Sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari va tashkiliy-huquqiy shakllari reja


 Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshirishlarni tashkil etish va o’tkazish borasida qonun hujjatlariga quyidagicha o’zgartirishlar kiritildi



Yüklə 70,34 Kb.
səhifə10/28
tarix25.09.2023
ölçüsü70,34 Kb.
#148396
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Гьшкщм2222

2. Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshirishlarni tashkil etish va o’tkazish borasida qonun hujjatlariga quyidagicha o’zgartirishlar kiritildi:
2.1. O’zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi Qonunining 39-moddasi quyidagi tahrirda bayon etildi:
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan rejali tartibda ko’pi bilan to’rt yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirishlar esa ko’pi bilan uch yilda bir marta, faqat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan o’tkazilishi mumkin.
Хususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlarining moliya-xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko’pi bilan besh yilda bir marta amalga oshiriladi.
Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining moliya-xo’jalik faoliyati ular davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshiruvlardan o’tkazilmaydi, ushbu moddaning to’rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Aksiz to’lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining moliya-xo’jalik faoliyati, shuningdek kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining byudjet mablag’laridan hamda markazlashtirilgan mablag’lar va resurslardan belgilangan maqsadda foydalanilishi bilan bog’liq moliya-xo’jalik faoliyati ular davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshiruvlardan o’tkazilmaydi.
Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshiruvlardan o’tkazish muddatlari o’ttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda bu muddat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan uzaytirilishi mumkin, bunda ushbu qoida kichik tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas.
Tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan rejali tekshiruvlarni o’tkazish muddatlari o’n kalendar kundan oshmasligi kerak.
Nazorat qiluvchi organ rejali tekshiruv o’tkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni o’tkazish boshlanishidan kamida o’ttiz kalendar kun oldin tadbirkorlik sub’ektini tekshiruv o’tkazish muddatlari va predmetini ko’rsatgan holda yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirishlar belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari tomonidan, ular tekshiruvlar davomida soliq va valyutaga oid jinoyatlar alomatlarini aniqlagan taqdirda esa, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik sub’ekti belgilangan tartibda taqdim etgan moliya
va soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik sub’ektining faoliyati to’g’risida davlat soliq xizmati organida mavjud bo’lgan boshqa hujjatlarni o’rganish hamda tahlil etish asosida o’tkaziladigan kameral nazorat natijalari bo’yicha qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining o’tkazilayotgan tekshiruvlari ularning to’laqonli faoliyat ko’rsatishi uchun to’siqlarni yuzaga keltirmasligi kerak.
Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari birlashmalarining a’zosi bo’lgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirishlar tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining so’roviga ko’ra mazkur birlashmalar vakillarining ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
Qo’zg’atilgan jinoyat ishlari bo’yicha tekshiruvlar ularni o’tkazishning barcha bosqichlarida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan jalb etilgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ushbu huquqning rad etilishi hollari bundan mustasno) amalga oshiriladi.
Tekshirish boshlanishidan oldin, tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan tadbirkorlik sub’ektining vakolatli vakiliga uning tekshirishda ishtirok etish uchun advokatni jalb etish yoki uning ishtirokini rad etish huquqi yozma shaklda tushuntiriladi, bu haqda bayonnoma tuziladi. Bunda advokat xizmatlaridan foydalanish huquqining rad etilishi tadbirkorlik sub’ekti tomonidan advokatni tekshiruvning keyingi bosqichlariga jalb etish uchun monelik qilmaydi.
Qo’zg’atilgan jinoyat ishining mavjudligi O’zbekiston Respublikasining prokuratura, ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining faoliyatini tekshiruvlardan o’tkazish uchun asos bo’ladi. Bunda tadbirkorlik faoliyati sub’ektining faqat qo’zg’atilgan jinoyat ishi bilan bog’liq faoliyatigina tekshiruv bilan qamrab olinishi mumkin, bu haqda tekshiruv tayinlanganligi to’g’risidagi qarorda ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tekshiruv o’tkazish uchun asosga ega bo’lmagan shaxslarning tekshiruv o’tkazishiga yo’l qo’ymaslik, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning o’z vakolatiga kirmaydigan masalalar bo’yicha qo’ygan talablarini bajarmaslik hamda tekshiruv predmetiga taalluqli bo’lmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik huquqiga ega.
Tekshiruvlar natijalari dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtirilib, tekshirish tugagan kuni uning bir nusxasi tekshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati sub’ektida qoldiriladi.

Yüklə 70,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin