Sug`orish turlari va noo`suv davridagi sug`orishlar



Yüklə 141,81 Kb.
səhifə1/5
tarix28.04.2023
ölçüsü141,81 Kb.
#103979
  1   2   3   4   5
SugʻorishTurlari19raqam

SUG`ORISH TURLARI VA NOO`SUV DAVRIDAGI SUG`ORISHLAR

Reja

  • Sug`orish turlari.
  • Noo`suv davridagi sug`orishlar
  • Shudgordan oldin sug`orish
  • Sho`r yuvish va nam to`plash maqsadida sug`orish
  • Ekishdan oldin sug`orish
  • Chigit suvi berish
  • Sovuq urishga qarshi sug`orish.

Sug’orish

Sug`orish – bu suvning oqim shaklini tuproq namligi shakliga aylantirish texnologik jaryoni bo`lib, tuproq tabiiy manbalar hisobiga yetarlicha namiqmaydigan sharoitlarda qishloq xo`jalik ekinlaridan yuqori va barqaror hosil olish maqsadida qo`llaniladi. Sug`orish tuproqning suv, oziq, havo, issiqlik, tuz rejimlarini va unda kechadigan mikrobiologik jarayonlarni boshqarishda imkon beradi. Qirg`oqchil mintaqalarda qishloq xo`jaligini jadallashtirish asosi hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda meliorativ va tashkiliy xo`jalik sharoitlardan kelib chiqqanl holda qo`yidagi sug`orish turlari qo`llaniladi.

namiqtiruvchi,

namiqlantiruvchi sho`r yuvish

va maxsus sug`orishlar.

Namiqtiruvchi sug`orishlar tuproqda va atmosferaning yerga yaqin qatlamida o`simliklarni o`sib rivojlanishi uchun tuproqning qulay suv rejimini ta‘minlash maqsadida qo`llaniladi. Namiqtiruvchi sho`r yuvish sug`orishlar esa sho`rlangan yerlar qulay tuz rejimini ta‘minlashda qo`llaniladi. Maxsus sug`orishlarda nam to`plash maqsadida, shudgordan oldin va ekishdan oldin sug`orishlar, urug` suvi berish, o`g`itlash, sovuq urishga qarshi va provakitsion sug`orishlar.

Sug`orish tuprlari har xil bo`lishiga qaramay, ular tuproq, o`simlik va atrof –muhitga kompleks ta‘sir etadi.

Sug`oriladigan dehqonchilik amaliyotida muntazam va nomuntazam sug`orishlar qo`llaniladi. O`zbekistonda deyarli barcha ekinlar muntazam sug`orish sharoitida yetishtiriladi. Bunda nam to`plash maqsadida sug`orishlardan tashqari ekinlar o`suvi davrida o`simlikning suv iste‘mol qilish dinamikasi xususiyatlarini hisobga olgan holda doimiy ravishda sug`orib turiladi.


Yüklə 141,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin