Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 1
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
64
w
www.oriens.uz
January
2022
Stressning kichik miqdori foydali ekanligi, bu shaxs faollanishi uchun muhim
turtki bo’lishi ilmiy tadqiqot natijalariga ko’ra tasdiqlangan. Bunday stress
inson uchun foydali stresslar –
eustress deb
nomlanadi, . Zero, ko’p miqdordagi,
ta’siri kuchli , uzoq vaqt davom etuvchi omillar insonda
distress holatini
yuzaga
keltiradi. Distress holati esa insonning psixik va tibbiy salomatligiga salbiy ta’sir
qiladi, shaxs faoliyatida sezilarli o’zgarishlarni vujudga keltiradi.Xususan, yuzaga
kelgan distress holati o’zining bir qancha alomatlari bilan namoyon bo’ladi. Zero,
shaxsning intelektual faoliyatida bir qancha o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Bu
holatda: diqqat jamlanishining qiyinlashuvi, e’tiborni
muhim narsaga jalb qila
olmaslik, fikrlar tarqoqligi va bu esa o’z navbatida qaror qabul qilishning
qiyinlashuviga , natijada ish ko’lamiga, shaxs faoliyati unumdorligining keskin
pastlashuviga sabab bo’ladi. Bundan tashqari distress
holati xotira jarayonlariga
ham o’zining salbiy ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi, natijada esda saqlash ,
saqlangan ma’lumotni qayta esga tushirishning qiyinlashuviga olib keladi.
Distress holati insonning psixik muvozanatini
buzibgina qolmasdan uning
tibbiy ta’sirlari fiziologik tizimlarda ham sezilarli alomatlari bilan namoyon
bo’ladi.Stress vaziyatida organizmning yurak-qon tomir, nerv, hazm, nafas,
endokrin kabi tizimlarida bir qancha o’zgarishlar kuzatiladi. Bu holat:
-qon bosimining
ortib ketishi-gipertoniya;
-yurak urishining tezlashuvi- taxikardiya;
-hazm
traktidagi
o’zgarishlar:ishtaxasizlik-anoreksiya,
oshqozon-ichak
sekretsiyasining buzulishi;
-nafas harakatlaridagi o’zgarishlar;
-asabiy odatlar (qo’llar titrashi,
qaltirash, ko’z, qovoqlar uchishi, barmoqlarni
qirsillatish);