– iqtisodiyotni ko‘tarish bo‘yicha aniq ishlangan dasturning yo‘qligi;
– aholining boshqaruv strukturasiga ishonchlilik darajasi;
– xususiy kapitalning himoyalanganlik darajasi.
Qonuniy me’yorlarga va amaliyotga mos holda birjada chet el valyutasining kursini, qimmatli qog‘ozlar kursini yoxud tovarlar bahosining o‘rnatilishi, qisqacha qilib aytganda, valyuta kursini o‘rnatish kotirovkalash deb ataladi. Jahon amaliyotida kotirovkalashning 2 xil usuli mavjud:

- to‘g‘ri kotirovka. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada ko‘rsatilsa, ya’ni milliy valyutada xorijiy valyutaning bir birligiga to‘g‘ri keladigan miqdorda ko‘rsatilsa, to‘g‘ri kotirovka deb ataladi . Bunday kotirovka hozirgi vaqtda jahondagi ko‘pchilik mamlakatlarda qo‘llanilib kelinmoqda.
- egri (teskari) kotirovka. Bunda bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutalardagi miqdori o‘rnatiladi, ya’ni bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutadagi bahosi ko‘rsatiladi.
Banklar valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda valyutani sotish va sotib olish kursini o‘rnatadi. Bu kurslar sotuvchining va xaridorning kursi deb ataladi.
Banklar valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda valyutani sotish va sotib olish kursini o‘rnatadi. Bu kurslar sotuvchining va xaridorning kursi deb ataladi.
Sotuvchi kursi – bankning valyutani sotish kursi.
Xaridor kursi – bankning valyutani sotib olish kursi.
Bu kurslar o‘rtasidagi farq marja deb ataladi va u xizmat xarajatlarini qoplashga va ma’lum darajada foyda olishga sarflanadi.
Valyutaning eng muhim xarakteristikasi uning konvertirlanganligidir.
Konvertirlanganlik darajasiga ko‘ra valyuta kursi 3 ga bo‘linadi.