eng kam summar xarajati mehnat taqsimotining 2-shaklida. 
Shuning uchun u mehnat taqsimotining iqtisodiy chegarasi hisoblanadi. 
MISOL
. Agar 1-sida bir oyda bajarilayotgan ishlar mehnat sarfi 4569 norma-
soat,2-sida-5860 va 3-sida-2513 norma-soat bo’lsa tsexning o’zaro bog’liq 
uchastkalarida minimal, biroq etarli ishchilar sonini hisoblang. Ishlab chiqarish 
normalari rejasining bajarilishi mos xolda 118, 124 va 111%, bitta ishchining ish 
vaqti jamg’armasi 176 soat. 
EChISh.
Har bir uchastka bo’yicha ishchilar soni quyidagi formula yordamida 
hisoblanadi: 
Ch ═(Tn

100): (Fv

Pvn) 
Bu erda: Tn-uchastka bo’yicha ishlar hajmining normadagi mehnat sig’imi; 
Fv-Hisobot davridagi bitta ishchining ish vaqti jamg’armasi; 
Pvn- rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish normalari bajarilishining o’rtacha foizi. 
Bizning misolimizda Ch1═4569

100:176

118═22 kishi; 
Ch2═5860

100:176

124═27 kishi; va Ch3═2513

100:176

111═13 kishi. 
MISOL.
Agar ishchilar o’z operativ vaqtlarining 10% ini o’z-o’zlariga hizmat 
ko’rsatishga sarflayotgan bo’lsalar, asosiy ishchilarga hizmat ko’rsatish uchun zarur 
bo’ladigan yordamchi ishchilarning minimal,biroq etarli sonini aniqlang. Tsexdagi 
asosiy ishchilar soni 300 kishi, smenadagi operativ vaqt 410 minut. 
EChISh.
O’z-o’ziga hizmat ko’rsatishga ketayotgan operativ vaqt sarflari 
yig’indisi 12300 minut (300

410

0,1) Zarur bo’lgan yordamchi ishchilar soni 330 
kishi. (12300:410). 

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   309




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin