Buyuk Britaniya, AQSH va Fransiya universitetlarida ta’lim daromadlari manbalarining tuzilishi (%da)
Ba’zi mamlakatlarda talabalarga kredit berish tizimi rivojlanmoqda.
Talabalar uchun moliyalash vaziyatining keskinlashuvi oxir oqibatda, ular o‘z ta’lim olishlari uchun sarflarning bir qismini o‘z ish haqlari hisobidan qoplashga intilmoqdalar. Bu o‘z navbatida ta’lim muddati oshishiga va ta’limning ancha moslashuvchan modeliga talabni o‘sishiga ta’sir etmoqda.
Biroq talabalardan olinadigan haq ta’lim muassasalarida, 20%ni qoplamoqda (xususiylarda – 35%). Xarajatlarning qolgan qismi boshqa davlat va xususiy manbalardan qoplanadi. Ko‘pchilik mamlakatlarda oliy ta’lim muassasasini davlat moliyalashdagi byudjet taqchilligi yildan-yilga saqlanib kelmoqda. SHuning uchun oliy ta’lim muassasalariga moliyalashning qo‘shimcha manbalarini izlab topish huquqi berilmoqda va bunga ularga har tomonlama yordam ko‘rsatilmoqda.
Tijorat faoliyati turli shakllarda amalga oshirilmoqda:
universitet maydonlari va jihozlaridan konferensiya va boshqa jamoatchilik tadbirlari o‘tkazishda foydalanish;
oliy ta’lim muassasalariga qarashli erlarga, oliy ta’lim muassasalaridan yoki ularga xizmat ko‘rsatishda foydalanuvchi firmalar tuzish;
oliy ta’lim muassasa mutaxassislarini tijorat kompaniyalariga konsultatsiyalar o‘tishi;
aholiga qo‘shimcha ta’lim xizmat ko‘rsatish;
buyurtma ilmiy-tadqiqot ishlari va boshqalarni bajarish;
Buxgalteriya va soliq hisobotlari qonuniyligini ta’minlash uchun, oliy mauassasalariga tegishli tijorat firmalarida shunday ish olib borilmoqda va olingan foyda oliy ta’lim muassasasi tasarrufiga tushmoqda.
Universitetlarga daromad keltiruvchi samarali tizim barpo qilish yo‘lida amaliy murakkabliklar yuzaga kelmoqda, masalan, oliy ta’lim muassasalari va firmalar o‘rtasidagi daromadni taqsimlash. Ma’lumki, agar universitet barcha daromadni olib qo‘ysa, bunday dargohda hech kim firma ochmaydi.
Tijorat faoliyatidan kelgan daromad qayta investitsiyalansa, soliq imtiyozlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bino, laboratoriya, kutubxona, kompyuter markazlari va professorlar qo‘shimcha lavozimini jalb etmay oliy ta’lim muassasiga talabalar qabul qilish miqdorini oshirish oliy ta’lim muassasasi samarasini oshirishning eng oson yo‘li. Bunday usuldan 70-80 yillarda Germaniya va Buyuk Britaniyada keng foydalaniladi. Bu o‘zini oqlagan bo‘ladi, qachonki, safarbar etilgan oliy ta’lim muassasasi xodimlar tomonidan qo‘llab-quvvatlansa. Biroq ko‘pchilik universitetlarda o‘qituvchi-professor tarkibi ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashadi, ular ko‘pgina tadqiqot institutlarida band, shu tufayli mazkur usul o‘z imkonini tugatadi.
Ob’ektiv sabablarga ko‘ra universitet boshqa vazifasini cheklamay turib, o‘qituvchilar yuklamasini oshirish mumkin emas; talabalar soni faqat qo‘shimcha resurslar hisobiga oshirilishi mumkin. Mana shuning uchun, masalan Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda 60-yillarda ta’lim tizimi juda qimmat usul- mutlaqo yangi institut (universitet)lar bunyod etish yo‘li Bilan kengaytirilgan.
Ancha keyinroq e’tibor mutaxasislarni quyidagicha usulda tayyorlashni ko‘paytirishga qaratiladi:
kurslar muddatini qisqartirish;
yozda o‘qitishni ham ќo‘shganda akademik yilni cho‘zish;
kechki o‘quv shaklidan keng foydalanish;
katta guruhlardagi talabalarga ma’ruza o‘qish (etarli hajmdagi joysiz bu mumkin emas) va bunga qo‘shimchasi sifatida kompyuterlarda o‘qitishdan foydalanish, bu ko‘p miqdordagi o‘qituvchilarni talab etmaydi;
sirtqi ta’lim shaklidan keng foydalanish.
Bu tadbirlarning ko‘pligi hali ko‘rib chiqish yoki joriy etish arafasida, lekin ularga xizmat ko‘rsatish omilining mavjudligi G‘arbda rasmiy fikrning rivojlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi. Shubha yo‘qki, mavjud yondashishlar ba’zilaridan boshqa yaqin kelajakda foydalanadilar.
Shunisi yaqqol ayonki, etarli resurslarsiz samaradorlikni oshirish uchun tazyiq o‘tkazish, shunga olib kelishi mumkin, oqibatda ham ta’lim sifati, ham tadqiqotchilar faoliyati oliy ta’lim muassasalarida juda pasayib ketadi. Mana shuninng uchun samaradorlik jadal sur’atlar bilan rivojlangan mamlakatlarda vaqti vaqti bilan ta’lim va ilmiy jarayonning sifatini baholab berishga qilinadi.
Masalan, Buyuk Britaniyada shunday baholash natijasida faqat oliy ta’lim muassasalariga o‘z faoliyatini qanday yaxshilash to‘g‘risida tavsiyalar berilibgina qolmay, balki byudjetda ham ayrim o‘zgarishlar qilinadi. Xususan, bu mamlaktda muntazam ravishda barcha oliy ta’lim muassasalarni reyting baholash o‘tkaziladi va bu toifadagi universitetlar guruhini milliy tenglashtirish jadvali nashr etiladi. Yuqori reytingli yoki ta’lim sifati uchun yuqori bal olgan oliy ta’lim muassasasi qo‘shimcha mablag‘ oladi.
Yaponiya tajribasiga nazar tashlaylik. Bunda byudjet mablag‘ini qattiq tejalishiga ko‘zimiz tushadi. Ta’lim tizimi mamlakat byudjeti majmui uchun nisbatan arzon tushadi: Yapon xukumati yalpi milliy mahsulotning 5,5-6,0 % ni ta’limga sarflaydi, bu raqam AQSHda 7,1 % ni, Buyuk Britaniyada 7,7 % ni tashkil etadi. Shunga qaramay, YApon o‘qituvchilari va talabalari ko‘p ko‘rsatkichlar bo‘yicha (ta’lim olishga taalluqli) boshqa mamlakatlardagi o‘z tengdoshlaridan ustunlik qiladilar. YAponiya ta’lim tizimining asosiy afzalligi iqtisodga-institutsional o‘ziga xoslikka bog‘liq. Davlat va xususiy sho‘‘ba nisbati va ta’lim muassasalarini moliyalash o‘ziga xos tarzda. Davlatga aloqadorsiz sho‘‘baning ahamiyati boshlang‘ich ta’limdan oliysiga tomon oshib boradi.
Yaponiyadagi oliy ta’lim eltar bo‘lib, barcha xohlovchilar ham o‘qiy olmaydi. U ham davlat, ham xususiy oliy ta’lim muassasalariga tayanadi.
Yapon xukumati ta’limni oliy maktab tizimiga qoldirgan: davlat universitetlari asosan tabiiy fanlar, injenerlik fanlari asosida mutaxasislar tayyorlash bilan shug‘ullanadi; davlatga aloqadorsiz universitetlar, odatda, gumanitar, ijtimoiy- iqtisodiy ixtisosliklar bo‘yicha mutaxasis tayyorlaydi. Dalat ko‘proq mablag‘ talab etadigan ixtisoslik olishni ta’minlaydi. (Ma’lumki, zamonaviy muxandis tayyorlash, aytaylik yurist yoki buxgalter tayyorlashdan qimmatga tushadi). SHunday qilib, ta’lim tizimi o‘zini ta’lim sohasidagi bozorning imkonsizligidan muhofaza qiladi.
Xususiy ta’lim muassasalari ko‘p mablag‘ talab etuvchi nazariy fanlar bilan bog‘liq ixtisoslikka ega bo‘lishga sharoit yaratmasligi mumkin, bunga boshlang‘ich sarflarning to‘ldirmasligi holati sabab bo‘lishi mumkin.
Davlat ta’lim standartlarini davlatga aloqadorsiz sho‘‘ba sarfi minimal darajada bo‘ladigan qilib belgilaydi. Bu ta’lim to‘lanadigan haqning pasayishiga, davlatga aloqadorsiz ta’limga talab oshishiga, buning davlatga aloqadormas universitetlar ko‘payishiga olib keladi. Bunga dotatsiya siyosati ham ko‘mak beradi, shuningdek, qimmat tushmaydigan ixtisoslikda o‘qitishga litsenziya berish siyosati, o‘qituvchilar malakasiga ќo‘yiladigan talabning yuqori emasligi ham yordam beradi, bular hammasi oqibatda ish haqini tejash, bitta o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar miqdori oshishiga imkon beradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, o‘z muvaffaqiyati uchun yapon ta’lim tizimi sezilarli darajada ham boshqaruv tizimidagi, ham davlatga qarashli bo‘lgan va bo‘lmagan ta’lim muassasalarida menejment madaniyati yuqoriligidan minnatdor bo‘lsa arziydi.
Oliy ta’lim muassasalarini moliyalash manbalari (davlat va xususiy manbalar) qaytib konsursium, oliy ta’limni tadqiq, etuvchilar va YUNESKOning oliy ta’lim bo‘yicha Evropa markazi (SEPES) fikrini kiritish o‘rinlidir. Ular aralash moliyalash sof davlat yoki sof xususiy moliyalashdan afzaldir, bunda aralash moliyalash ham davlat, ham xususiy ta’lim muassasalari uchun ma’qul keladi degan fikrga keldilar. AQSHdagi oliy ta’lim muassasalarni moliyalash tizimi bu borada ancha e’tiborga molikdir.
Tarixdan shunday bo‘ldiki, birinchidan amerika kollejlari xususiy korporatsiyalar edi, ular o‘z siyosati o‘z standartlari va tartib-qoidalarini davlatdan xoli tarzda ishlab chiqqanlar. Lekin urushdan keyingi davrda davlat oliy ta’lim muassasalarida talabalar soni ko‘paydi. Agar 1950 y. barcha talabaning 49 % i xususiy kollej va universitetlarda ta’lim olgan bo‘lsa, keyingi davlat maћalliy kollejlarning tarmog‘i kengaygach, nisbatan o‘zgardi: davlat oliy ta’lim muassasalaridagi talabalar xissasi 78 % dan oshdi.
Oliy ma’lumot olganlik haqida diplom beruvchi AQSHning 3500 oliy ta’lim muassasi yarmidan ko‘pi xususiy korporatsiya. Bular bo‘yicha ma’suliyat mashhur sobiq bitiruvchilar va boshqa xususiy shaxslardan iborat murabbiylar zimmasiga yuklangan, ular filantropik yordam ko‘rsatadilar.
AQSHdagi ko‘pgina mashhur universitetlar-Garvard, Stenford, Yelse, CHikago universitetlari va ko‘pgina nufuzli kollejlar-Anxerst, Uilyams, CHarlston kollejlari xususiy sho‘‘baga qarashli bo‘lib, sezilarli darajada hayriyalarni oladilar va yuqori mavqega egadir. Bu hol ularga ta’lim uchun yuqori haq olish va yig‘imlarga (90- yillar boshida 20 ming dollardan yuqori) ega bo‘lish imkonini beradi.
Keyingi o‘n yillikda AQSHda xususiy oliy ta’lim muassasalarining soni davlatnikiga qaraganda ancha tez o‘sdi, lekin unda tahsil oluvchi talabalar soni,
birinchi galda, haq to‘lash yuqoriligi va shunday diplomni davlat ta’lim muassasasida olish mumkinligi tufayli muntazam qisqarmoqda. Bundan tashqari, AQSH xususiy oliy ta’lim muassasalari o‘z hajmiga ko‘ra davlatga qarashlilarnikidan ancha kichik. Amerika oliy ta’lim muassasalarini moliyalash besh manbadan amalga oshiriladi:
federal byudjet va mahalliy xukumat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar;
talabalarning ta’lim va xizmat uchun to‘lovlar;
oliy ta’lim muassasasining o‘z faoliyatidan kelgan daromadlar;
filantropik tashkilotlar va xususiy shaxslar xayriyalari;
xususiy tashkilotlar va shaxslar tuzgan maxsus fondlardagi jamg‘armalardan foizlar.
Oliy ta’limga davlat yordami o‘rtacha 40-45%ni (oliy ta’lim muassasi umumiy daromadida) tashkil etadi va kuyidagicha taqsimlanadi: federal xukumat byudjetidan – 10-15%, shtatlar byudjetidan – 20-30% va hokimiyat mahalliy byudjetidan – 2-5%. Federal yordam, amerikalik mutaxassaslar xulosasiga ko‘ra, aslida foyda tufayli emas, balki zarurat tufayli shakllangan va hozirgi miqdoriga etgan, chunki bevosita ta’lim milliy manfaatlarga xizmat qiladi, milliy qadriyatning muhim unsuri hisoblanadi.
Oliy ta’lim davlat yoki xususiy sho‘‘basining ko‘p yoki kam samaradorligi xususida bir xil ma’lumot yoki da’volarning o‘zi uchramaydi. Xususiy ta’lim muassasalari ko‘p mamlakatlarda ham nisbatan davlat ta’lim tizimi ustun mamlakatlar natijasiga o‘xshash natija ko‘rsatadilar, xususiy ta’limning ancha keng tarqalgan na iqtisodda, na ta’lim sohasida ancha qanoatlanarlik natijasiga olib kelmaydi. Ta’limning ijobiy natijalari, odatda, tashkil etish omiliga bog‘liq. Muammo xususiy sho‘‘bani davlatning oliy ta’lim boshqarish tizimiga joriy etish dinamikasiga va o‘z demokratiy tavsifini yo‘qotmasligiga erisha olishidir.
Shunday qilib, mumtoz universitetlar rivoji umujahon yo‘nalishi so‘nggi o‘n yilliklarda ta’lim iqtisodda, qo‘yidagi umumiy yo‘nalishi so‘nggi o‘n yilliklarda ta’lim iqtisodiyotida, quyidagi umumiy yo‘nalishni ta’kidlashga imkon beradi:
Evropa ko‘pchilik mamlakatlarida keyingi qator yillarda oliy ta’limni moliyalashda, nisbatan, ba’zi bir joylarda mutloq pasayish yuz berdi.
Bu Evropa va Shimoliy Amerika mamlakatlaridagi ba’zi umumiy iqtisodiy pasayish bilan bog‘liq. Jahonning yirik universitetlari faqat ijtimoiy sohada emas, balki o‘z professorlarini xizmat safariga yuborish, chetdan taklif etishda ham tejamkorlik qilmoqdalar. Masalan: Germaniyaning faxri bo‘lmish Geydelberg univesiteti barcha o‘quv-ilmiy laboratoriyalarida har bir laboratoriya universitetga qancha mablag‘ keltirishini muntazam tahlil etib boradi, o‘zini oќlamagan laboratoriyalar yopiladi.
Ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlardagi oliy ta’lim muassasalari davlat moliyalaydigan Ukuv-ilmiy va madaniy markazdan, tobora, korxonaga xos xususiyatlarga ega bozor iqtisodiyotining iqtisodiy sub’ektiga aylanmoqda; tarkibiy bo‘linmalar samaradorligi va iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash o‘tkazilmoqda. Ta’limning turli shakllari bo‘yicha mutaxassislar tayorlash tarmog‘i tadqiq etilmoqda, ta’lim uchun tabaqalashgan haq to‘lash usuli ko‘rib chiqilmoqda.
Keyingi yillarda oliy ta’lim muassasalari taklif etayotgan ta’lim xizmati keskin oshadi, shu jumladan, oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyingi ta’lim doirasida. Bu jarayonni yuqori malakali mutaxassislarga talabi oshgan davlat ham, o‘z xodimlari malakasi oshirishdan manfaatdor davlatga aloqadorsiz sho‘‘ba ham qo‘llab-quvvatlanmoqda. Oliy ta’lim muassasalar, shu jumladan, iqtisodiylari ham, qo‘shimcha ta’lim xizmati ko‘rsatishdan manfaatdordirlar. AQSHda, masalan, diplom olgandan keyingi va qo‘shimcha ta’lim xizmati ko‘rsatishdan bakalavriatdagi ta’limdagidan ko‘ra ko‘proq mablag‘ga ega bo‘linadi.
Oliy ta’lim muassasasining, o‘zlari davlat moliyalashiga kamroq muxtoj bo‘layotganlari, ko‘proq xususiy ishlari evaziga mablag‘ topishlari tufayli muxtor bo‘lishiga intilishlari davlat tomonidan oshib borayotgan nazorat bilan muntazam nazorat tartibi barpo etilmoqda. AQSHda, masalan, turli akkreditatsiya agentliklarining (kasbiy yoki xududiy), ishi rag‘batlantirilmoqda. Fransiyada ta’limning baholash bo‘yicha maxsus milliy qo‘mita tuzildi.
Nazorat savollari.
O’zbekistonda ta’lim tizimining xususiyatlarini izohlab bering.
Uzluksiz ta’lim tizimining shakllanishi, uning asosiy bosqichlarini tushuntirib bering.
“Та’lim to’g’risida”gi qonun va “Каdrlar tayyorlash milliy dasturi” qachon qabul qilingan?
Ta’limda menejmentning o’ziga xos xususiyatlari qanday ?
Ta’limda strategik boshqarishni ahamiyatini tushuntiring.
Ta’lim tizimini strategik boshqarishda rivojlangan mamlakatlarning tutgan yo’li qnday ?
Tayanch so’z va iboralar:
Uzluksiz ta’lim tizimi, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim, oiladagi ta’lim va mustaqil ravishda ta’lim olish.