aksiyadorlik jamiyatlarini, «Madad» sug‘urta agenligini, «Kapital sug‘urta» ochiq aksiyadorlik jamiyatlarini misol sifatida keltirish mumkin.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan sug‘urta tashkilotlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – ular aksiyalarining fond bozorida erkin savdoga qo‘yilishidir. hozirgi kunda ushbu sug‘urta tashkilotlari tomonidan sotuvga chiqarilgan aksiyalar to‘liq investorlar o‘rtasida joylashtirilgan bo‘lsada, ular ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozorida oldi-sotdi ob’ektiga aylangani yo‘q.
O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, aksiyadorlik shaklidagi jamiyatlarning, shu jumladan sug‘urta tashkilotlarining oliy boshqaruv organi – aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi maxsus vakolatiga quyidagilar kiradi:
Sug‘urta tashkiloti nizomiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish;
Sug‘urta tashkilotini qayta tashkil etish;
Sug‘urta tashkilotini tugatish, tugatish komissiyasini tayinlash hamda oraliq va yakuniy balansni tasdiqlash;
Sug‘urta tashkiloti kuzatuv kengashining tarkibi va sonini aniqlash, uning a’zolari va raisini saylash;
E’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash;
Sug‘urta tashkilotining ustav kapitalini ko‘paytirish;
Sug‘urta tashkilotining auditorini tasdiqlash;
Shunisi diqqatga sazovorki, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi unda qatnashayotgan aksiyadorlar yoki ularning vakillarining kamida 60 foiz ovozga ega bo‘lsa, vakolatli deb hisoblanadi.
Sug‘urta tashkiloti kuzatuv kengashi aksiyadorlar orasidan saylanib, ular umumiy yig‘ilish orlag‘ida aksiyadorlarning manfaatlarini himoya etadi.
Sug‘urta tashkiloti kuzatuv kengashi quyidagi huquqlarga ega:
Sug‘urta tashkilotining ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibini belgilaydi;
Obligatsiyalar va qimmatli qog‘ozlarni joylashtiradi;
Sug‘urta tashkiloti filiallari va vakolatxonalarini tashkil etadi va tugatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 16-bobi xususiy mulkka bag‘ishlangan bo‘lib, uning 207-moddasida «xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir», deb ko‘rsatilgan. Sug‘urta tashkilotlari xususiy mulk shaklida ham tashkil etilishi mumkin. Shuningdek sug‘urta tashkiloti maspuliyati cheklangan hamda qo‘shimcha maspuliyatli jamiyat shaklida ham tashkil etiladi.
Maspuliyati cheklangan jamiyat deganda bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati tushuniladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining «Maspuliyati cheklangan hamda qo‘shimcha maspuliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi Qonunining 3-moddasida alohida qayd etilgan. Maspuliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.
Biz yuqorida sug‘urta tashkiloti qo‘shimcha maspuliyatli jamiyat shaklida ham barpo etilishi mumkin, deb ta’kidlagan edik. Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati qo‘shimcha maspuliyatli jamiyat hisoblanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar maspuliyati cheklangan jamiyat shaklida tuzilgan sug‘urta tashkilotining ishtirokchilari bo‘ladi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari maspuliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari bo‘lishi mumkin emas. Ta’kidlash joizki, maspuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilgan sug‘urta tashkiloti ishtirokchilarining soni ellik kishidan oshmasligi lozim.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlariga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi amaldagi litsenziyalar reyestriga ko’ra 2014 yil 1 avgust holatiga respublikamizda jami 33 ta sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari litsenziyalarga ega.