Strategik menejment


“Oliy ta’lim iqtisodiyoti va menejmenti” fanining taxlil usullari:  1. Sistemali yondoshuv



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/309
tarix20.11.2023
ölçüsü4,26 Mb.
#162872
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   309
Strategik menejment

 
“Oliy ta’lim iqtisodiyoti va menejmenti” fanining taxlil usullari: 
1.
Sistemali yondoshuv
- boshqariluvchi ob’ekt yaxlit tizim tarzida olib 
qaraladi. Bu yondoshuv turlicha bo‘lishi mumkin: 

sistemali - kompleks yondoshuv 

sistemali - funksional yondoshuv 

sistemali - tarkibiy yondoshuv 

sistemali - kommunikatsion yondoshuv 
2.
Kompleksli yondoshuv - 
boshqariluvchi ob’ekt boshqa ob’ektlar bilan 
o‘zaro bog‘lanishda va aloqadorlikda qaraladi. 
3.
Tarkibiy yondoshuv - 
boshqariluvchi ob’ekt tarkibiy qismlarga bo‘lib 
o‘rganiladi.
4.
Vaziyat (situatsiya)li yondoshuv - 
boshqariluvchi ob’ektning konkret 
sharoitdagi ichki va tashqi vaziyatiga qarab boshqarishning ma’qul uslubi 
qo‘llaniladi. 
5.
Integratsion yondoshuv - 
makrodarajada boshqariluvchi ob’ekt yuqoridagi 
uslublar (vaziyatli, kompleksli, tarkibiy yondoshuvlar)ni birgalikda qo‘llash 
yordamida boshqariladi. 


125 
6.
Modellashtirish usuli - 
boshqariluvchi ob’ektni boshqarish bo‘yicha turli 
sxema, grafik va chizmalar, xomaki materiallar tayyorlanadi. 
7.
Iqtisodiy-matematik yondoshuv - 
optimal qaror qabul qilish maqsadida 
matematik uslublar va xisoblsh mashinalarini keng miqyosda qo‘llash. 
8.
Kuzatish usuli - 
boshqariluvchi ob’ekt to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rejali, 
ilmiy, uyushtirilgan asosda to‘plash usuli. 
9.
Eksperiment (tajriba) usuli - 
boshqarish jarayonida boshqariluvchi 
ob’ektga nisbatan namunaviy ajribadan o‘tgan usullarni qo‘llash. 
10.
Sotsiologik kuzatuv usuli - 
boshqarish maqsadida turli anketali so‘rovlar, 
suxbatlar, testlar, infratuzilmaviy taxlillarni o‘tkazish. 

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   309




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin