Sug`urtaning vujudga kelishi va uning risk transferining rivojlanib borish bosqichlari



Yüklə 75,46 Kb.
səhifə1/8
tarix07.10.2023
ölçüsü75,46 Kb.
#152954
  1   2   3   4   5   6   7   8
kurs ishi madina2

MUNDARIJA



Kirish…………………………………………………………………………...2
I bob.Sug`urtaning vujudga kelishi va uning risk transferining rivojlanib borish bosqichlari……………………………………………………………………….5
1.1.Sug`urtaning nazariy iqtisodiy asoslari……..……………………………....5
1.2.Sug`urtaning evolutsiyasi va iqtisodiyotdagi roli……………………….....17
II bob. Mamlakat tarmoqlari va sohalarida sug`urta munosabatlari hamda sug`urtaning guruhlanishi………………………………………………….…..26
2.1. O`zbekiston Respublikasi sug`urta xizmatlari rivojlanishining asosiy yo`nalishlari va istiqbollari………………………………………………….....26
2.2.Sug`urta risklar transferining rivojlanish bosqichlari …………………….32
2.3 Aksiyadorlik shaklidagi sug`urta tashkilotlari…………………………….35
Xulosa………………………………………………………………………....44
Foydalanilgan adabiyotlar. …………………………………………………45

Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbliligi:Iqtisodiy inqiroz davom etayotgan va jahon iqtisodiyotining o`sishi sur`atlari pasayib borayotgan bir sharoitda ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash,texnik va texnologik jihatdan yangilash siafti,ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda xizmatlarning zamonaviy turlarini ko`paytirish va nomenklaturasini kengaytirish.Sug`urta ishlab chiqarishning zarur unsurlaridan biri sifatida bozor iqtisodiyotiga o`tishning muhim iqtisodiy dastaklaridan hisoblanadi.Sug`urta bozori mulkchilikning deyarli barcha shakllarini tabiiy ofatlardan saqlashda,xilma-xil falokatlar naitjasida odamlarga yetkazilgan zararlarni qoplshda moddiy jihatdan yordam beradi.O'zbekiston Respublikasi mustaqilligidan so‘ng o'tgan vaqt mobaynida bank sohasi rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratildi. Tijorat banklarining faoliyati ushbu qisqa davrda kutilgandan ham unumliroq tarzda takomillashdi. Tijorat banklarining takomillashishiga sabab, O’zbekiston Respublikasining jahon xo'jaligidagi ishtiroki salmog'i oshib, xalqaro iqtisodiy munosabatlar ko’lami kengayib borayotganidadir. Bu borada banklaming o'rni barchaga ma'lum. Shu sababli hozirgi kunda banklar faoliyatida risklami aniqlash. ulami tahlil qilish va baholash hamda kamaytirish usullarini qo'llash tijorat banklarining asosiy vazifalaridan biriga aylandi.
Kurs mavzusining maqsadi:Bozor munosabatlari takomillashuvi iqtisodiy inlratuzilmaning qaror topishi bilan birgalikda kechadigan jarayondir. Sug'urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida bir tomondan. ijtimoiy kafolatni ta’minlasa, ikkinchi tomondan, shartnomaviy majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug'urta risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot subyektlari manfaatlarining himoyasini ham o'z zimmasiga oladi. Sug'urta faoliyati jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini himoya qilish, ulaming risklar yuz berishi oqibatida ko'rishi ehtimol bo'lgan zararlarini qoplashning zaruriy vositasi sifatida paydo bo'ldi hamda rivojlandi. Shunday anglanilgan zarurat - aniq sug'urta manfaatlari negizida sug'urta munosabatlari yuzaga keldi. Sug'urta munosabatlari, ulaming tashkiliy shakllari qandayligidan qat’iyy nazar, sug'urta fondini yaratish va undan foydalanish jarayonidir. Ta’kidlash lozimki. sug'urta munosabatlari - murakkab va keng qamrovli molivaviy-pullik iqtisodiy munosabatlar bo'lib. ular yuzaga kelishi uchun o'zaro bog'liq shart-sharoit majmuasi mayjudligi ham muhimdir. Har qanday iqtisodiy faoliyat foyda olishga qaratilganidek, sug'urta kompanivalari faoliyatidan ko'zlangan natija ham bu birinchi navbatda foyda olishdir. U esa albatta risk bilan bog'liq bo'ladi. Risk tadbirkorlik faoliyatining eng asosiy elementlaridan biri hisoblanib, u keng ma'noga ega boigan. ko'p qirrali tushunchadir. Iqtisodiyot fanining nazariyasi va amaliyotida risk kategoriyalari juda vuqori o'rinni egallaydi, bu kategoriyalami umumiy nazariyasini yaratish va uni amaliy natijalarga tatbiq etish fan olamidajuda ko'p ilmiy izlanishlarni talab qiladi. Hozirgi kungacha jahon olimlari tomonidan fan olamiga olib kirilgan juda ko'plab risk to'g'risidagi tushunchalar ulami yuzaga keltiruvchi omillami oldini olish. baholash va boshqarish usullari hanuzgacha toiiq ishlab chiqilmagan. Bu esa riskni obyektiv va subvektiv jihatdan yanada to'liqroq o'rganishni. uni funksiyasi. qonun va qoidalarini yanada umumlashtirishni talab qiladi. Riskni yuzaga kelish tarixini inson paydo bo'lishi bilan bog'lash mumkin yoki inson hayotini ma’lum bir qismi deb izohlash mumkin. Rus olimi A.P. Algin riskni yuzaga kelishini shunday izohlab o'tadi, "Risk-shunday umumlashgan hodisaki u inson sivilizatsiya jarayonini rivojlanishi bilan chambarchas bog'liqdir deydi. Bu jumla ko'pgina munozarali ko'rinsada, ammo haqiqatdan to'g'ri yondoshadigan bo'lsak hayotiy tomonlama eng sodda yo'l bilan asoslab berilgan. Riskni nazariy jihatdan sodir bo'lish jarayonini aniqlash juda murakkab, chunki bu jarayon birinchidan, risk to'g'risidagi tushunchalar umumlashtirilayotgan bo'Isa. ikkinchidan riskni alohida o'rganish bo'yicha ilmiy izlanishlar juda kam. Bu esa risk nazariyasini iqtisodiy nazariyani yoki boshqa fanlami ma’lum bir qismi. bo'limi sifatida emas, balki alohida bir "risk-nazariyasi” fani sifatida o'qitish, o'rganishni taqozo etadi. Risklarni iqtisodiy kategoriya va subyekt sifatida yuzaga kelishida iqtisodiy munosabatlaming rivojlanishi muhim rol o'ynaydi. Risk tushunchasi ko'p qirrali so'zlar bilan umumlashgan bo'lib, har bir jumla orqali yoritilgan ma’lum bir yo'nalishlarini belgilab bergan.
KSug'urta mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida iqtisodiy munosabatlar tizimida muhim o'rin tutadi. U moliya kredit kabi iqtisodiy kategoriyalar bilan chambarchas bog'liqdir. Moliya yalpi ichki mahsulotni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida vujudga keladigan maqsadli pul fondlarini shakllanishi va undan foydalanish bilan bog'liq pul munosabatlarini ifodalasa, kredit - aholi, korxona va tashkilotlar ixtiyoridagi vaqtincha bo'sh turgan mablag'lami jalb etish va undan foydalanish bilan bog'liq iqtisodiy munosabatlar yig'indisidir. Sug'urta oldindan ko'rib bo'lmaydigan tabiiy, stixiyali hodisalar ro'y berishi natijasida ko'riladigan zararlami qoplash bilan bog'liq maqsadli pul fondlarini shakllanishi va undan foydalanish bilan bog'liq iqtisodiy munosabatlar yig'indisidir.
Sug'urtaning iqtisodiy mohiyati unda qayta taqsimlash munosabatlarining mavjudligi, sug'urta riskning mavjudligi (uni aniqlash), sug'urtalovchi va sug'urtalanuvchilardan sug'urta birlashmalarini tashkil etish, yakka va guruh sug'urta ehtiyojlarini birlashtirish. barcha sug'urtalanuvchilaming zai'ari bo'yicha birgalikdagi javobgarligi, zaraming taqsimlanishi. zarami vaqt va joy bo'yicha qayta taqsimlash. sug'urta mukofotlarining qaytarilishi, sug'urta faolivatining o'z-o'zini qoplash xususiyati mavjudligi orqali belgilanadi. Tabiat va jamiyatning moddiy zarar keltiruvchi ko'zda tutilmagan harakatlari insonlar tomonidan birinchi navbatda tasodifan ro'y berdi deb qabul qilinadi, lekin ulaming doimiy takrorlanib turishi oqibatida iqtisodiy aloqalar holati va texnogen muammolar bo'lishidan qa'tiy nazar ro'y berishini isbotlab beradi. Qayta ishlab chiqarish jaravoni tabiat va jamivat kuchlarining o'rtasida to'qnashuvlar kelib chiqishini taqozo etadi. Bular bir tomondan inson va tabiat o'rtasidagi qarama-qarshiliklar bo'Isa. ikkinchi tomondan jamiyatdagi qaramaqarshiliklardir. Bulaming barchasi oxir oqibat ishlab chiqarish va boshqa faoliyat ko'rsatishda tasoditan ro'y berishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlami vujudga kelishiga obyektiv shart-sharoitlar yaratib beradi. Tabiat va jamiyat o'rtasidagi qarama - qarshiliklar natijasida yuzaga kelgan zarami qoplash. insonlar o'rtasida tabiiy ofatlardan ko'riladigan zararlar oqibatlarini qisqartirish, baratarf etish va ulami oldini olish zaruratini taqozo etadi. Tabiiy ofatlar, avarivalar, o'g'irlik va boshqa favqulotda ro'y beradigan hodisalar insonning ongidan tashqarida to'satdan yuzaga kelishi mumkin. Ilmiy nuqtai-nazardan qaraganda har bir mulk egasi o'z mol-mulkini shu jumladan, ko'chmas mulkini qisman zararlanishi yoki butunlay yo'qotilishi oqibatida ko'riladigan zararlami qoplanishidan manfaatdor ekanligini ko'rish mumkin.


Yüklə 75,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin