Strategiyni tadbiq etish



Yüklə 145,25 Kb.
səhifə4/8
tarix28.03.2023
ölçüsü145,25 Kb.
#90785
1   2   3   4   5   6   7   8
STRATEGIYNI TADBIQ ETISH

Sistemali yondoshuv - boshqariluvchi ob’ekt yaxlit tizim tarzida olib qaraladi. Bu yondoshuv turlicha bo‘lishi mumkin:

  • sistemali - kompleks yondoshuv

  • sistemali - funksional yondoshuv

  • sistemali - tarkibiy yondoshuv

  • sistemali - kommunikatsion yondoshuv

  1. Kompleksli yondoshuv - boshqariluvchi ob’ekt boshqa ob’ektlar bilan o‘zaro bog‘lanishda va aloqadorlikda qaraladi.

  2. Tarkibiy yondoshuv - boshqariluvchi ob’ekt tarkibiy qismlarga bo‘lib o‘rganiladi.

  3. Vaziyat (situatsiya)li yondoshuv - boshqariluvchi ob’ektning konkret sharoitdagi ichki va tashqi vaziyatiga qarab boshqarishning ma’qul uslubi qo‘llaniladi.

  4. Integratsion yondoshuv - makrodarajada boshqariluvchi ob’ekt yuqoridagi uslublar (vaziyatli, kompleksli, tarkibiy yondoshuvlar)ni birgalikda qo‘llash yordamida boshqariladi.

  5. Modellashtirish usuli - boshqariluvchi ob’ektni boshqarish bo‘yicha turli sxema, grafik va chizmalar, xomaki materiallar tayyorlanadi.

  6. Iqtisodiy-matematik yondoshuv - optimal qaror qabul qilish maqsadida matematik uslublar va xisoblsh mashinalarini keng miqyosda qo‘llash.

  7. Kuzatish usuli - boshqariluvchi ob’ekt to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rejali, ilmiy, uyushtirilgan asosda to‘plash usuli.

  8. Eksperiment (tajriba) usuli - boshqarish jarayonida boshqariluvchi ob’ektga nisbatan namunaviy ajribadan o‘tgan usullarni qo‘llash.

  9. Sotsiologik kuzatuv usuli - boshqarish maqsadida turli anketali so‘rovlar, suxbatlar, testlar, infratuzilmaviy taxlillarni o‘tkazish.
3.Ta’limda menejmentning uziga xos xususiyatlari va strategik boshqarish.

Boshqaruv faoliyati nazariyasi va amaliyoti menejer modelini yuzaga keltirdi (9.1-rasm). Mazkur modelga muvofiq u shudli shaxs bo‘lishi kerak. U istarasi issiqlik, ochiq ko‘ngillilik, oqillik va irodalilik kabi tizim tashkil etuvchi biologik sifatlarga ega bo‘lishi lozim.
Menejer jismonan barkamol bo‘lishi kerak: sog‘lom tanda - sog‘lom aql deb bejiz aytilmagan.
Ochiq ko‘ngillilikni menejer achinish va hamdardlik qilish kabi xislatlarda namoyon eta bilishligi, vijdon amriga quloq solishi kerak.
Menejer fikrlaydigan o‘z aqliy qobiliyati nimalarga qodirligini bilishi va idroklay olishi lozim.
Menejerda albatta mustahkam iroda bo‘lishi shart, chunki boshqaruv, bu hamisha hokimiyatdir.
Menejerning madaniyatlilik darajasi - inson tafakkuri va badiiy ijodiyoti eng yaxshi natijalari darajasida bo‘lishlik xususidagi doimiy extiyoj, bu uning etika, estetika, siyosatshunoslik, sotsiologiya va psixologiya bo‘yicha bilimlari. Boshqaruv faoliyatiga antropologik yondashish menejer keng kultrologik tayyorgarlikka ega bo‘lishi zarurligaga olib keladi.
Menejerning insoniylik jihati bu, menejerning boshqaruv faoliyatida sistemalashtirilgan va moslashtirilgan antropologik bilimlardan foydalana olishdagi nazariy - amaliy tayyorgarligi.
Antropologik bilimlar menejerga o‘z kasb vazifasini bajarish jarayonida odamlar bilan muloqotda bo‘lish va birgalikda harakat qilish, shaxsiy ishbilarmonlik sifatlarini namoyon eta bilish va eng yaxshi kasbiy natijalarga erishish uchun zarurdir. Bular ayniqsa ta’lim, Innovatsion modul, tibbiyot, savdo va tadbirkorlik kabi faoliyat sohalarvda katga ahamiyat kasb etadi.



    1. Rasm. Menejer modeli

Ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalarida va biznes bilan bog‘liq barcha biznes-maktablarda ixtisoslashtirilgan insonshunoslik fanlari o‘qitiladi: sanoat psixologiyasi, ishlab chiqarish sotsiologiyasi, tadbirkorlik odobi, ishbilarmonlik iqtidori va b. Ko‘pchilik universitetlarda shoirlar, rassomlar, madaniyat arboblarining ma’ruzalari rejalashtirilgan.
Menejerlarni insonshunoslik bo‘yicha tayyorlashda Evropa Ma’muriy boshqaruv instituti (Fransiya)da, Boshqaruv xalqaro instituti (SHveysariya) va Barselona oliy boshqaruv ta’limi institutida qiziqarli tajriba to‘plangan. Menejerlar tayyorlash bo‘yicha Tokiodagi markaz jahonga ma’lum, ishda ikki qismdan: insonshunoslik ta’limi va insonshunoslik texnologiyaviyligidan iborat insonshunoslik vakolati konsepsiyasi ko‘rib chiqilgan.
Menejerning insonshunoslik ma’lumoti, bu - antropologik bilimlar tizimi bo‘lib, uning mentaliteti faoliyatining so‘zlar yordamida obraz yaratish negizi hisoblanadi. Quyidagilar mana shu negizga taalluqli:

  • boshqaruv psixologiyasi;

  • boshqaruv pedagogikasi;

  • boshqaruv odobi;

  • boshqaruv sotsiologiyasi;

  • boshqaruv kelishmovchilikshunosligi;

  • boshqaruv ritorikasi;

  • boshqaruv ortobiotikasi;

  • boshqaruv imijshunosligi.

Menejerning insonshunoslik texnologiyaviyligi, bu - uquvlar majmui, shu tufayli antropologik bo‘limlar uning amaliy xatti-harakatlari (axborot to‘plash, boshqaruv qarorlari qabul qilish, futurologik loyihalash, ishbilarmonlik salohiyati va h.k.lar)da amalga oshiriladi. Insonshunoslik texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalana bilishlik uquvi menejerga antropologik bilimlarni tadbiq etishlik muvaffaqiyatini kafolatlaydi. Quyidagilar mazkur texnologiyalarga taalluqli::
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin