Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 1
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
63
w
www.oriens.uz
January
2022
etish masalasini ko’ndalang qo’ymoqda. Inson hayotida yuzga keluvchi
psixoemotsional holatlar ichida stressing o’rni o’zgachadir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
XXI аsrda psixolog va shifokorlarining fikricha, chegara buzilishlari deb
ataydigan kasalliklarning sonini ko’payishi kuzatilmoqda. Ko’plab insonlar
boshidan kechirayotgan doimiy stressga, oilaviy, ishhonadagi muammolar,
shuningdek, hayotning iqtisodiy muammolari bilan ham bog’liqligini taxmin
qilish mumkin. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan bu stress omillari mikroijtimoiy
stressorlar asosida rivojlanib kelmoqda.
Stress -so’zi inglizcha so’zdan kelib chiqib - “zoriqish”, “keskinlik”, “bosim”
-maʼnolarni bildiradi. Stress tushunchasini birinchi bo’lib Kanadalik fiziolog Gans
Selye fanga olib kirgan.(1936). U stressing shaxs faoliyatiga ijobiy va salbiy
ta’sirlarini va stress vaziyatida moslashuv-(adaptatsiya) jarayonlarini tadqiq etgan.
G.Selye stressga sabab bo’luvchi omillarni - stressorlar nomi ostida birlashtirgan.
Stress bu kishining turli stressorlar ta’siri natijasida haddan tashqari zo’riqish
holatidir. Ushbu stressorlar turli xil fiziologik ( jismoniy zo’riqish, og’riq, turli
patalogik jarayonlar, fiziologik buzilishlar) va psixik ( hissiy zarbalar, bezovtalik,
ziddiyatlar, qo’rquv) stressorlar bo’lishi mumkin. XX asrning ikkinchi yarmiga
kelib emotsional holatlarning psixologik, fiziologik, tibbiy ta’sirlarini o’rganish
amalga oshirila boshlandi. Jumladan stress holatining psixologik jihatlarini
o’rganish ko’plab tadqiqotchilarning diqqat markazida bo’ldi. Bu boradaV.Yu.
Shcherbatyx, A.O.Proxorov, B.G.Ananev, K.K.Plantov, F.Y.Vasilyuk kabi
olimlar stressning psixologik jihatlarini tadqiq etganlar.
Dostları ilə paylaş: