Sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari va tashkiliy-huquqiy shakllari reja



Yüklə 70,34 Kb.
səhifə8/28
tarix25.09.2023
ölçüsü70,34 Kb.
#148396
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
Гьшкщм2222

1923-modda. Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to’xtatib turish
Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to’xtatib turish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, –eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O’sha harakatlar:
a) ko’p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo’lsa, –eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O’sha harakatlar:
a) juda ko’p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa, – eng kam oylik ish haqining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
1924-modda. Tadbirkorlik sub’ektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish
Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini pul mablag’larini hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bog’liq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, –eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zararning o’rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo’llanilmaydi.

Yüklə 70,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin