Struktur va obrazlararo tahlili


August 2022  VOLUME 1 ISSUE



Yüklə 32,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix25.12.2023
ölçüsü32,07 Kb.
#194456
1   2   3   4
60-63

August
2022 
VOLUME 1 ISSUE 
4


https://academicsresearch.com/index.php/AR/index
 
61 
vaqtda, jamiyat ayol-qizlar besabab ostona xatlamagan). Asarda syujetlar ketma-
ketligi o’quvchini o‘sha zamon insoniga aylantirib boradi, qahramonlar so‘zini 
bevosita tinglashga, mushohada va muhokama qilishga undaydi. Hikoya boshi 
o‘yin manzarasi bilan boshlansa-da, to‘pning suvga daf‘atan tushib ketishi bilan 
hikoya leytmotivi maxzunlikni inson ruhiyatiga asar so‘ngiga qadar singdirib boradi. 
Yuqorida ta‘kidlaganimdek, asar o‘quvchiga kommunikativ ruh olib kiradi: 
qahramonlar bilan birga nafas olib, ularning so‘zlariga jim quloq soladi kishi. Bu 
o‘rinda filologiya fanlari doktori Bahor To‘rayevaning fikri salmoqlidir: “Halqali 
zamon yaxlitligi, uzluksizligi, bog‘langanligi, o’lchamli tartiblangani bilan muayyan 
mundarija va mohiyatda turkumli va to‘g‘ri chiziqli tipning o‘ziga xos “qorishmasi” 
dir. Garchi zamon koordinatasida o‘tgan, hozirgi va kelasi zamonlar badiiy 
zamonning klassik shakllari maqomlarida real mavjud bo‘lsa-da, garchi ular bir-
birini o’zaro sabab-oqibat tarzida taqozo qilib, botinan uzviy yaxlitlikni, mushtarak 
zanjirni, ya‘ni zamonning tugal tizimini tashkil etsa-da, zamon o‘z tabiiy 
qonuniyatiga ko‘ra, ibtido-yu intiho nuqtalarining tutash nuqtasidan iborat[2,51]. 
Syujet chiziqlariga e‘tibor qaratadigan bo‘lsak, birinchi qism yosh qizlarning 
beg’ubor o’yini bilan boshlanib, hikoyaning so‘ngida ro‘y beradigan tragik voqea 
shum xabaridan kelgan darak bilan yakunlanadi: 
-
O‘la qolsun, Tilla, menga kuyov emas, Sharofatxonga sovchi 
kelibdur! – dedi. Qizlar bir-birlariga qarashib oldilar. Sharofatxon qip-qizil 
qizarib, turg‘on yerida qotib qolg‘on edi[1] 
Ikkinchi chiziq, Sharofatxonning otasi Samandar aka va uning ayoli 
Qumribushlarning ichki kechinmalarini va Sharofatxon taqdiri uchun mudhish 
evrilishni o‘z ichiga qamrab oladi: 
Samandarboy bir yosh qizini, bir eshonni boyagi nazr-niyozni masalasini eng 
so‘ng kimsan hazrat eshonning kuyovliklarini o‘ylab turdi-da: 
-
“Bitta qizimiz bo‘lsa, hazrat eshonimizg‘a tutdik, sadag‘alari ketsun!” 
degil! – dedi. 
-
Qumribush kutilmagan bu gapdan oqardi, ko‘kardi, suvratdek qotib 
devorga suyalib qoldi... 


||ACADEMIC RESEARCH JOURNAL 

Yüklə 32,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin