Strategik risk rejalashtirish rolini asoslash


-rasm. Strategik risk rejalashtirish jarayoni



Yüklə 114,64 Kb.
səhifə3/14
tarix21.06.2023
ölçüsü114,64 Kb.
#133836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Strategik risklarni boshqarish

1-rasm. Strategik risk rejalashtirish jarayoni


Bozor strategik risk tahlil qilinib, oltita hal qiluvchi savolga javob topilgach, yakunlovchi bosqichda tanlangan maqsadlarni, ularga erishish vositalarini, bajarilishi kerak bo‘lgan muayyan harakat dasturlarini va, nihoyat, har faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha va umuman firma bo‘yicha dastlabki daromad va xarajatlar ro‘yxatini muvofiqlashtirish kerak bo‘ladi.
Aslida strategik risk marketing rejasi moliyaviy rejadir, biroq u moliyaviy oqimlarning manbalari va maqsadlari haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan bo‘ladi. Amalda u firmaning jami iqtisodiy faoliyatini belgilab beradi va uning qolgan barcha funksiyalariga: ittki (ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktirlik ishlari) bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
-ittki: bozor ehtiyojlari yangi, yaxshilangan yoki moslashtirilgan tovarlarga o‘tkazilishi kerak;
-moliyaviy mablag‘lar: marketing dasturi moliyaviy cheklashlarni va resurlarning mavjudligini hisobga olishi lozim;
-ishlab chiqarish: savdo hajmlari ishlab chiqarish imkoniyatlari va etkazib berish tezligi bilan cheklangan;
-xodimlar resurslari: rejaning bajarilishi malakali va tayyorgarlikdan o‘tgan xodimlarning mavjud bo‘lishini ko‘zda tutadi.
Marketingni rejalashtirish jarayoni quyidagi chizmada keltirilgan.


Marketing tahlili


Vaziyat tahlili


SWOT - tahlil






2-rasm. Marketingni rejalashtirish jarayonining tuzilishi


Strategik risk marketingning vazifasi firmaning barcha faoliyat turlarini uning taraqqiyoti va rentabelligini ta’minlaydigan yo‘nalishlarga har doim yo‘naltirish va
Qayta yo‘naltirib turishdan iborat. Uning impulslari faqat marketingga emas, balki barcha funksiyalarga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun uning roli an’anaviy marketing boshqaruvining roliga qaraganda anchagina kengdir: u funksiyalararo muvofiqlashtirishni ham o‘z ichiga oladi.
Hozirgi davrning asosiy talabi bu ilmiy izlanish va tajriba tadqiqot ishlarini (ittki) firmalar strategiyasida hal etuvchi sohaga aylanishi bilan belgilanadi.
Shu bilan birga biznes strategiyasini belgilashda va iittini amalga oshirishda uning istiqboldagi natijalarini dastavval to‘liq baholash imkonining yo‘qligi (turli loyihalar ehtimoliy jihatlarining mavjudligi, barcha ixtiro va yangiliklar tijorat ahamiyatiga molik emasligi va boshqalar), strategiya albatta tasodifiy va yuqori tavakkalchilik evaziga amalga oshirilishi lozimligini nazarda tutishi kerak. Amerikalik olimlarning fikricha, hozirgi paytdagi barcha ilmiy izlanishlarning faqat 10 foizigina katta tijorat g’alabasini keltiradi. Demak, firmaning umumiy va iitti strategiyasi o‘zaro bog‘liq holdagi bir-birlarini to‘ldiruvchi siyosatlarning mushtarak ko‘lami ekan.

Yüklə 114,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin