Strategiyni tadbiq etish



Yüklə 145,25 Kb.
səhifə5/8
tarix28.03.2023
ölçüsü145,25 Kb.
#90785
1   2   3   4   5   6   7   8
STRATEGIYNI TADBIQ ETISH

maqsadni mo‘ljallash texnologiyasi;

  • etik taalluqlash texnologiyasi;

  • o‘z-o‘zini faol baeishlash texnologiyasi;

  • o‘zini abadishashtirish va b. texnologiyasi.

    Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshqaruv faoliyati o‘z mohiyati va xususiyati bo‘yicha jamiyat hayotida aqliy tartibga solish ahamiyatiga ega. Insoniyat tomonidan fan- texnika, iqtisodiyot va ijtimoiy muvaffaqiyatlar tobora oshirilib borishiga ko‘ra bosho‘aruv faoliyatining ilmga bo‘lgan talabi ham to‘xtovsiz o‘sib boradi. Boshqaruvning mohiyati ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlarni shunday nisbatda uyg‘unlashtirishni ta’minlashdan iboratdir, bu mo‘ljallangan maqsadga erishish imkonini beradi. SHuning uchun yaxshi rahbar odamlarga kamroq buyruq beradi, buning o‘rniga ularning mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan samarali sharoit yaratadi. Boshqaruv, bu hamisha xukmronlik, har qanday tashkilotning samarali faoliyat ko‘rsatishi, uni to‘g‘ri taqsimlashga bogliq. Lavozim vakolatidan (hokimiyatning taqsimlanishidan) qat’iy nazar boshqaruv hulqining umumiy tamoyillari - vakolatlilik, insonparvarlik, innovatsiyalik, pragrmatika va ortobiotiklik mavjud. Boshqaruv uslubiga kelsak, u avtokratik, byurokratik, demokratik va aristokratik bo‘lishi mumkin.
    Menejerning insonshunoslik vakolati uning boshqaruv faoliyatida antropologik bilimlardan foydalanishdagi nazariy-amaliy tayyorgarligiga bog‘liq. Bu vakolatlilik insonshunoslilik ma’lumoti va menejerning insonshunoslik texnologiyasi bilan tavsiflanadi.
    Istiqbolni aniq bashorat qilish uchun strategiya zarurdir. CHunki, strategiya-bu istiqbolni tadqiq qilish, turli ssenariyalarni tahlil etish san’ati hamda istio‘bolda raqobat kurashida afzallik beruvchi g‘oyadir. Boshqaruv strategiyasi-bu strategik maqsadni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatdir. SHuning uchun yaxshi strategiya va strategiyani a’lo darajada amalga oshirish - yaxshi boshqaruvning eng ishonchli belgisi.
    Boshqaruv strategiyasi beshta bir-biriga bog‘liq masalani hal etishga asoslanadi:

    1. Tashkilot bajarishi lozim bo‘lgan strategik ko‘ra bilishni, harakat uzoq muddatli yo‘nalishini va aniq vazifani shakllantirish.

    2. Strategik ko‘ra bilish va zimmadagi vazifani aniq maqsad va topshiriqqa aylantirish.

    3. Maqsadlar va vazifalarga erishish strategiyasini ishlab chiqish.

    4. Qabul qilingan strategiyani malakali hamda samarali tadbiq etish va amalga oshirshi.

    5. Ish natijalarini baholash, yangi yo‘nalishlarni o‘rganish va rivojlanishning uzoq muddatli yo‘nalishi, strategiya maqsadlari yoki amaldagi tajribaga asosan uni amalga oshirish usullari, o‘zgaruvchan sharoitlar, yangi yuyalar va imkoniyatlarga nisbatan to‘g‘rilovchi xatti-harakatlarni amalga oshirish.

    Mazkur strategiyani shakllantirish va amalga oshirish jarayonida 5-vazifadan agar zarur bo‘lsa qabul qilingan qarorlarni qayta ko‘rib chiqish yoki takomillashtirish uchun oddingilariga qaytish ko‘zda tutilgan.
    Tashkilotning strategik ko‘ra bilishi va zimmasidagi vazifasini shakllantirish. Bu vazifani bajarishda tashkilotlarning rahbarlari quyidagi savolga javob berishi lozim: biz nima qilmoqchimiz va nimaga erishamiz? Zimmadagi vazifa bayon qilinganda tashkilot faoliyatining tavsifi aniqlashadi va u mijozlar uchun nima qilishi kerakligi belgilanadi. o‘z xodimlarida «maqsad tuyg‘usi»ni yuzaga keltirish uchun, rahbar ularni tashkilotning strategik mo‘ljali va zimmadagi vazifa to‘g‘risida xabardor qilishi lozim. Bunda esa yaxshi o‘ylangan strategik mo‘ljal tashkilotni istiqbolga tayyorlaydi, rivojlanishning uzoq muddatli yo‘nalishini belgilashga yordam beradi.
    Strategiyani ishlab chiqishda asosiy boshqaruv muammosi, ya’ni tashkilot ahvolini hisobga olgan holda samarali natijalarga va uning istiqboliga qanday erishish belgilanadi. Strategiya natijalarga erishish vositasi hisoblanadi. Bunday harakat tarziga tashkilot, maqsad va vazifalarga erishish uchun rahbarlar amal o‘ilishi shart. Tashkilot strategiyasi asosiy boshqaruv vazifasini hal etishga yo‘naltirilgan o‘zaro bog‘liq harakatlar va ishga yondashuvlar majmuidan iboratdir.
    Strategiyani ishlab chiqish tashkilot ichki va tashqi holatiga tashxis qo‘yishdan boshlanadi. Nega? CHunki to‘g‘ri tashxissiz yoki umuman busiz chuqur o‘ylanmagan strategik harakat qabul qilinishi mumkin.
    Tashkilot strategiyasi, qoidaga ko‘ra, quyidagi mutanosibliklardan iborat bo‘ladi:

    • puxta o‘ylangan va maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar;

    • agar kutilmagan yo‘nalish yuzaga chiqsa va zarur bo‘lsa, unga javoban xatti- harakatlar, masalan raqobat tazyiqi sodir bo‘lsa va h. k.

    Amaldagi strategiya tarxi9. 2- rasmda berildi.
    Rasmdan ko‘rinadiki, yangicha vaziyat (o‘zgaruvchan sharoit)lar yuzaga kelishi natijasida rejadagi strategiya o‘zgarishi mumkin ekan. Ta’lim sohasidagi bunday vaziyatlarga fan, texnika, texnologiya, iqtisod, madaniyat, ta’lim va h. k.dagi yangi natijalarni; yangi qonunlar yuzaga kelishi yoki hukumat siyosatining o‘zgarishi; ta’lim xizmatiga bo‘lgan talabning o‘sishi va h. k.larni kiritish mumkin.
    Tashkilot strategiyasi bir vaqtning o‘zida ham rejadagi va adaptiv (moslashuvchan) hisoblanadi.
    Tashkilot strategiyasini tez-tez "zargarona sozlash" yoki boshqarish odatdagi hol hisoblanadi. Bular tasho‘i va ichki o‘zgarishlar miqdori sezilarli darajada jamlanishi bo‘yicha amalga oshiriladi. SHuning uchun strategiya uzoo‘ muddat mobaynida kamdan-kam holdagina o‘zgarmay qoladi. Biroq strategiyani tubdan o‘zgartirish kamdan-kam yuz beradi, qoidaga ko‘ra, tang vaziyatlardagina shunday bo‘lishi mumkin. Strategik ko‘ra bilish va vazifaning shakllanishi, maqsadning aniqlanishi va strategiyani qabul qilish, bu rivojlanish yo‘nalishini ishlab chiqish jarayonining asosiy vazifasi. Bular barchasi birgalikda strategik rejani tashkil etadi.


    1. Ta’lim tizimini strategik boshqarishda rivojlangan mamlakatlar tajribasi.

    Hozirgi kunda xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim sohasidagi olib borayotgan davlat siyosatlari quyidagi jihatlari bilan xarakterlanadi:

      • Xususiy oliy o‘quv yurtlarini tashkil qilish, ularni rivojlantirish borasidagi amaliy ishlar davlatlar tomonidan qo‘llab quvvatlamoqda (chunki bu sohaga davlat va mahalliy byudjet ko‘magidan yashqari, yirik xususiy sarmoyalarni ham jalb qilish imkonini beradi) Bunday yondoshuv ayniqsa AQSH,Yaponiyava Fransiyada ko‘zga yaqqol tashlanadi.

      • Oliy o‘quv yurtlari davlat tasarrufida bo‘lgan davlatlar alohida ajralib turadi (Germaniya,Avstriya,Daniya,Gretsiya). Bu davlatlarda xususiy oliy o‘quv yurtlari cherkov tasarrufida bo‘lib, ular 2-3 foizni tashkil qiladi.

      • Xususiy oliy o‘quv yurtlar tizimi keng rivojlanayotgan mamlakatlar (AQSH,Yaponiya,Fransiya). Ularning mavjudligi davlat tasarrufidagi oliy o‘quv yurtlari obro‘siga putur yetkazmaydi.

      • YUqoridagi barcha mamlakatlardagi xususiy oliy o‘quv yurtlar moliyaviy jihatdan davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanadi.

      • Xususiy oliy o‘quv yurtini tashkil qilish – bu ko‘p sarmoya talab qiladigan tadbirdir. Bu borada to‘plangan tajribalarning dalolat berishicha, faqat iqtisodiy baquvvat firmalar (alohida shaxslar) yoki baquvvat ijtimoiy tashkilotgina o‘rta darajadagi xususiy oliy ta’lim maktabi faoliyatini tashkil qila oladi.

    Xususiy va davlat tasarrufidagi oliy ta’limni tashkil qilish borasidagi tamoyillarni alohida mamlakatlar misolida aniq tahlil qilaylik.
    AQSH

    Bu yerda oliy o‘quv yurtlarining 1870 tasi xususiy sektor tomonidan nazorat qilinadi (qiyoslang: davlat sektorida 1520 ta ). SHunga qaramasdan 77 foiz talaba davlat sektotiga tegishli oliy o‘quv yurtlarida o‘qiydilar. Bunday ko‘rsatkich tobora ortib borayotganligi kuzatilmoqda. Bu xususiy oliy ta’lim maktabkarida o‘qish juda qimmatligi bilan izohlanadi. Buning natijasida jamiyatning o‘rta qatlam vakillarining farzandlari bunday oliy maktabga kirib o‘qishga qiynalmoqdalar.
    AQSH da xususiy oliy o‘quv yurtini ochish huquqiy jihatdan biron qiyinchilik tug‘dirmaydi (u talabgorlar miqdoriga bog‘liq). Bu boradagi qiyinchiliklar, asosan diplomlarning tan olinishi va xususiy oliy o‘quv yurti tomonidan beriladigan malaka bilan bog‘liq. Bu muammolarning yechilishida turli mintaqaviy va professional agentliklarning fikrlari ustuvorlik qiladi.
    Yaponiya

    Bu yerda 1986-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra universitet darajasidagi oliy o‘quv yurtlardan 334 tasi xususiy sektor va 131 tasi davlat tasarrufiga tegishlidir (ulardan 95 tasi-milliy universitetlar, 36 tasi mahalliy). Biron bir xususiy oliy o‘quv yurtining ochilishi mamlakat hukumatining ruhsati bilan amalga oshiriladi.
    Fransiya

    Bu yerda 77 ta universitet mavjud bo‘lib, ulardan 5 tasi katolik cherkovi tasarrufida. SHunga qaramasdan, oliy o‘quv yurtlarining uchdan bir qismi turli tuman muassasalar, assotsiyasalar, fondlar va cherkovlar tasarrufida bo;lib, davlatdan mustaqildirlar. Xususiy sektor tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan fransuz oliy o‘quv yurtlarining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 75 foiz oliy o‘quv yurtlari biznes va menejment bo‘yicha, yoki 45 foizi umuman savdoga oid mutaxassislar tayyorlaydilar. Xususiy sector tasarrufidagi injener-texnik xodimlar tayyorlovchi oliy o‘quv yurtlar 35 foizni tashkil etadi.
    Davlat tasarrufidagi bir orofilli oliy o‘quv yurtlari institut deb atalsa (masalan injenerlik sohasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlovchilar), xususiy sektordagi shunday oliy o‘quv yurtlari “Masshtab” deb ataladi. Bunday xususiy “Masshtab” lar davlat institutlaridan talablar miqdorining kamligi bilan ajralib turadi. Aytaylik, injenerlik, boshqaruv va biznes sohalarda mutaxassis tayyorlovchi xususiy oliy o‘quv yurtlarida 600 va undan kam (ba’zan bir necha o‘nlab) talaba tahsil oladi.
    Xorijiy mamlakatlardagi bakalavr va talabalarni tayyorlashni boshqarish tajribasi

    Jahondagi ko‘plab mamlakatlarda oliy o‘quv yurtlari o‘rta umumiy ta’lim tizimidan keyingi, navbatdagi ta’lim bosqichi hisoblanadi. Oliy ta’lim maktablarining ko‘pchiligida o‘qish muddati 2yil yoki undan ko‘proq bo‘lib uch siklda yoki bosqichda amalga oshiriladi.

    Yüklə 145,25 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin