Strategik menejment


Xorijiy mamlakatlardagi bakalavr va talabalarni tayyorlashni boshqarish



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/309
tarix20.11.2023
ölçüsü4,26 Mb.
#162872
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   309
Strategik menejment

Xorijiy mamlakatlardagi bakalavr va talabalarni tayyorlashni boshqarish 
tajribasi 
Jahondagi ko‘plab mamlakatlarda oliy o‘quv yurtlari o‘rta umumiy ta’lim 
tizimidan keyingi, navbatdagi ta’lim bosqichi hisoblanadi. Oliy ta’lim maktablarining 
ko‘pchiligida o‘qish muddati 2yil yoki undan ko‘proq bo‘lib uch siklda yoki 
bosqichda amalga oshiriladi. 
Birinchi bosqich
ta’limi 3-4 yil (yoki ko‘proq) davom etadi va bitiruvchilarga 
bakalavr diplomi beriladi (AQSH, Angliya, YAponiya, Avstarliyada). Fransiyada 
birinchi bosqich oliy maktabni bitiruvchilarga metriz Belgiyada lisans unvoni 
beriladi.
Ikkinchi bosqich 
oliy ta’lim maktablariga birinchi siklni tugatgan 
bitiruvchilarning 10-25 foizi qabul qilinadi. Masalan ko‘rsatkich AQSHda-20,Buyuk 
Britaniyada-15,Avstraliyada–7, Avstriyada-10, YAponiyada-6 foizni tashkil qiladi. 
Bu davrda tanlangan yo‘nalish bo‘yicha ihtisoslashtirilgan umumiy fundamental 
bilimlar o‘qitiladi (Angliya, IspaniyaAQSH). GFR , Fransiya, Belgiya kabi 
mamlakatlarda esa ikkinchi bosqich oliy ta;lim maktablari talabalari ancha 
mukammal va muayyan maqsadga yo‘naltirilgan bilimlarni egallaydilar. Lekin hali 
ular tor profildagi yuqori malakali mutaxassis unvonini olish uchun ikkinchi sikldagi 
o‘qishlarini yana ixtisoslashtirilgan kurslarda 1-2 yil davom ettirishlari mumkin.
Ta’limning bunday tizimi o‘rta va oily ta’lim maktablari faoliyatini 
muvofiqlashtirishga tanlangan soha bo‘yicha oliy ta’limdagi izchillikni ta’minlashga 
samarali ta’sir qiladi.
Muayyan ixtisosliklar bo‘yicha maxsus imtihonlar 3 yillik amaliy ish 
faoliyatidan keyin ham topshirilishi mumkin.
Oily ta’lim maktablarining ikkinchi bosqichida o‘qish 1-2 yil davom etadi. Bu 
siklni 
bitirgan 
talabalarga 
magistr 
unvoni 
beriladi 
(AQSH,Buyuk 
Britaniya,Yaponiya,Avstraliya). 
Fransiya va Belgiyada magistr unvoni ma’lum mutaxassisliklari chuqur 
o‘rganuvchi kurslarning bitiruvchilariga ham beriladi. Magistrlik ta’limining o‘ziga 
xos xususiyatlaridan biri o‘quv dasturlarining individuallashtirilganligidir. Bunda 
o‘quv dasturlari talabalar va ularning ilmiy rahbarlari tomonidan tuziladi va 
kafedralar, dekanatlar tomonidan tasdiqlanadi. Magistraturani bitirgan yoshlar 
doktoranturaga kirisg huquqiga ega bo‘ladilar. 

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   309




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin