Sug’urta bozori haqida ma’lumotlarni to’plash va tahlil etish usullari



Yüklə 52,74 Kb.
səhifə4/6
tarix22.10.2023
ölçüsü52,74 Kb.
#159483
1   2   3   4   5   6
3 sugurta bozorining profesanal ishtirokchilari

3. Sug’urtalash va qayta sug’urtalash brokerlari
Sug’urta brokeri yoki makleri yuridik shaxs bo’lib, ular sug’urtalanuvchi uchun sug’urta kompaniyasini uning operatsiyalarini moliyaviy barqarorligi, sug’urta shartlarini sug’urtalanuvchi uchun qulayligi va boshqa omillardan kelib chiqib tanlashda maslahatchi rolini o’ynaydilar.
Sug’urta brokerini sug’urta agentidan asosiy farqi sug’urtalanuvchi uchun uning keyingi harakatlarini aniqlab berishdagi malakali mustaqil maslahatchi bo’lishi zarurligidadir.
O’zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi qonunini 7-moddasida sug’urta brokerlariga quyidagicha ta’rif berilgan: «Sug’urta qilidiruvchining nomidan va topshirig’iga binoan sug’urta shartnomasi tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs sug’urta brokeri hisoblanadi.
Sug’urta brokerining faoliyati sug’urta sohasidagi boshqa faoliyat turlari bilan qo’shib olib borilishi mumkin emas, qayta sug’urta brokerining faoliyati bundan mustasnodir».
Sug’urta bozorida faoliyat ko’rsatayotgan sug’urta kompaniyalarining operativ-moliyaviy faoliyati to’g’risida keng ma’lumotlarga ega bo’lib, ularni tartibga solib, taqqoslab va tahlil qilib, broker sug’urtalanuvchiga uning istagiga aynan ko’proq mos keluvchi sug’urta kompaniyasini tavsiya qiladi. Agar mazkur sug’urta kompaniyasi bilan shartnoma tuzilgudek bo’lsa, u holda sug’urta kompaniyasi broker mehnatiga komission asosda (sug’urta summasidan foizda) haq to’laydi. Chet el amaliyotida brokerning komission rag’bati brokeredj deb ataladi.
Sug’urta hodisasi ro’y berganda broker sug’urtalanuvchining maslahatchisi sifatida sug’urta summasi yoki sug’urta qoplamasini olishga yordam beradi.
Qayta sug’urtalash brokeri - o’z nomidan va sug’urtalovchining topshirig’i bo’yicha qayta sug’urtalash shartnomasini tuzish va bajarishni tashkil etish faoliyatini amalga oshiradigan, qayta sug’urtalash shartnomasi bo’yicha sug’urtalanuvchi sifatida ish ko’radigan yuridik shaxs.
Sug’urtalash va qayta sug’urtalash brokerlari sug’urtalovchilarning ustav kapitallarida qatnashishga haqli emas.
Sug’urtalash va qayta sug’urtalash brokerlari quyidagi huquqlarga ega:
· o’z vakolatlari doirasida sug’urtalash (qayta sug’urtalash) ning har qanday turi bo’yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
· sug’urtalovchidan litsenziya mavjudligi, ustav fondi miqdorlari, sug’urta zaxiralari va qabul qilingan majburiyatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni, shuningdek uning to’lovga qodirligi va moliyaviy barqarorligining boshqa ko’rsatkichlarini olish;
· ekspert va maslahat xizmatlari ko’rsatish;
· qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan boshqa huquqlar.
Sug’urtalash va qayta sug’urtalash brokerlari quyidagilarga majbur hisoblanadi:
· sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;
· mijozlarning so’rovlari bo’yicha sug’urta shartnomasi tuzish va bajarish bo’yicha to’liq, ishonchli va xolisona axborotni taqdim etish;
· mijozning tijorat siri va boshqa sirini tashkil etadigan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik;
· sug’urta bitimlari va operatsiyalarini tuzishda mustaqillik va betaraflikka rioya qilish;
· qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan boshqa majburiyatlarni bajarish.
Sug’urtalash (qayta sug’urtalash) brokeri o’zi bilan sug’urtalanuvchi o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar ko’rsatadi. Sug’urtalash (qayta sug’urtalash) brokerlari xizmatlariga haq to’lash vositachilik taqdirlash puli shaklida amalga oshiriladi, uning miqdori shartnomada belgilanadi.
Sug’urtalash va qayta sug’urtalash brokerlari sug’urta turlari bo’yicha tushuntirish ishlari olib boradilar, sug’urtalovchilar tomonidan taklif etilgan dasturlar va sug’urtalash (qayta sug’urtalash) shartlarini ularning samaradorligi yuzasidan tekshiradilar va ulardan eng maqbul variantni tanlab oladilar.
Yuqorida ta’kidlanganlaridan kelib chiqib, brokerning asosiy funksiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) sug’urta predmetini baholash, ya’ni mijoz aynan qaysi sug’urta turiga muxtojlik sezayapti va aynan qaysi tavakkalchiliklardan;
2) qator sug’urtalovchilarning xizmatlari va moliyaviy holatlarini solishtirma tahlil qilish;
3) mijoz uchun, broker nuqtai nazarida, eng ma’qul sug’urtalovchini tanlash;
4) sug’urta shartnomasini hujjatli rasmiylashtirish (sug’urtalanuvchi roziligi bilan);
5) sug’urtalanuvchidan sug’urtalovchiga sug’urta badallarini o’z vaqtida kelib tushishini nazorat qilish;
6) sug’urta hodisasi ro’y berganda sug’urtalanuvchiga sug’urta summasi yoki sug’urta qoplamalarini olishda maslahatlar va yordam berish.
Amaliyot guvohlik beradiki, sug’urta tavakkalini to’g’ri baholashni faqatgina sug’urta tizimida uzoq yillik tajribaga ega bo’lgan malakali mutaxassislargina amalga oshirishlari mumkin.

Yüklə 52,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin