Sug`orish – bu suvning oqim shaklini tuproq namligi shakliga aylantirish texnologik jaryoni bo`lib, tuproq tabiiy manbalar hisobiga yetarlicha namiqmaydigan sharoitlarda qishloq xo`jalik ekinlaridan yuqori va barqaror hosil olish maqsadida qo`llaniladi. Sug`orish tuproqning suv, oziq, havo, issiqlik, tuz rejimlarini va unda kechadigan mikrobiologik jarayonlarni boshqarishda imkon beradi. Qirg`oqchil mintaqalarda qishloq xo`jaligini jadallashtirish asosi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda meliorativ va tashkiliy xo`jalik sharoitlardan kelib chiqqanl holda qo`yidagi sug`orish turlari qo`llaniladi.
namiqtiruvchi,
namiqlantiruvchi sho`r yuvish
va maxsus sug`orishlar.
Namiqtiruvchi sug`orishlar tuproqda va atmosferaning yerga yaqin qatlamida o`simliklarni o`sib rivojlanishi uchun tuproqning qulay suv rejimini ta‘minlash maqsadida qo`llaniladi. Namiqtiruvchi sho`r yuvish sug`orishlar esa sho`rlangan yerlar qulay tuz rejimini ta‘minlashda qo`llaniladi. Maxsus sug`orishlarda nam to`plash maqsadida, shudgordan oldin va ekishdan oldin sug`orishlar, urug` suvi berish, o`g`itlash, sovuq urishga qarshi va provakitsion sug`orishlar.
Sug`orish tuprlari har xil bo`lishiga qaramay, ular tuproq, o`simlik va atrof –muhitga kompleks ta‘sir etadi.
Sug`oriladigan dehqonchilik amaliyotida muntazam va nomuntazam sug`orishlar qo`llaniladi. O`zbekistonda deyarli barcha ekinlar muntazam sug`orish sharoitida yetishtiriladi. Bunda nam to`plash maqsadida sug`orishlardan tashqari ekinlar o`suvi davrida o`simlikning suv iste‘mol qilish dinamikasi xususiyatlarini hisobga olgan holda doimiy ravishda sug`orib turiladi.