Sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari va tashkiliy-huquqiy shakllari reja



Yüklə 70,34 Kb.
səhifə21/28
tarix25.09.2023
ölçüsü70,34 Kb.
#148396
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Гьшкщм2222

X. Yer solig’i bo’yicha
1. Yer solig’i stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 20-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 20-ilovasi 7 va 8-jadvallarida keltirilgan stavkalarga yer uchastkalari joylashgan joyidan kelib chiqib, quyidagi koeffitsientlar qo’llaniladi: Toshkent shahri atrofida 20 km radiusda
– 1,30, Qoraqal’og’iston Respublikasi ‘oytaxti va viloyat markazlari atrofida 15 km radiusda – 1,20, tuman markazlari atrofida 10 km radiusda – 1,15 va boshqa shaharlar atrofida 5 km radiusda – 1,10.
Er uchastkalarigacha bo’lgan masofa avtomobilg’ yo’llari bo’yicha shaharlar va tuman markazlarining mahmuriy chegaralaridan boshlab belgilanadi. Agar yer uchastkasi ikki shahar yaqinida joylashgan bo’lsa, shaharning yuqoriroq funktsional vazifasiga muvofiq keladigan koeffitsient qo’llaniladi.
Jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyati uchun berilgan yer uchastkalaridan soliq yuridik shaxslar uchun tasdiqlangan stavkalar bo’yicha undiriladi.
2. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’ini hisoblashda belgilangan normativ doirasidagi yer uchastkalari uchun 5 va 6-jadvallarda keltirilgan bazaviy stavkalari bo’yicha, belgilangan normativlardan yuqori yer uchastkalariga esa bazaviy stavkalarga 1,5 ko’’aytiruvchi koeffitsient qo’llaniladi.
Bunda, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’ini hisoblash maqsadida yer uchastkalarining qo’yidagi normativlari belgilandi:
Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar bo’ysunuvidagi shaharlar bo’yicha – 0,06 ga;
boshqa aholi ‘unktlari bo’yicha (dehqon xo’jaliklaridan tashqari) – 0,1 ga.


XI. Yagona yer solig’i bo’yicha
Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig’i stavkasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 21-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.
Yagona yer solig’i stavkasi 2015 yildagi 6 foizli stavka o’rniga 2016 yil 1 yanvardan qishloq xo’jaligi yerlarining qayta hisoblangan normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorida belgilandi.
Bunda, har bir xo’jalik bo’yicha qishloq xo’jaligi yerlarining normativ qiymatini aniqlash O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasining O’zbek davlat yer tuzish ilmiy-loyihalash instituti “O’zdaverloyiha” tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 18 avgustdagi “Qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi 235-sonli qarorining 5-bandiga asosan, tasdiqlangan Nizomga muvofiq aniqlangan qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda yagona yer solig’ini hisoblab chiqarish 2016 yil 1 yanvardan boshlab amalga oshiriladi.
Bunda,O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 18 avgustdagi 235-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to’g’risida”gi Nizomning 7-bandiga asosan, normativ qiymatni aniqlash davri har yili o’tkaziladi.

Yüklə 70,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin