Strreplsh I mavzu: Investitsiya funksiyasi va omillari



Yüklə 63,36 Kb.
səhifə10/13
tarix23.06.2023
ölçüsü63,36 Kb.
#134622
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
inestitisiya

Daromadlilik indeksi. Sof daromad va sof joriy daromadlarni hisoblashda foydalaniladigan dastlabki investitsiya xarajatlari yana bir yordamchi ko’rsatkich – daromadlilik indeksini tuzishda ham ishlatiladi. Bu ko’rsatkich loyiha xarajatlariga nisbatan qaytimni ifodalaydi. Ko’zda tutilgan xarajatlar tarkibiga qarab investitsiyalar daromadlilik indeksi yoki xarajatlar daromadlilik indeksini tuzish mumkin. O’z navbatida, ularning har birini ikki xil ko’rinishda: real va diskontlangan pul oqimi boyicha tasvirlash mumkin.
Muvofiq ko’rsatkichlarning bir-biridan farqlanashi muqarrar hol. Shu sababdan, loyiha samaradorligini daromadlilik indeksi vositasida tavsiflaganda, albatta, u qaysi metod boyicha baholanganini ta’kidlab o’tish lozim. Bu ko’rsatkichlar turli loyihalar boyicha qiyoslanishi esa bir xil uslubdan foydalanishga olib keladi.
Samaradorlikni baholashning konsepsual sxemasi
Investitsion loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish jarayonida asosan loyihada investorlar sifatida qatnashuvchi qator subektlar ishtirok etadilar. Investitsion jarayonda turli qatnashuvchilarning iqtisodiy manfaatlari, ayniqsa, ularning shakllanish manbaalari o’zaro mos tushmaydi.shu sababdan bu guruhlarning har biri uchun loyihani baholash zarurati tug’uladi. Shuni yana bir bor ta’kidlash lozimki, ko’rsatkichlar tizimi, ularni hisoblash algoritmi barcha holatlarda ham bir xil amalga oshiriladi. Farqlar mos keluvchi real pul mablag’lari va samaradorlikni aniblab beruvchi ma’lumotlar bazasidan iborat bo’ladi. Samaradorlikning ikki turi va ularga mos keluvchi ko’rsatkichlarni ajratib olish asosida loyiha samaradorligini baholashning ikki bosqichda amalga oshirilishi tavsiya etiladi. Birinchi bosqichda to’laligicha loyiha samaradorligi aniqlanadi. Agarda u samarali bo’lib chiqsa unda ikkinchi bosqich – loyihada ishtirok etish samaradorligini baholash bosqichiga o’tiladi.
Birinchi bosqichning vazifasi loyiha o’z mablag’lari hisobidan moliyalashtirila olish va kredit jalb qilmaslik taklifidan kelib chiqqan holda to’laligicha samaradorlikni aniqlashdir (ko’p hollarda bu taklif samaradorlikxarakteristikasini pasayishiga olib keladi).
Bu yondashuvloyihada belgilan texnik-texnologik va tashkiliy yechimlar kabilarda o’z aksini topuvchi loyiha samaradorligini tasavvur qilishga imkon beradi. Loyihaning bunday tavsifi uning taqdimoti va loyihani joriy etishda ishtirok etuvchi potensial investorlarni jalb etish uchun zarurdir. Globallashish kuchayishi tufayli butun dunyo bо‘ylab qisqa muddatlarda kapital, ishlab chiqarish, tovarlar, intellektual salohiyat, mehnat resurslari, axborotlar va boshqalarning kо‘chish jarayoni jadallashadi. Shuning uchun ham, milliy iqtisod sohiblari о‘z investitsiya siyosatini yuritishda bu vaziyatlarni hisobga olishi zarur bо‘ladi.
Globallashish ishlab chiqarishning kо‘chishiga va uning oqibatida yо‘ldan chiqqan ishlab chiqarish natijasida mahalliy darajada yuzaga kelgan murakkab iqtisodiy vaziyatlarning (ishsizlik, byudjetga soliq tushumlarining kamayishi) oldini olishga oz bо‘lsada imkon yaratishi mumkin. Oxir oqibat, globallashish moliya operatsiyalarining erkinlashuviga, xalqaro mehnat taqsimotiga, millatlararo korporatsiyalarning paydo bо‘lishiga, xalqaro raqobatning kuchayishiga olib keladi. Va nihoyat shuni ta’kidlashimiz lozimki, globallashish va jahon bо‘yicha investitsiyalarning о‘sish tendensiyalari sharoitlarida raqobat sohasidagi siyosatni yolg‘iz milliy iqtisodiyot doirasida samarali olib borib bо‘lmaydi.
Barcha hollarda ham kafolatlangan markazlashgan kapital eksportyorlarga ishlab chiqarish faoliyatlarini boshqarishda samarali qatnashish imkoniyatlarini yaratadi. Ular о‘z egasiga mamlakat chegaralaridan tashqarida investitsiyalar kiritgan firmalar va korxonalar ustidan nazorat о‘rnatishni ta’minlaydi, monopoliyalarga qо‘yilgan tо‘siqlarni bartaraf etish, о‘z mahsuloti eksportini kengaytirish, xom ashyo va energiya manbalari ustidan nazorat о‘rnatish, ancha arzon ishchi kuchlaridan foydalanish imkoniyatlarini beradi.
Quyida mamlakatimizda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning o’zgarish dinamikasini ko’rishimiz mumkin.



O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy soha va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 2020 yilda 202 trln. so`m (dollar ekvivalentida 19,2 mlrd. AQSH dollari) yoki 2019- yilga nisbatan 103 foiz asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 2000- yilga nisbatan 271 martta, 2010- yilga nisbatan 12.2martta, 2015- yilga nisbatan 4,5 martta, 2017- yilga nisbatan 2,7 marta va 2019- yilga nisbatan 1,03 foizga ko‘paydi.Shu o’rinda shu e’tiborni tortadiki o’tgan 2019-yilda investitsiyalarning o’zgarish dinamikasi pasayganini ko’rishimiz mumkin. Bunga sabab pandemiya tufayli investorlarning oqimi susayganligini asos qilib ko’rsatishimiz mumkin.



Yüklə 63,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin