Sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari va tashkiliy-huquqiy shakllari reja


II. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha



Yüklə 70,34 Kb.
səhifə17/28
tarix25.09.2023
ölçüsü70,34 Kb.
#148396
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Гьшкщм2222

II. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkalari dasoliq solinadigan daromadning ikkinchi shkalasi 1 foizli ‘unktga kamaytirilib, qolgan stavkalar 2015 yil darajasida saqlanib qolindi.
III. Yagona soliq to’lovi bo’yicha
1. Yagona soliq to’lovining stavkalari mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun (savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan tashqari) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 10-1-ilovasiga muvofiq, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun 10-2-ilovasiga muvofiq hamda ayrim toifadagi korxonalar uchun 10-3-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.
2016 yil 1 yanvardan boshlab iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi mikrofirma va kichik korxonalar(bundan 10-1-ilovaning 2-7-bandlarida nazarda tutilganlar mustasno) uchun yagona soliq to’lovi stavkasi 5 foiz miqdorida belgilandi.
2. Bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha xizmatlar ko’rsatuvchi yuridik shaxslar (bojxona brokerlari) uchun yagona soliq to’lovi stavkasi 2015 yildagi soliq stavkasiga nisbatan 1 foizli ‘unktga ‘asaytirilib,2016 yil 1 yanvardan boshlab 5 foiz qilib belgilandi.
3. Eks’ort qiluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi bo’yicha 2015 yilda amal qilgan, realizatsiyaning umumiy hajmida o’zi ishlab chiqargan tovarlar, ishlar, xizmatlarning, (ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish joyidan qathi nazar) erkin almashtiriladigan valyutadagi eks’orti ulushiga bog’liq holda soliq solishning regressiv shkalasi saqlanib qolindi, bundan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan ro’yxatdagi xom ashyo tovarlari mustasno. Eks’ort ulushi:
– sotishning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgacha bo’lganda, belgilangan stavka 30 foizga ‘asaytiriladi;
– sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan ko’’ bo’lganda, belgilangan stavka 50 foizga ‘asaytiriladi.
4. Gastrolg’-kontsert faoliyati bilan shug’ullanishga litsenziyasi bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarni (shu jumladan norezidentlarni) jalb etish yo’li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oluvchi mikrofirma va kichik korxonalar, shuningdek lombardlar uchun yagona soliq to’lovi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 2015 yil darajasida 30 foiz miqdorida saqlanib qolindi.
5. Quyidagi mikrofirma va kichik korxonalar uchun:
tayyorlov tashkilotlari, brokerlik idoralari (qimmatli qog’ozlar bozorida brokerlik faoliyatini amalga oshiradigan korxonalar bundan mustasno) hisoblanadigan, shuningdek vositachilik, to’shiriq shartnomasi va vositachilik xizmatlarini ko’rsatishga doir boshqa shartnomalar bo’yicha vositachilik xizmatlarini ko’rsatuvchi korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 33 foiz miqdorida;
qimmatli qog’ozlar bozorida brokerlik faoliyatini amalga oshiradigan korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 13 foiz miqdorida saqlanib qolindi.
Bunda, ushbu bandda ko’rsatilgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun soliq solinadigan baza haq summasi (yal’i daromad) ko’rinishida aniqlanadi.
6. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini realizatsiya qilish uchun turg’un savdo shoxobchalarini ijaraga berishga ixtisoslashgan (ijaraga berishdan olinadigan daromad 60 foizdan yuqori bo’lgan) korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasi 2015 yilgi darajada soliq solinadigan bazaga nisbatan 30 foiz miqdorida saqlanib qolindi.
7. Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to’lovi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 10 foiz, umumtahlim maktablari, maktab-internatlar, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy o’quv yurtlariga xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari uchun esa – soliq solinadigan bazaga nisbatan 8 foiz miqdorida saqlanib qolindi.
8. Quyidagi joylarda joylashgan chakana savdo korxonalari uchun (bundan ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdo bilan shug’ullanuvchi korxonalar hamda ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari mustasno):
aholi soni 100 ming va undan ko’’ kishidan iborat shaharlarda – yagona soliq to’lovi stavkasi 4 foiz miqdorida;
boshqa aholi ‘unktlarida – yagona soliq to’lovi stavkasi 2 foiz miqdorida;
borish qiyin bo’lgan va tog’li tumanlarda – yagona soliq to’lovi stavkasi 1 foiz miqdorida saqlanib qolindi.
9. Ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdo bilan shug’ullanuvchi korxonalar uchun (bundan dorixona tashkilotlari mustasno) yagona soliq to’lovi stavkasi 2015 yil darajasida 5 foiz miqdorida saqlanib qolindi.
10. 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab faoliyatni yuritish joyidan qathi nazar benzin, dizelg’ yoqilg’isi va suyultirilgan gaz, shuningdek alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotuvchi chakana savdo korxonalari uchun yagona soliq to’lovi stavkasi unifikatsiya qilinib, tovar oborotiga nisbatan 4% miqdorida belgilandi.
11. Ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanuvchi dorixona tashkilotlari uchun yagona soliq to’lovi stavkasi joylashgan joyiga qarab quyidagicha belgilandi:
aholisi soni 100 ming va undan ko’’ kishidan iborat shaharlarda – 3 foiz miqdorida;
boshqa aholi ‘unktlarida – 2 foiz miqdorida;
borish qiyin bo’lgan va tog’li tumanlarda – 1 foiz miqdorida saqlanib qolindi.
12. Aholi ‘unktlarini borish qiyin bo’lgan va tog’li tumanlari tarkibiga kiritish “Aholi ‘unktlarini borish qiyin bo’lgan va tog’li hududlar tarkibiga kiritish tartibi to’g’risida”gi yo’riqnomaga (Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 11 noyabrda 1868-raqam bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) muvofiq amalga oshiriladi.
13. CHakana savdo korxonalari mustaqil yuridik shaxs hisoblanmaydigan va turli aholi ‘unktlarida joylashgan, ular bo’yicha yagona soliq to’lovining turli stavkalari belgilangan bir nechta savdo shoxobchalariga ega bo’lsa, ular tomonidan har bir savdo shoxobchasi bo’yicha tovar aylanmasining alohida-alohida hisobini yuritish hamda mazkur aholi ‘unktlari uchun belgilangan stavkalar bo’yicha yagona soliq to’lovini to’lash tartibi saqlanib qolindi.
14. Yagona soliq to’lovi to’lovchilari uchun (chakana savdo korxonalari bundan mustasno) yagona soliq to’lovining eng kam miqdorini hisoblashda yagona baza etib, ular egallab turgan yer uchastkasi maydonidan kelib chiqib hisoblanadigan yer solig’ining uch karra miqdoridagi summani belgilash tartibi saqlanib qolindi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
SHuningdek, chakana savdo korxonalari uchun aynan shu turdagi faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to’lanadigan qathiy belgilangan soliq summasidan kelib chiqib yagona soliq to’lovining eng kam miqdorini hisoblash tartibi saqlanib qolindi.
15. Lotereyalar tashkil etish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar (mazkur faoliyat turi doirasida) uchun yagona soliq to’lovi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 33 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

Yüklə 70,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin