Strategik menejment


oliy ta’lim tizimining vazifasi



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/309
tarix20.11.2023
ölçüsü4,26 Mb.
#162872
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   309
Strategik menejment

oliy ta’lim tizimining vazifasi
hisoblanadi.
Oliy ta’lim tizimining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 
 - 
davlat ta’lim standartlariga muvofiq zamonaviy ta’lim-kasb dasturlari asosida 
sifatli o‘qituvni ta’minlash va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash;
- yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarni, jumladan xorijiy ilmiy markazlarda, 
tayyorlash; 
- mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqboli, jamiyat ehtiyoji, fan, 
texnika, texnologiya, iqtisod va madaniyat zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib 
kadrlar tayyorlashning tashkil etilishi va usulini muntazam takomillashtirish; 
- ta’limni individuallashtirish, masofadan o‘qitishning yangi pedagogik va 
informatsion texnologiyalari, vositalarini joriy etish; 
- mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, Vatanga, oilaga va atrof muhitga muhabbat 
ruhida, milliy uyg‘onish mafkurasi hamda umuminsoniy qadriyatlarni chuqur his 
etish asosida oliy ta’limnnig gumanitar yo‘nalishini, yoshlar tarbiyasini ta’minlash; 
- ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali uyg‘unlanuvchi usullarini 
amaliyotga tatbiq etish; 
- ta’lim xizmati ko‘rsatish bozorida, raqobat muhitini yuzaga keltirish; 
- oliy ta’lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish va mustaqilligini 
kengaytirish. 
Oliy ta’lim tizimi quyidagilardan iborat:
- davlatga qarashli va davlatga aloqadorsiz oliy ta’lim muassasalari, bular davlat 
ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim-kasb dasturini amalga oshiradi; 
- ilmiy-pedagogik muassasalar, bular oliy ta’limni rivojlantirish uchun zarur 
bo‘lgan tadqiqot ishlarini olib boradi; 
- ta’limni boshqaruvchi davlat idoralari, shuningdek, ular tasarrufidagi korxona, 
muassasa va tashkilotlar.


121 
1993 yildan respublikaning barcha oliy o‘quv yurtlariga test sinovlari orqali 
abiturientlar qabul etilmoqda. Talabalar oliy o‘quv yurtlarida ikki bosqichli ta’lim 
asosida bakalavr va magistr darajalarini egallashlari mumkin.

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   309




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin