127
Menejerning insonshunoslik texnologiyaviyligi, bu -
uquvlar majmui
,
shu tufayli
antropologik bo‘limlar uning amaliy xatti-harakatlari (axborot to‘plash, boshqaruv
qarorlari qabul qilish, futurologik loyihalash, ishbilarmonlik salohiyati va h.k.lar)da
amalga oshiriladi. Insonshunoslik texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalana bilishlik uquvi
menejerga antropologik bilimlarni tadbiq etishlik muvaffaqiyatini kafolatlaydi.
Quyidagilar mazkur texnologiyalarga taalluqli::
maqsadni mo‘ljallash texnologiyasi;
etik taalluqlash texnologiyasi;
o‘z-o‘zini faol baeishlash texnologiyasi;
o‘zini abadishashtirish va b. texnologiyasi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshqaruv faoliyati o‘z mohiyati va xususiyati
bo‘yicha jamiyat hayotida aqliy tartibga solish ahamiyatiga ega. Insoniyat tomonidan fan-
texnika, iqtisodiyot va ijtimoiy muvaffaqiyatlar tobora oshirilib borishiga ko‘ra
bosho‘aruv faoliyatining ilmga bo‘lgan talabi ham to‘xtovsiz o‘sib boradi. Boshqaruvning
mohiyati ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlarni shunday nisbatda uyg‘unlashtirishni
ta’minlashdan
iboratdir, bu mo‘ljallangan maqsadga erishish imkonini beradi. SHuning
uchun yaxshi rahbar odamlarga kamroq buyruq beradi, buning o‘rniga ularning mehnat
faoliyati uchun zarur bo‘lgan samarali sharoit yaratadi. Boshqaruv, bu hamisha
xukmronlik, har qanday tashkilotning samarali faoliyat ko‘rsatishi, uni to‘g‘ri
taqsimlashga bogliq. Lavozim vakolatidan (hokimiyatning taqsimlanishidan) qat’iy nazar
boshqaruv hulqining umumiy
tamoyillari - vakolatlilik, insonparvarlik, innovatsiyalik,
pragrmatika va ortobiotiklik mavjud. Boshqaruv uslubiga kelsak, u avtokratik,
byurokratik, demokratik va aristokratik bo‘lishi mumkin.
Menejerning insonshunoslik vakolati uning boshqaruv faoliyatida antropologik
bilimlardan foydalanishdagi nazariy-amaliy tayyorgarligiga bog‘liq. Bu vakolatlilik
insonshunoslilik ma’lumoti va menejerning insonshunoslik
texnologiyasi bilan
tavsiflanadi.
Istiqbolni aniq bashorat qilish uchun strategiya zarurdir. CHunki, strategiya-bu
istiqbolni tadqiq qilish, turli ssenariyalarni tahlil etish san’ati hamda istio‘bolda
raqobat kurashida afzallik beruvchi g‘oyadir. Boshqaruv strategiyasi-bu strategik
maqsadni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatdir. SHuning uchun yaxshi strategiya
va strategiyani a’lo darajada amalga oshirish - yaxshi boshqaruvning eng ishonchli
belgisi.
Boshqaruv strategiyasi beshta bir-biriga bog‘liq masalani hal etishga asoslanadi:
1
. Tashkilot bajarishi lozim bo‘lgan strategik ko‘ra
bilishni, harakat uzoq
muddatli yo‘nalishini va aniq vazifani shakllantirish.
2. Strategik ko‘ra bilish va zimmadagi vazifani aniq maqsad va topshiriqqa
aylantirish.
3. Maqsadlar va vazifalarga erishish strategiyasini ishlab chiqish.
128
4. Qabul qilingan strategiyani malakali hamda samarali tadbiq etish va amalga
oshirshi.
5. Ish natijalarini baholash, yangi yo‘nalishlarni o‘rganish va rivojlanishning
uzoq muddatli yo‘nalishi, strategiya maqsadlari yoki amaldagi
tajribaga asosan uni
amalga oshirish usullari, o‘zgaruvchan sharoitlar, yangi yuyalar va imkoniyatlarga
nisbatan to‘g‘rilovchi xatti-harakatlarni amalga oshirish.
Mazkur strategiyani shakllantirish va amalga oshirish jarayonida 5-vazifadan
agar zarur bo‘lsa qabul qilingan qarorlarni qayta ko‘rib chiqish yoki takomillashtirish
uchun oddingilariga qaytish ko‘zda tutilgan.
Tashkilotning strategik ko‘ra bilishi va zimmasidagi vazifasini shakllantirish. Bu
vazifani bajarishda tashkilotlarning rahbarlari quyidagi savolga javob berishi lozim:
biz nima qilmoqchimiz va nimaga erishamiz? Zimmadagi vazifa bayon qilinganda
tashkilot faoliyatining tavsifi aniqlashadi va u mijozlar uchun nima qilishi kerakligi
belgilanadi. o‘z xodimlarida «maqsad tuyg‘usi»ni
yuzaga keltirish uchun, rahbar
ularni tashkilotning strategik mo‘ljali va zimmadagi vazifa to‘g‘risida xabardor
qilishi lozim. Bunda esa yaxshi o‘ylangan strategik mo‘ljal tashkilotni istiqbolga
tayyorlaydi, rivojlanishning uzoq muddatli yo‘nalishini belgilashga yordam beradi.
Strategiyani ishlab chiqishda asosiy boshqaruv muammosi, ya’ni tashkilot
ahvolini hisobga olgan holda samarali natijalarga va uning istiqboliga
qanday erishish
belgilanadi. Strategiya natijalarga erishish
vositasi
hisoblanadi. Bunday harakat
tarziga tashkilot, maqsad va vazifalarga erishish uchun rahbarlar amal o‘ilishi shart.
Tashkilot strategiyasi asosiy boshqaruv vazifasini hal etishga yo‘naltirilgan o‘zaro
bog‘liq harakatlar va ishga yondashuvlar majmuidan iboratdir.
Strategiyani ishlab chiqish tashkilot ichki va tashqi holatiga
tashxis qo‘yishd
an
boshlanadi. Nega? CHunki to‘g‘ri tashxissiz yoki umuman busiz chuqur o‘ylanmagan
strategik harakat qabul qilinishi mumkin.
Tashkilot strategiyasi, qoidaga ko‘ra, quyidagi mutanosibliklardan iborat
bo‘ladi:
puxta o‘ylangan va maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar;
agar kutilmagan yo‘nalish yuzaga chiqsa va zarur bo‘lsa, unga javoban xatti-
harakatlar, masalan raqobat tazyiqi sodir bo‘lsa va h. k.
Amaldagi strategiya tarxi9. 2- rasmda berildi.
Rasmdan ko‘rinadiki, yangicha vaziyat (o‘zgaruvchan sharoit)lar yuzaga kelishi
natijasida rejadagi strategiya o‘zgarishi mumkin ekan. Ta’lim
sohasidagi bunday
vaziyatlarga fan, texnika, texnologiya, iqtisod, madaniyat, ta’lim va h. k.dagi yangi
natijalarni; yangi qonunlar yuzaga kelishi yoki hukumat siyosatining o‘zgarishi;
ta’lim xizmatiga bo‘lgan talabning o‘sishi va h. k.larni kiritish mumkin.