15
Strategiyalar tizimi strategik qarorlarni
qabul qilishning uch darajasi, bosqichini
qz ichiga oladi:
1) umumiy yoki korporativ. Korporativ strategiya korxona umumiy
rivojlanishining yqnalishini kqrsatadi. Bu bosqichda sub’ekt iqtisodiy faoliyatining
shakl va turlari majmuasi xaqida qaror qabul qilinadi. Bu
erda qushilish, sotib olish
yoki biznesning biron turidan chiqish xaqidagi savollar, masalalar hal qilinadi.
2) ishbilarmon yoki raqobat. Ishbilarmon strategiyalar (biznes rejalarda
ifodalanadi) tanlangan (korporativ bosqichda) tovar bozorida raqobat ustunliklariga
erishish usulini ta’riflab beradi. Ushbu strategiya alohida tovar va xizmatlarni raqobat
pozitsiyasini yaxshilashga yqnaltiriladi. Bu erda yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish
bqyicha istiqbollar kqrib chiqiladi va mavjud istiqbolsiz tovarlardan voz kechish
masalalari
kqrib chiqiladi, ma’lum tovar bozori yoki bozor segmentidagi ishlab
chiqarish, baho reklama, sotish va shu kabi siyosatlar aniqlashtiriladi.
3) Funktsional. Funktsional strategiyalar bqlim va xizmatlar harakatlarini
korxonaning ishlab chiqarish bqlinmalari darajasida aniqlashtiradi. Ishlab chiqarish,
marketing, moliya va personal koporativ va ishbilarmon strategiyalarga erishishning
qz usulini rejalashtiradilar.
Misol uchun, ishlab chiqarish sohasidagi funktsional
strategiya yaroqsiz mahsulotni ishlab chiqarmaslik, xom ashyo yqqotishlarini
kamaytirish va boshqalardan iborat bqlishi mumkin.
Strategiyani tahlil qilish va tanlash bosqichida bajariluvchi
chora-tadbirlarni
umumlashtirgan holda sxematik tarzda kqrsatish va korxona strategiyasini
«realizatsiya qilish» uchun dastlabki ma’lumotlar sifatida olinishi lozim bqlgan
natijalarni ajratish mumkin.
Dostları ilə paylaş: