Tuproqqa bahorda bir qancha marta ishlov berilganda, bahorgi issiq kelishi va shamollar ta‘sirida tuproqning yuqori qatlamida ekish davrigacha namlik keskin kamayib ketishi mumkin. Uning zahirasini oshirish maqsadida Qashqadaryo, Buxoro, urxondaryo viloyatlarida ekishdan oldin sug`orish o`tkaziladi.bunday sug`orish o`tkaziladi. Sug`orish me‘yorlari og`ir tuproqlarda 1500-1600 m3/ga, qumloq va yengil qumoq tuproqlarda 1000-1200m3/ga.Suvni bug`lanishga isrofgarchiligini kamaytirish uchun yer yetilishi bilan chizillanadi yoki kul‘tivatsiya qilinadi, barona bosiladi. V.T.Lev va V.Mirzayevlar (1973-1975) tomonidan Surxondaryo viloyatida olib borilgan tadqiqot natijalari ko`rsatadiki, ekishdan oldin. Sug`orish o`tkazilmagan tuproqning namligi chigit ekish arafasida ChDNS ga nisbatan 50-57 foiz bo`lgan va chigitni undirib olish uchun urug` suvi berilgan. Ekishdan oldin sug`orilgan tuproqning namligi esa 75,4-80,2 foizni tashkil etgan sug`orish ta‘sirida begona o`tlar urug`lari ertaroq unib chiqqan va dalani ekishdan oldin yopasiga ishlash orqali ular qirib tashlangan, ya‘ni ekishdan oldingi sug`orish provakatsion sug`orish vazifasini nam o`tagan.
Urug` (chigit) suvi berish.
Ekish davrida havo haroratining keskin ortib ketishi, shamollarning ko`chayishi, tuproqning bir necha marta ag`darib ishlanishi natijasida eng yuqorigi qatlamda namlik keskin kamayib ketishi mumkin, qaysiki bunday yerlarda qiyg`os kuchatlar olmaslikka, siyrak bo`lishiga olib keladi. Shu sababdan bunday sharoitlarda ekishdan so`ng chigit suvi beriladi. Buning uchun ekish bilan qator oralab 10-12 sm chuqurlikda egat olib ketiladi va shu egatlarga suvu beriladi. Yengil mexanik tuproqlarda 700-800 m3/ga, o`rtacha va og`ir mexanik tarkibli tuproqlarda 800-900 m3/ga me‘yorda juda ehtiyotkorlik bilan o`tkazilmog`i lozim. Tuproq yetilishi bilan qator oralari yumshatiladi, qatqaloq paydo bo`lsa rotatsion motigalar yordamida yumshatiladi.
Suvuq urishiga qarshi kurash.
Ertagi ekinlar ko`chati ekilgandan so`ng yoki mevali daraxtlar gullashi davrida keskin sovuq urishi hollari kuzatiladi. Sovuq urishi ta‘sirini kamaytirish uchun zudlik bilan sug`orish o`tkazilishi mumkin. Bunda, sug`orish tuproq haroratini va yerga yaqin qatlamdagi havo haroratini bir muncha oshiradi. Hozirgi vaqtda sug`orishning uch xil usuli - egatlab, yomg`irlatib va tuproq ostidan sug`orish usullari mavjud. Egatlab sug`orishda suv salfetkalar, naychalar sifonlar, qalqonchalar, quvurlar hamda PPA-165, PT-250 kabi mashinalar yordamida tarqaladi. Yomg`irlatib sug`orishda DDA-100, DShK-64, ―Voljanka‖ va boshqa xil agregatlar vositasida suv yomg`irla-tiladi. Yomg`ir ustidagi suv tuproqni, havoni, yer yuza qavatini namlaydi, shuningdek, o`simliklarning yer ustki qismlarini yuvadi. Tuproq ostidan sug`orilganda 40-50sm chuqurlikka joylashgan teshikli quvurlar orqali yerning haydov osti qatlamiga suv beriladi.