Stress va stressga chidamli hatti-harakatlar psixologiyasi


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 461,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix13.03.2023
ölçüsü461,49 Kb.
#87661
1   2   3   4   5   6
stress-va-stressga-chidamli-hatti-harakatlar-psixologiyasi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
66 
w
www.oriens.uz
January 
2022
 
va samarali tashkil etishda vaqtni to’g’ri taqsimlash, aniq ishlab chiqilgan
kunlik rejalar muhim ekanligi o’z tasdiqini topmoqda. 
Keyingi yuqori o’rinlarda talabalarda xavotirlanish hissining yuqoriligi 
aniqlanmoqda. Bu esa talabalardagi xavotirlanish hissini kamaytirish uchun 
ular bilan maxsus treninglar tashkil etish, motivlashtirish, psixoprofilaktik 
usullarni qo’llash kerakligini talab qiladi. 
Keyingi o’rinlarda talabalarning o’zlaridagi zararli odatlar va ular bilan
kurashish jarayonidagi qiyinchiliklar ko’rsatilmoqda.Bu o’rinda ularga zararli
odatlarning salbiy ta’sirlarni va ularning oqibatlarini ko’rsatib berish, zararli
odatlarga bo’lgan kurashda kishining ruhiy holati va psixokorreksion usullarni 
qo’llash muhimdir. Keltirib o’tilgan stressing salbiy ta’sirlari, aniqlangan
diagnostik tahlillar stress moyillikni prognoz qilish, psixodiagnostikasini
amalga oshirish va olingan natija va prognoz bo’yicha korrektsion va profilaktik 
ishlarni ishlab chiqish, amalga oshirish muhim ekanligini ta’kidlaydi. Uzoq muddat 
davom etuvchi ekstremal holatlar, distressning organizmga ta’sirlari natijasida 
o’zida antistress kayfiyatini olmagan insonlarda turli fiziologik tizimlarida salbiy
o’zgarishlarni, kasalliklarni chaqirishi o’z tasdig’ini topgan. Distressning salbiy 
oqibatlari: 
-yurak –qon tomir kasalliklari; 
-nerv tizimi kasalliklari; 
-hazm tizimidagi kasalliklar va b. 
Psixodiagnostik tahlil natijalari psixokorrektsion va psixoterapevtik ishlarni 
tashkil etish zaruratini yuzaga keltiradi, aks holatlarda jiddiy kasalliklarga duch 
kelish tabiiy. Bunday holatlarga tushishi mumkin bo’lgan shaxslar sonini bilish va
ular bilan profilaktikani ham tashkil etish muhim.
Stress psixologiyasi va psixofiziologiyasi ustida ko’p ilmiy izlanishlar olib 
borgan olim Y.V.Shcherbatyx o’zining ilmiy asarlarida shaxsning stresssga 
bo’lgan munosabatini, stress holatiga chidamliligini (labilligini), moyilligini, 
stress vaziyatida o’zini o’zi boshqara olish darajasini aniqlashning qator
usullarini keltirib o’tadi. Jumladan : 
-birxil stress omillaridan foydalanish, bu o’z navbatida shaxsda stress
jarayonining kechish tarzini va bu vaziyatga shaxsning chidamlilik darajasini 
prognoz qilish imkonini beradi; 
-labaratoriya sharoitida o’lchangan sinov stressorlaridan foydalanish 
( stimullar bilan ta’sirlashga asoslangan); 



Yüklə 461,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin