Strukturali programmalash. Kichik xajimdagi
programmalarni ishlab chiqarish usullari. Katta
xajimdagi programma loyihalarni tadbiq qilish
yo`llari
Reja:
1. Kichik xajimdagi programmalarni ishlab chiqarish usullari.
2. Katta xajimdagi programma loyixalarini tadbiq qilish yo`llari.
3. Programmalar strategiyasi: Yuqoridan pastga jarayon.
Programmam tuzishninig eng asosiy usullaridan bir bu strukturaliy programma
tuzishdir. Bu usulda programma tuzish uchun uchta kism mavjud:
1. Yuqoridan pastga programma tuzish.
2. Modul programmalashtirish.
3. Strukturali kodlash.
Yuqoridan pastga programma tuzishda programmaning yuqori qismdan
boshlanadi. Programmaning asosiy kismi tuzilib, quyi kismidagi modullar esa
vaqtinchalik fakt nomlari bilan atalgan proseduralar bilan almashtiriladi.
Programmani asosiy moduli tuzilib, testidan utkazilgandan so`ng ketma-ket
vaqtincha yezilga modullarni yozish bilan programma tuzish davom ettiriladi.
Modul prolgrammalashtirishda programmani logik kisimlariga bo`linadi. Bu
modullar programmada protseduralar va funksiyalar orkali amalga oshiriladi.
Strukturali kodlash deganda xarbir modulni gorizantal va vertikal qatorlarda
to`g`ri nomlanishiga aytiladi. Bu usul yordamida modullardan tuzilgan
programmalar ishlaydigan testidan o`tkazishi qulay mdifikatsiya qilish uchun
qulay programmalar yaratish mumkun.
Programma tuzatishning texnologik jarayoni.
Programma tuzish quyidagi etaplardan amalga oshiriladi:
-Vazifaniqo`yilishi. Bu etabda programmist buyurtmachi yordamida yechilishi
kerak bo`lgan vazifani kuyadi. Texnik topshirik tuziladi.
Bunda programmaning asosiy xarakteristikalari, muddatlar va ma`sul shaxslar
aniqlanadi.
-Algaritimni tuzish. Programmist vazifani taxlil qilibkerakli bo`lgan algaritmni
tanlaydi. Tanlangan algaritm tulik taxlil kilinadi va uning blok-sxemasi chiziladi.
-Programmalashtirish etapi. Dastur yaratish tili tanlanadi.
Programma qabul qilingan algaritimda tuziladi.
-Programmani tuzatish etapi.
-Programmani testidan o`tkazish etapi.
Odatda dasturni testdan o`tkazishda etaplarga bo`lib urganila-
di. Bunda xar bir modulni tekshirishdan tortib, to butun sistemani yakuniy
tekshirishlar kabi etaplarni oladi. Agar bunda biron bir ishonchli ketma -
ketlikka yendashilmasa, ishonchli taominlovchi dastur olish juda qiyindir.
Testlash strategiyasi ikkita usuldan birortasiga asosan bajariladi: odatiy quyidan -
yuqoriga qarab testlash, yeki zamonaviy yuqoridan - pastga qarab testlash.
Quyidan - yuqoriga qarab testlash.
Bu usul keng tarkalgan usul bo`lib, unda eng kuyu pog`onadagi
boshlangich yozilgan modullar tekshiriladi. So`ngra yuqori qatlamdagi elementlar
dasturlanadi va testlanadi. Bu jarayon to yozilgan dastur butunlay
yakunlanmaguncha davom etadi. Quyidan - yuqoriga qarab testlash usuli xozirgi
vaqtda yuqoridan - pastga qarab testlovchi va dasturlovchilvr tomonidan
kulanmayapti. Ularni fikricha bu usulda interfeys va algoritmdagi ko`pgina
xatolar aniqlanmay kolib ketmokda. Bu esa dasturni kayta-kayta o`zgartirishdan
so`ng buzishga olib keladi.
Ikkinchi kamchiligi esa: xar xil pog`onadagi elementlarni tes-
tdan o`tkazishda yangidan yangi testlovchi moslamalarni,drayverlarni va
testlovchi maolumotlarni talab qilmoqda. Bu esa o`z-o`zigadan dasturlashda katta
xajmda mexnat talab qiladi.
Yuqoridan pastga jarayoni.
Bu testlash usuli yuqoridan pastga qarab dasturlashni, yuqoridan pastga
qarab kodlashni qo`shimcha etapi xisoblanadi.Bu usulda oldin asosiy dastur
yeziladi va so`ngra past pog`onadagi loyixalanmagan elementlar urin bosuvchi
dasturlar bilan almashtiriladi. Bunday skeletli dastur chaqiriluvchi dastur va xar
qanday malumotlar yukligida xam uz ishini davom ettiradi.Bu tekshirish
natijasida bazi xollarda bemani bo`lgan xatolar xam aniqlanadi.Keyingi kadam
modul kushilishidan iborat bo`lib,unda bu modullar kiruvchi modullarni
ko`paytiruvchi bo`lishi xam mumkin, - bu esa kiritish moduli,bazi bir yordamchi
modul (oxirgini dasturlash tugash dakikasiga qadar) bo`lishi mumkin.Bu
tekshirishdan so`ng sinash oddiy bir sodda kiruvchi malumotlar bilan o`tkazish
mumkin.
Adabiyotlar:
1.Van Tassel D. Stilg`, razrabotka, effektivnostg`, otladka i ispqtaniye programm.
M., Mir, 1991.
2. Linger R.,Teoriya i praktika strukturnogo programmirovaniya M.,Mir,1985.
3.V.V. Lipayev. “Proyektirovaniye programmnqx sredstv”, M.:”VSH”, 1991.
4. Foks Dj. “Programmnoye obespecheniye i yego razrabotka”. Per. s angl. M.:
Mir, 1985.
5. S.S. Gulomov. “Iktisodiy informatika”. Toshkent 1999 y.
6. www.ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |