Strreplsh I mavzu: Investitsiya funksiyasi va omillari


Investitsiya funksiyalari va omillaridan foydalanish asosida iqtisodiyotni rivojlanishini jadallashtirish istiqbollari



Yüklə 63,36 Kb.
səhifə8/13
tarix23.06.2023
ölçüsü63,36 Kb.
#134622
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
inestitisiya

4. Investitsiya funksiyalari va omillaridan foydalanish asosida iqtisodiyotni rivojlanishini jadallashtirish istiqbollari.
Investitsiyalarning yana bir muhim ahamiyati shundaki, ular har qanday mamlakatning yaqin va uzoq kelajakda rivojlanish istiqbollarini belgilab beradi Mamlakat miqyosida investitsion faoliyatni boshqarish kapital kiritishning eng samarali shaklini tadbiq etishga yo’nalgan bo’ladi. Bundan kelib chiqqan holda invetitsiyalarni boshqarish bir nechta bosqichlarni o’z ichiga oladi.
Investitsiyalarni boshqarishning birinchi bosqichi – bu mamlakat investitsion iqlimini tahlil qilish. U quyidagi prognozlarni o’z ichiga oladi:
1. Yalpi ichki mahsulot, milliy daromad va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi dinamikasi
2. Milliy daromadning taqsimlanish dinamikasi
3. Xususiylashtirish jarayonlarining rivojlanishi
4. Investitsion faoliyatni davlat tomonidan nazorat qilinishi
5. Investitsiya bozorlari rivojlanishi.

Ikkinchi bosqich – iqtisodiy va moliyaviy rivojlanish strategiyasini hisobga olgan holda korxona investitsion faoliyatining konkret yo’nalishini tanlash. Bu bosqichda korxona o’z investitsion faoliyatining tarmoq yo’nalishini hamda faoliyatning turli bosqichlaridagi investitsiyalar shaklini aniqlaydi. Buning uchun iqtisodiyotning turli tarmoqlari investitsion jozibadorligi (konyukturasi, dinamikasi va bu tarmoq mahsulotlariga bo’lgan talab ustuvorligi) hamda mintaqa jozibadorligi (joylashgan o’rni, transport tarmog’ining rivojlanganligi, ijtimoiy sharoitlar tavsifi, tadbirkorlik infrastrukturasi rivoji, tabiiy-iqlin sharoitlari va h.k) o’rganib chiqiladi.


Uchinchi bosqich – investitsiyalashning aniq obektlarini tanlash. Bu investitsion bozor taklifi tahlilidan boshlanadi.
To’rtinchi bosqich – investitsiyalar likvidligini aniqlash. Investitsion faoliyatni amalga oshirish jarayonida ishlab chiqarish korxonalari alohida obektlarini investitsiyalashda investitsion iqlimning o’zgarishi natijasida kutilayotgan daromad pasayishi mumkinligini inobatga olishlari kerak. Shu sababli bu o’zgarishlarning barchasini sinchkovlik bilan kuzatib borish va o’z vaqtida bu investitsion loyihadan chiqish hamda kapitalni reinvestitsiya qilish qarorini qabul qilish zarur. Bunday vaziyat sodir bo’lishi ehtimolligini hisobga olgan holda har bir obekt uchun eng avvalo investitsiyalar likvidlik darajasini baholash va ularning ichidan eng katta likvidlik darajasiga ega bo’lganini tanlash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Beshinchi bosqich – investitsion resurslarning zaruriy hajmi va ularni shakllantirish manbaalarini aniqlash. Bu bosqichda rejalashtirilgan yo’nalishda investitsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’ladigan investitsion resurslarga bo’lgan umumiy talab prognoz qilinadi.
Sanab o’tilgan tadbirlarni amalga oshirish natijasida korxona tomonidan amalga oshiriladigan investitsion loyihalar yig’indisini o’zida aks ettiruvchi investitsion portfel shakllanadi.
Invetitsion faoliyatni boshqarishning yakuniy bosqichi – bu investitsion risklarni boshqarishdir. Bu bosqichda, avvalo, korxona investitsion jarayonda to’qnash kelishi mumkin bo’lgan risklarni aniqlashi hamda ularni minimallashtirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqishi zarur.
Investitsionloyihalarniboshqarishmexanizmiloyihaniboshqarishtamoyillari, resurslarvarisklarniboshqarishnita’minlovchiuslublarvavositalar, boshqaruvningtashkiliytuzilmasivaalgoritmihamdasamaradorlikko’rsatkichinio’zichigaoladi.
Investitsion loyihani boshqarish murakkab vazifa hisoblanadi. Loyihani joriy etish uchun tuzilgan ishchi guruh funksional bo’limlarda yechiladiganlardan farqli yangi masalalarni yechadi.
Ishchi guruh va butun tashkilot o’rtasida uzviy aloqa mavjud bo’lib, loyihani joriy etish mavjud bo’limlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi hamda natija mavjud strukturaga integratsiya qilinishi kerak. Loyihani boshqarishda menejer quyidagi tamoyillarga amal qilishi lozim:
- selektiv tanlash tamoyili – ustuvor yo’nalishlar, innovatsion firmalar ko’magi va novatorlarni tanlashda o’z aksini topadi;
- maqsadli yondashuv. Innovatsiyalar yaratishga talab va ularni joriy etish imkoniyatlari o’rtasida o’ranatilgan aloqalarni nazarda tutadi. Bunda aniq loyihalarning yakuniy maqsadlari talablarga, oraliq maqsadlar esa bu loyihalarning yakuniy maqsadlariga yo’naltiriladi;
- loyihani boshqarish siklining bir butunligi tamoyili;
- innovatsion va loyihani boshqarish jarayonlariningning bosqichliligi tamoyili;
- innovatsion jarayonlarning ierarxiklik tamoyili (faoliyatning barcha bosqichlari bir-biri bilan muvofiqlashtiriladi);
- boshqaruv qarorlarini qabul qilishning ko’p variantliligi tamoyili;
- tizimlilik tamoyili (loyihani tashkil qilish uchun zaruriy yalpi chora- tadbirlar – tashkiliy, ma’muriy va boshqalar ishlab chiqiladi);
- ta’minlanganlik yoki muvozanatlilik tamoyili (barcha chora-tadbirlar zaruriy resurslar bilan ta’minlangan bo’lishi shart);

Investitsion loyihalarni boshqarish quyidagi algoritm asosida amalga oshiriladi:


- investitsion loyihaning tarkibi va hajmi (bajarilishi kerak bo’lgan ishlar va ularga qoyiladigan talablarni aniqlab beradi);
- ishlar strukturasi (investitsion loyihaning muddati va resurslarga bo’lgan talabini aniqlab beradi);
- investitsion loyiha sifati (maqsadga erishish qiymatini aniqlab beradi)
– investitsion loyiha riski ( tasidiqlangan muddat va budjet chegarasida maqsadga erishish imkoniyatlarini tavsiflaydi);

- investitsion loyiha qiymati (zarur hajmlar va moliyalashtirish manbaalarini aniqlab beradi. Bunda risklarni boshqarish uchun rezerv ham o’z ifodasini topishi kerak);


- investitsion loyiha kommunikatsiyasi ( bu boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun axborotlarni o’z vaqtida yetkazib berishni ta’minlab beradi).
Investitsion loyihalarni boshqarishning barcha bosqichlarida loyiha rahbari va loyihalarni boshqarish bo’limi tomonidan ularni joriy etish monitoringi olib boriladi.
Tashkili tuzilmaq uyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: ishlar kuratori, ishlarni ijr oetuvchilardan tashkil topganb oshqaruv komandasi (ishchi guruh, loyihalashtirish bo’limi) va loyihalarni boshqarish bo’limi, loyiha kuratori, boshqaruv kengashini o’z ichiga oluvchi boshqaruv tuzilmasi.
Qaysi korxonani olmaylik unda korxonani tashkil qilish bosqichida asosiy va aylanma mablag’larni shakllantirish, mavjud moddiy-texnik bazani yangilash, ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi faoliyat turlarini o’zlashtirish, turli xarakterdagi foydali investitsiyalarni kiritish orqali korxona daromad larine oshirish kabilar bilan bog’liq bo’lgan investitsion faoliyat yuritish majburiyati bilan qarshilashadi.
Investitsion qarorlarni qabul qilish moliyaviy resurslarning cheklanganligi, invetitsiyalarning taklif qilinayotgan ko’rinishi va qiymati; har bir investitsiyaning variantlari xilma-xilligi; qaror qabul qilishda vujudga keladigan risklar; investitsiya obektlarining turli xildagi investitsion sifatlari; korxona kapitalining o’ziga xos xususiyatlari va faoliyatning ichki shartlari; korxona faoliyatining tashqis hartlari, bular qatorida bozor konyukturasi, mamlakat iqtisodiy holati va qonunchilik bazasi, siyosiy vaziyat kabi omillarni batafsil ko’ribchiqish bilan uzviy bog’liq bo’ladi.
Yuqorida sanab o’tilgan ko’plab jihatlarni hisobga olgan holda taklif qilinayotgan investitsiyalar hajmi va bo’lg’usi daromadni baholash va taqqoslash investitsion qarorlarni qabul qilishda asos bo’lib xizmat qiladi. Korxona investitsion faoliyatni olib borar ekan, u kiritilgan investitsiyalarning davomiy daromad keltirib turishini maqsad qiladi. Bu esa korxona investitsion portfelini shakllantirish va optimallashtirish yuzasidan investitsion tahlil qilish majburiyatini vujudga keltiradi.

Yüklə 63,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin