Strategik menejment


-chizma. Kompaniya strategiyasining asosiy tarkibiy qismlari



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/309
tarix20.11.2023
ölçüsü4,26 Mb.
#162872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   309
Strategik menejment

2-chizma. Kompaniya strategiyasining asosiy tarkibiy qismlari. 
1.2.Kompaniya missiyasi va strategik qarashlarni belgilash. 
Maqsadni aniqlash strategik ko’rish va kompaniyaning rivojlanish yo’nalishlarini 
aniq maqsadga aylantirib beradi. 
Maqsad firma boshqaruv apparatining belgilangan 
vaqtda aniq natijaga erishish majburiyatidir.
Firmaning uzok, muddatli rejalari anik, o’lchanadigan aniq vazifalarga 
aylantirilmaguncha missiya va firmaning kelajak niyatlari fakat chiroyli so’zlardan 
iborat bo’lib qolaveradi. 
Maqsadni aniqlash strategik boshqarishning hal qiluvchi 
daqiqasidir.
Korporativ maqsad - bu tashkilot o’z aktsionerlarining manfaatlariga qanday 
qarashini ko’rsatuvchi birinchi hal qiluvchi ko’rsatkichdir. Maqsadga yo’nalganlik 
firmaning biznesini, asosin maqsadlarini, tavsifnomalarini va uning etakchi 
falsafasini ifodalaydi. Maqsadga yo’nalganlik kelgusi strategik qarorlar uchun tashkiliy 
mazmun kasb etadi. 
Korporativ maqsadga yo’nalganlikning uch asosiy tarkibiy qismi quyidagilardan 
iborat: 
-
firmaning biznesini aniqlash; 
-
uning asosiy maqsadlarini belgilash; 
-
korporativ falsafani aniqlash; 
Kompaniyaning maqsadga yo’nalganligi va strategiyasini ifodalashga turli tashqi va 
ichki guruhlar ta’sir ko’rsatadi (4-chizma). 
3-chizma. Maqsadni belgilash va firma strategiyasini shakllantirishdagi 
harakatlanuvchi guruhlar 
Ichki guruxlar: 
menejerlar; direktorlar 
kengashi; xissadorlar; 
yollanma ishchilar. 
Maqsadni belgilash 
Biznesni aniqlash 
Bosh tizimlar 
Biznes falsafasi 
Tashqi guruhlar: 
iste’molchilar; 
hukumat; kasaba 
uyushmalari; 
raqobatchilar; jamiyat

Vazifa va mavqeidan kelib chiqib, 
strategiyani ifodalash 


10 
Biznesni aniqlashda quyidagi savollarga javob berish lozim: 
-bizning biznesimiz nimadan iborat? 
-u qanday bo’ladi? 
-qanday bo’lishi kerak? 
Birgina biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun «Bizning 
biznesimiz nimadan iborat?», degan savolga beriladigan javob quyidagi savollarga 
ham javob topishni taqozo etadi: 
-kimning ehtiyoji qondiriladi (qanday iste’molchilar guruhlari?) 
-qanday ehtiyojlar qondiriladi (iste’molchilarning qaysi 
ehtiyojlari?) 
-iste’molchilarning ehtiyojlari qanday qondiriladi (tajriba yoki farq qiluvchi 
ustunliklar?) 
Diversiyalangan kompaniya uchun «Bizning biznesimiz nimadan iborat?», 
degan savol ikki tabaqada ko’rib chiqilishi kerak: 
-xo’jalikning o’rta bo’g’inlari uchun iste’molchiga yo’naltirilgan (birgina 
biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun ham); 
-korporatsiya miqyosidagi xo’jalikning o’rta bo’g’inlari portfeliga yo’naltirilgan. 
Bu esa quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
-kompaniya portfelining maqsadlari; 
-
xo’jalikning o’rta bo’g’inlari portfeli diversifikatsiyasi; 
-
portfeldagi xo’jalikning o’rta bo’g’inlari o’rtasidagi balans. 
Oldiga maqsadlarni qo’yish biznes missiyasining maxsus maqsadlar qatoriga 
aylanish jarayonidir. Ayni paytda tashkilotning har bir bo’linmasini kerakli tomonga 
yo’naltirish jarayoni ham ana shunday boshlanadi. Maqsadlar menejer muvaffaqiyatga 
erishish uchun muhim deb hisoblagan har bir muhim natija uchun zarurdir. Maxsus 
muhim natijalar odatda tarmoqning miqyosi va darajasi, ishning rivojlanishi, 
investitsiyalarning qaytarilishi, dividendlarning o’sishi, bozor o’lchamlarini, sifatli 
mahsulot 
yoki 
texnologiya 
peshqadamlikning obro’-e’tibori, beqaror iqtisodiyotda ishlay olish qobiliyati, 
diversifikatsiya darajasi, moliyaviy qudrat, iste’molchilarga xizmat ko’rsatish, 
qiymat bo’yicha raqobatlasha olish qobiliyatini o’z ichiga olishi mumkin. 
Mashhur kompaniyalarning o’z oldiga qo’ygan maqsadlaridan namunalar 
keltiramiz: 
- Federal Express: Dunyodagi eng katta va eng yaxshi transport 
kompaniyasi bo’lish; 
-
Alcan Aluminum: Eng arzon alyuminiy ishlab chiqaruvchi korxona bo’lish; 
-
General Electric: Dunyodagi eng qudratli raqobatchi bo’lish, kompaniya 
biznesining har bir sohasida bozordagi ulush bo’yicha birinchi yoki ikkinchi o’rinni 
egallash; 


11 
- Atlas Corp: arzon oltin ishlab chiqaruvchi o’rtacha ishlab chiqaruvchi bo’lish va 
oltin ishlab chiqarish hajmini yiliga 125000 untsiyaga etkazib, 1500000 untsiyaga teng 
oltin zahirasiga ega bo’lish; 
- Black and Decker: yangi mahsulotlar chiqarishni va biznesni keng 
qamrovliligini davom etgirish. Bu erda ham uzoq muddatli, ham qisqa muddatli 
maqsadlar talab qilinadi. Uzoq muddatli maqsadlar ikki xil bo’ladi. Birinchidan, ular 
uzoq muddatli maqsadlarga erishish uchun bugun nima qilish kerakligini ko’rsatadi, 
ikkinchidan, bunday maqsadlarning mavjudligi menejerni bugungi qarorlarni qabul 
qilishda uzoq muddatli istiqbolni hisobga olishga undaydi. 
Qisqa muddatli maqsadlar izchillik bilan eng yaqin kelajakda qaysi natijalarga 
zudlik bilan erishish kerakligini ko’rsatib beradi. Ular tashkilotga tanlab olingan 
yo’ldan borish uchun kerak bo’lgan tezlikni ham, qilinishi kerak bo’lgan ishlarning 
talab qilingan darajasini ham (qachon va qanchalik ko’p ish qilish kerakligini) 
ko’rsatadilar. 
Tashkilotning maqsad va vazifalari ochiq-oydin bo’lishi lozim. Ba’zi 
kompaniyalarning menejerlari har bir hal qiluvchi natija uchun ma’lum bir maqsadni 
belgilaydilar va so’ngra uning sari qat’iy harakat qiladilar. Odatda bunday menejerlar 
umid, iltimos va yaxshi niyatlarga tayanadigan kompaniyalarga qaraganda g’oliblikka 
yaxshiroq nomzod bo’ladilar. Bu erda «daromadni ko’paytirish», «xarajatlarni 
kamaytirish», «samaradorlikni oshirish», «savdo hajmini ko’paytirish» kabi iboralarni 
ishlatmaslik kerak. 
Strategik fikrlash uchun maqsadlar ierarxiyasini rahbarlikning barcha tabaqalari 
uchun har tomonlama belgilab olish muhimdir. Bu barcha menejerlar uchun vazifalarni 
anikdashdan tashqari, ularni bajarishning muhimligini ham ta’minlaydi (shu 
maqsadda jarayonda quyi tabaqadagi menejerlar ham ishtirok etadi). 
Maqsadni belgilashda kompaniya paychilari manfaatlarini hisobga olish. 
Paychilar kompaniyani kapital bilan ta’minlaydilar va buning evaziga o’z 
investitsiyalaridan munosib daromad olish ulushini qo’lga kiritadilar.. Kompaniyaning 
hissadorlari uning qonuniy mulk egalari hisoblanadi. Binobarin, ko’pchilik 
korporatsiyalarning 
maqsadi 
xissadorlarning daromadlarini imkon qadar 
ko’paytirishdan iborat. Paychilar o’z kapitallaridan ikki xil yo’l bilan foyda olishadi: 
- dividendlardan; 
- bozor 
ko’lami 
kengayganda 
(aktsiyalarning 
bozor 
narxi 
ortganda) 
kapitalning qiymati ortishidan. 
Kompaniya uchun aktsionerlar daromadini oshirishning eng yaxshi yuli 
investitsiyalarning qaytish tezligini oshirish strategiyasidan foydalanishdir. Bu esa 
kompaniya samaradorligini ko’rsatuvchi juda yaxshi indikator sanaladi. Ya’ni uning 
samaradorligi qanchalik yuqori bo’lca, dividend to’lash qobiliyati shunchalik yuqori 


12 
bo’ladi. Bundan tashqari, investitsiyalarning tez qaytishi kompaniya aktsiyalariga 
bo’lgan talabning kuchayishiga ham olib keladi.

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   309




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin