Struktur va obrazlararo tahlili


August 2022  VOLUME 1 ISSUE



Yüklə 32,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix25.12.2023
ölçüsü32,07 Kb.
#194456
1   2   3   4
60-63

August
2022 
VOLUME 1 ISSUE 
4


https://academicsresearch.com/index.php/AR/index
 
62 
Uchinchi chiziqda esa to’y harakatlari, bo’layotgan voqealarga atrofdagilar 
munosabati izohlangan. To’rtinchi chiziq- xulosa. Ushbu to’rt chiziq syujetni 
personajlar hikoyasi bilan emas, ijodkorning so‘zlari orqali yaxlit qoliplanganini 
ko‘rish mumkin. 
Asar Sharofatxon obrazida o‘z taqdir yo’lini o‘zi tanlay olmagan 
“qimmatbaho sovg’a”, adolatsizlik va haq-huquqsizlik qurboni sifatidagi yosh 
qizlarni umumlashtirgan. Vaholanki, o‘sha davrdagidek adolatsizliklar tufayli 
qanchadan qancha “Sharofatxon”lar qurbon bo‘ldi, ne-ne lolalar qor tagida qoldi;
Eshon- qarib qo’yilmagan, ser”zikr”, nafs quli qiyofasidagi obraz hisoblanib, 
bu ham individuallashtirilgan umumlashmadir. Uning asli qanday “din peshvosi” 
ekanini Cho‘lpon quyidagi so‘zlar orqali ochiq-oydin tasvirlagan:
Bir kun eshonnikida katta va qizg’in bir zikr bo‘ldi. Zikrga boshqa 
shaharlardan ham o‘tli-nafas bilan o‘qiyturg‘on hofizlar keldilar. Erta bilan 
bamdoddan so‘ng boshlang‘on “zikr” xuftong‘a yaqin zo‘rg‘a tugadi. Bir necha 
kishi o‘zidan ketib, u yer-bu yerda yumalanib qoldilar. Yong‘on so‘filardan bir-
ikkitasi “jazava”ning ortig‘lig‘idan borib o‘zlarni hovuzg’a tashladilar[1,289]. 
Samandar- yaxshi ko‘rinish, oson nom chiqarish, hammaga gapi o’tadigan 
“erkak”ligini isbotlash uchun yaqinlarini qurbon qilar darajadagi kaltafahmlar 
portretida bo‘lsa, uning ayoli Qumribush- fikri hech yerda ahamiyat kasb 
etmaydigan biqiq jamiyatning, ayollarini ifodalagan.
“Qor qo‘ynida lola” hikoyasining sarlavhasi, asar so‘ngida Mamat qorovul 
tilidan achinish-u alam kabi yurakni ezib tashlaydigan satrlar orqali bayon etiladi. 
Vaholanki, qorda qolgan lolalar kam emas edi. 
Shu choq bir burchakda ko‘cha poylab yotg‘on Mamat qorovul 
yig‘lag‘onday 
qilib xushtagini chalib
oldi-da: 
-
Nimasini aytasiz, yigitlar, 
dunyo o‘zi shunday teskari dunyo 
ekan... Lolaning ustiga qor yog‘di!..
- dedi[1,291] 
Umuman olganda Cho‘lponning so‘zga ustaligi kosa tagidagi nimkosalarni 
jamiyatga yetkazish uchun qilgan sa‘y- harakatlari bir hikoya timsolida ko‘ra bildik. 


||ACADEMIC RESEARCH JOURNAL 

Yüklə 32,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin