425
bo‘yicha sug‘urta agentining O‘zbekiston Respublikasi
hududida belgilangan
tartibda ro‘yxatga olinmagan chet el sug‘urta tashkilotlari nomidan sug‘urta
shartnomalari tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan vositachilik faoliyatiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Sug‘urta agenti — jismoniy shaxs o‘z nomiga, to‘lovlar naqd pullar bilan
amalga oshirilganida esa yaqin qarindoshlari (otasi, onasi, xotini, eri, o‘g‘li, qizi,
opa-singillari va aka-ukalari) nomiga sug‘urta shartnomalari bo‘yicha hujjatlar
yozishga, shuningdek o‘z foydasiga sug‘urta shartnomalari tuzishga va bunda
mazkur sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta agenti sifatida ish ko‘rishga
haqli
emas.
LexUZ sharhi
Sug‘urta agentlari to‘g‘risidagi
nizomga
(ro‘yxat raqami 1213, 01.02.2003
y.) qarang.
(9-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 14
sentyabrdagi O‘RQ-108-sonli
Qonuni
asosida uchinchi—oltinchi qismlar bilan
almashtirilgan — O‘R QHT, 2007 y., 37-38-son, 376-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
9
1
-modda. Sug‘urta agentining huquq va majburiyatlari
Sug‘urta agenti quyidagi huquqlarga ega:
sug‘urtalovchi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida sug‘urtaning har
qanday turi, shu jumladan majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha vositachilik
faoliyatini amalga oshirish;
sug‘urtaga qabul qilinayotgan sug‘urta tavakkalchiligini baholashda, sug‘urta
hodisasi yuz berganda sug‘urta to‘lovini to‘lashda va sug‘urta qildiruvchining
sug‘urta mukofotini to‘liq hajmda hamda sug‘urta
shartnomasida belgilangan
muddatlarda to‘lashida zarur ko‘mak ko‘rsatish;
sug‘urtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondi miqdorlari, sug‘urta
zaxiralari
hamda
qabul
qilingan
majburiyatlar
to‘g‘risida, shuningdek
sug‘urtalovchining to‘lovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa
ko‘rsatkichlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish;
sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi) tuzish uchun zarur hujjatlarni
rasmiylashtirish;
sug‘urta qildiruvchidan qabul qilib olinayotgan tavakkalchiliklar to‘g‘risida
sug‘urtalovchiga to‘liqroq axborot berish maqsadida barcha uchun ochiq bo‘lgan
manbalardan tavakkalchilik va sug‘urta qildiruvchi to‘g‘risida sug‘urta
qildiruvchining shaxsiy hayotiga aralashmagan holda ma’lumotlar to‘plash.
Sug‘urta agenti qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq
boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Sug‘urta agenti:
426
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
Oldingi
tahrirga qarang.
sug‘urta shartnomasi tuzishda va sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lashda
hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirishga ko‘maklashishi;
(9
1
-modda
uchinchi
qismining
uchinchi
xatboshisi
O‘zbekiston
Respublikasining 2012 yil 11 apreldagi O‘RQ-323-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R
QHT, 2012 y., 15-son, 165-modda)
sug‘urta
tariflari, sug‘urtalovchilar tomonidan taklif etilayotgan sug‘urta
shartlari haqida, litsenziyaning mavjudligi, ustav fondi miqdorlari, sug‘urta
zaxiralari
hamda
qabul
qilingan
majburiyatlar
to‘g‘risida, shuningdek
sug‘urtalovchining to‘lovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa
ko‘rsatkichlar haqida axborotga ega bo‘lishi;
sug‘urta shartnomasini rasmiylashtirishda sug‘urta qildiruvchi to‘g‘risida
zarur axborotga ega bo‘lishi, unga sug‘urta tavakkalchiligini
pasaytirish va
sug‘urta hodisasi yuz berishi ehtimolini kamaytirishga qaratilgan aniq tadbirlarni
amalga oshirishni taklif etishi;
sug‘urta qildiruvchilarning so‘roviga ko‘ra ularga sug‘urtaning amaldagi
shartlari to‘g‘risida axborot berishi;
sug‘urta shartnomalarini belgilangan tartibda tuzishi va yangi muddatga o‘z
vaqtida qayta rasmiylashtirishi;
tuzilgan sug‘urta shartnomalari va olingan sug‘urta mukofotlari summalari
hisobini belgilangan shaklda yuritishi;
sug‘urta hujjatlarining saqlanishini ta’minlashi;
mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etgan ma’lumotlarning
maxfiyligini saqlashi;
sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati
mobaynida tavakkalchilik
shart-sharoitlarining jiddiy ravishda o‘zgarishiga taalluqli axborotni sug‘urtalovchi
o‘z vaqtida olishini, shuningdek sug‘urta e’tirozlari yuzaga kelganda hamda ularni
tartibga solish jarayonida sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida
axborotning o‘z vaqtida almashinishini ta’minlashi;
tegishli bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, sug‘urtalovchining topshirig‘iga ko‘ra
va uning hisobidan sug‘urta to‘lovlari to‘lanishini tashkil etishi shart.
Sug‘urta agentining zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan
shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: