Sug`orish turlari va noo`suv davridagi sug`orishlar



Yüklə 141,81 Kb.
səhifə4/5
tarix28.04.2023
ölçüsü141,81 Kb.
#103979
1   2   3   4   5
SugʻorishTurlari19raqam

Ilmiy tadqiqot muassasalarining tavsiyalariga ko`ra qumloq, yengil soz tarkibi kam sho`rlangan yerlarda tuproq 1-2 marta 1500-200 m3/ga me‘yorda, loy tuproqli kam sho`rlangan yerlar 2 marta 2500 m3/ga me‘yorda, og`ir loy tuproqli o`rtacha sho`rlangan tuproqlar 2-3 marta 3000-3500 m3/ga me‘yorda, og`ir mexanik tarkibli kuchli sho`rlangan yerlar 4 marta 4000 m3/ga umumiy me‘yorda yuviladi.

Tuproq sho`ri kuzgi shudgordan so`ng – kuz va erta qish oylarida yuvilsa yaxshi samara beradi. Xorazm va Qoraqalpog`istonda sho`r yuvishning qo`lay muddatlari 1-10 dekabr va qo`shimcha fevral oyidan 1-10 aprelgacha bo`lgan muddat hisoblanadi. Mirzachul va Markaziy Farg`onada 25-31 dekabrgacha, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryoda 15-20 yanvargacha bo`lgan muddat qulay hisoblanadi.

Sho`r yuvish cheklarining kattaligi: yaxshi suv o`tkazuvchan joylarda 0,05 -0,08 ga yaxshi tekislangan og`ir mexanik tartibli tarkibli tuproqlarda 0,20-0,25 ga va o`rtacha sharoitlarda 0,10-015 ga. Sho`r yuvishda cheklar 15-20 sm chuqurlikdan suv bilan bostiriladi.

Nam to`plash maqsadida sug`orish.

Janubiy iqlim zonasida va sizot suvlari chuqur joylashgan yerlarda qish va bahor oylarida yog`inning kam bo`lishi tuproqda kerakli darajada nam to`plamasligiga, bu esa ekishdan so`ng qiyg`osko`chatlar olmaslikka olib keladi. Shu sababdan bunday mintaqalarda fevral oyi va mart oyining boshlarida nam to`plash maqsadida sug`orishlar o`tkaziladi.Nam to`plash uchun sug`orish me‘yori (m) S.A.Rijov taklif etgan qo`yidagan ifoda yordamida hisoblanadi:

М = П-(Н+К O)

Bunda: P - tuproqning ChDNS, m3/ga, N-sug`orish arafasida tuproqning amaldagi nam zahirasi, m3/ga, K-yog`ingarchilik hisobiga to`planadigan suv miqdori koeffitsenti (0,5), O-sug`orishdan ekin ekkunga qadar tutadigan yog`in miqdori, m3/ga.

Nam to`plash maqsadida sug`orish me‘yorlari qo`yidagicha; yengil mexanik tarkibli tuproqlar 1000-1200; o`rtacha mexanik tarkibli tuproqlarda 1200-1500 m3/ga: og`ir mexanik tarkibli tuproqlarda 1800-2000 m3/ga.Bunday sug`orishlar bostirib yoki egatlar orqali o`tkaziladi.Sug`orish o`tkazilgan yerlar yetilishi bilan suvni bug`lashga sarfini kamaytirish maqsadida dalalarda yoppasiga sixli yoki diskli barona bosiladi.


Yüklə 141,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin