Sug`urtaning vujudga kelishi va uning risk transferining rivojlanib borish bosqichlari


I bob. Sug`urtaning vujudga kelishi va uning risk transferining rivojlanib borish bosqichlari



Yüklə 75,46 Kb.
səhifə2/8
tarix07.10.2023
ölçüsü75,46 Kb.
#152954
1   2   3   4   5   6   7   8
kurs ishi madina2

I bob. Sug`urtaning vujudga kelishi va uning risk transferining rivojlanib borish bosqichlari
Sug'urtaning nazariy-iqtisodiy asoslari
O'zbekiston Respublikasi mustaqilligidan so'ng o'tgan vaqt mobaynida sug'urta sohasi rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratildi. Sug'urta kompaniyalarining faoliyati ushbu qisqa davrda kutilgandan ham unumliroq tarzda takomillashdi. Sug'urta kompaniyalarining takomillashishiga sabab. O‘zbekiston Respublikasining jahon xo'jaligidagi ishtiroki salmog'i oshib. xalqaro iqtisodiy munosabatlar ko'lami kengayib borayotganidadir. Bu borada sug'urtaning o'mi barchaga ma’lum. Shu sababli hozirgi kunda sug'urta kompaniyalar risklarni aniqlash. ulami tahlil qilish va baholash hamda kamavtirish usullarini qo'llash sug'urta kompaniyalarining asosiy vazifalaridan biriga aylandi. Har qanday iqtisodiy faoliyat foyda olishga qaratilganidek, sug'urta kompanivalari faoliyatidan ko'zlangan natija ham bu birinchi navbatda foyda olishdir. U esa albtta risk bilan bog'liq bo'ladi. Risk tadbirkorlik faoliyatining eng asosiy elementlaridan biri hisoblanib, u keng ma'noga ega bo’lgan. ko'p qirrali tushunchadir. Iqtisodiyot fanining nazariyasi va amaliyotida risk kategoriyalari juda vuqori o'rinni egallaydi, bu kategoriyalami umumiy nazariyasini yaratish va uni amaliy natijalarga tatbiq etish fan olamidajuda ko'p ilmiy izlanishlarni talab qiladi. Hozirgi kungacha jahon olimlari tomonidan fan olamiga olib kirilgan juda ko'plab risk to'g'risidagi tushunchalar ulami yuzaga keltiruvchi omillami oldini olish. baholash va boshqarish usullari hanuzgacha toiiq ishlab chiqilmagan. Bu esa riskni obyektiv va subvektiv jihatdan yanada to'liqroq o'rganishni. uni funksiyasi. qonun va qoidalarini yanada umumlashtirishni talab qiladi. Riskni yuzaga kelish tarixini inson paydo bo'lishi bilan bog'lash mumkin voki inson hayotini ma’lum bir qismi deb izohlash mumkin. Rus olimi A.P. Algin riskni yuzaga kelishini shunday izohlab o'tadi, "Risk-shunday umumlashgan hodisaki u inson sivilizatsiya jarayonini rivojlanishi bilan chambarchas bog'liqdir’-devdi. Bu jumla ko'pgina munozarali ko'rinsada, ammo haqiqatdan to'g'ri yondoshadigan bo'lsak hayotiy tomonlama eng sodda yo'l bilan asoslab berilgan. Riskni nazariy jihatdan sodir bo'lish jarayonini aniqlash juda murakkab, chunki bu jarayon birinchidan, risk to'g'risidagi tushunchalar umumlashtirilayotgan bo'Isa. ikkinchidan riskni alohida o'rganish bo'yicha ilmiy izlanishlar juda kam. Bu esa risk nazariyasini iqtisodiy nazariyani yoki boshqa fanlami ma’lum bir qismi. bo'limi sifatida emas, balki alohida bir "risk-nazarivasi” fani sifatida o'qitish, o'rganishni taqozo etadi. Risklarni iqtisodiy kategoriya va subyekt sifatida yuzaga kelishida iqtisodiy munosabatlaming rivojlanishi muhim rol o'ynaydi. Risk tushunchasi ko'p qirrali so'zlar bilan umumlashgan bo'lib, har bir jumla orqali yoritilgan ma’lum bir yo'nalishlarini belgilab bergan. Bu esa riskni talqin etishda turlicha izohlami keltirib chiqargan. Riskni talqin qilish sinonimini yaratish har xil adabivotlarda turlicha izohlanadi. “Risk" so'zi ispancha-portugalcha so'zdan olingan bo'lib "suv ostidagi qova” degan ma’noni biidiradi. Taniqli iug‘atshunos S. N. Ojegovning rus tili lug'atida “risk” bu “muvaffaqiyatga intilish. baxtli hodisadan umid" degan ma’noni anglatadi deyilsa, mashhur Vebstera lug'atida riskka “xavf. zarar yoki talofat ko'rish ehtimoli” deb qaralgan. V.T. Sevruk “risk - bu hoi, bir ishiab chiqaruvchining situativ holati" degan ta’rif bergan bo'lsa rus olimi A.Olshanniy “risk-bu zarar ko'rish yoki manfaatni qoidan chiqarish bilan bog'Iiq ehtimollar o'lchamidir” degan ta'rif beradils. Professor V.M. Usoskin “Risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, oxirgi o‘z navbatida oldindan ko'ra bilish yoki mumkin bo'lmagan voqealar bilan bog'liq bo’ladi deb izohlaydi. E.S. Stoyanova "Risk bu rejalashtirilgan variantga nisbatan daromad ola olmaslik yoki zarar ko'rish ehtimolidir’’ deb ta’rif keltiradi. Risklarni mohiyatini ochib berishda ulami har xil sinonintlar bilan qo'llaganda asosiy ma'nosini tahlil etishda prof. SH. Abdullayevaning ishida “Risk xato. ikkilanish, noaniqlik, mavhumlik va hokazolar deb ta'rif berish xalqaro amaliyotga mos kelmasligi va shu holatga yaqinlashgan holda “risk", “bank riski", “kredit riski" deb yuritsak maqsadga muvollq" deb hisoblanadi. Har bir faoliyatni amalga oshirishda ikkilanish yoki xavf-xatar bo'lishi mumkin. Rus olimlaridan E. F. Jukova, S. I. Lukash va M. Glariya riskni xavf, yo'qotish deb izohlashga harakat qilganlar. M. Glariya risk tushunchasini vanada murakkab ko'rinishda asoslashga harakat qilgan. Uning fikricha risk — bu investomi pul topishi yoki pulini yo'qotishi bilan bog'liq bo'lgan tushuncha deb izohlaydi. Ko'p olimlar riskni “yo'qotish ehtimolligi” deb aytib o'tadilar. Masalan, YA. S. Melkumov riskni “moliyaviy operatsiyalardan yomon holatlami kelib chiqish ehtimolligidir” deb ta’kidlasa, V. A. Chelnokov tijorat banklari operatsiyalari bilan bog'langan holda “aktivlar aylanmasining yo'qotish ehtimolligi” deb izohlaydi. G. B. Polyakova “risk -b u ko'zlangan daromad. foydadan vuzaga kelishi mumkin bo'lgan yo'qotishni ehtimolligidir’ deb — ta’kidlab o'tadi. Polina Mixaylova “risk — bu kutilmagan holatlarda yuzaga keladigan hodisa bo'lib. ko'p hollarda aktivlami baholashda yoki daromad foizini hisoblash holatlarida namoyon bo'lishi mumkin” deb izohlaydi. Sug'urta mohiyatan murakkab va ko'p qirrali tushunchadir. Bu atama iqtisodiv ishiab chiqarish va iste’mol, tabiiy ofatlar va ko'ngilsiz hodisalar, shuningdek, inson hayotida sodir bo'ladigan turli favquloddagi hodisalar bilan chambarchas bog'langan. Jamiyat iste’mol qilishni to'xtata olmaganidek, ishiab chiqarishni ham inkor qilolmaydi. Insoniyat sivilizatsiyasining moddiy asosi ishiab chiqarish hisoblanadi. Lekin ishiab chiqarishning uzluksizligiga tabiiy ofatlar, ko'zda tutilmagan favqulodda hodisalar salbiy ta’sir ko'rsatadi, uning hajmini kamaytirib, mahsulotning son va sifat darajasini pasaytirib vuboradi. Ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlash uchun esa vetkazilgan zaraming o'mini tezda to'ldirish, fuqarolarga esa zarar oqibatlarini tugatishda yordam berilishi kerak. Buning uchun tashqaridan. birinchi navbatda, moliyaviv yordam berilishi talab etiladi. Aynan shunday moliyaviv qo'llab-quwatlash tizimida sug'urta alohida o'rin tutadi. Yetkazilishi mumkin bo'lgan katta hajmdagi zararlami qoplash uchun yetarli miqdordagi zaxira shakllantirishi lozim. Bu fondlar asosan yuridik va jismoniy shaxslar to‘laydigan sug'urta mukofotlari hisobida shakllantiriladi. uning hisobidan yetkazilgan zararlar qoplanadi va favqulodda hodisalaming oqibatlari tugatiladi. ishlab chiqarishning son va sifat ko'rsatkichlari o'sishiga erishiladi. Mamlakatimizda sug'urta endi rivojlanib kelavotgan sohalardan biri bo'lib, uning iqtisodiyot rivojlanishiga qo'shadigan hissasi istiqbolli iahamiyatga egadir. O'zbekiston Respublikasi sug'urta bozori yildan-yilga jadal sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda, lekin ushbu sohaning umumiy iqtisodiyotdagi ahamiyati hali yetarli darajaga ko'tarilmagan.
Sug'urta sohasini rivojlantirish zaruratini uning quyidagi xususiyatlariga egaligi bilan asoslash mumkin: - bozor iqtisodiyoti sharoitida harqanday munosabatlarda xavf-xatar, tavakkalchilik va qaltisliklaming mavjudligi; - sug'urta tashkilotlarining xo'ialik subyektlarini favqulodda yuz bergan hodisalar oqibatida yetgan zararlardan himoyalash. ya’ni favqulodda holat natijasida korxonaning faoliyati to'xtab qolmasligi va davom ettirilishini ta'minlashi; - mamlakat iqtisodiyotiga katta miqdordagi investitsiyalami kiritilishi munosabati bilan ulami sug'urtalash zaruriyatining kelib chiqishi; - hayot sug'urtasi orqali aholining ijtimoiy-iqtisodiy himoyasini bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida ta'minlashi; - mamlakat umumiy iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida muhim omillardan biri hisoblanishi va boshqalar. O'zbekiston Respublikasi sug'urta xizmatlari bozorida keng qamrovli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish turli mulkchilik shaklidagi sug'urta tashkilotlarining vujudga kelishi bilan bir qatorda yangi sug'urta xizmatlarini yo'lga qo'yilishiga qulay shart-sharoit yaratdi. Sug'urta mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida iqtisodiy munosabatlar tizimida muhim o'rin tutadi. U moliya kredit kabi iqtisodiy kategoriyalar bilan chambarchas bog'liqdir. Moliya yalpi ichki mahsulotni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida vujudga keladigan maqsadli pul fondlarini shakllanishi va undan foydalanish bilan bog'liq pul munosabatlarini ifodalasa, kredit - aholi, korxona va tashkilotlar ixtiyoridagi vaqtincha bo'sh turgan mablag'lami jalb etish va undan foydalanish bilan bog'liq iqtisodiy munosabatlar yig'indisidir. Sug'urta oldindan ko'rib bo'lmaydigan tabiiy, stixiyali hodisalar ro'y berishi natijasida ko'riladigan zararlami qoplash bilan bog'liq maqsadli pul fondlarini shakllanishi va undan foydalanish bilan bog'liq iqtisodiy munosabatlar yig'indisidir. Ilmiy va iqtisodiy adabiyotlarda sug'urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini yoritishda turlicha vondashuvlar mavjud ekanligini uchratishimiz mumkin. Masalan. H.R.Sobirov sug'urta tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi: Ko'pchilik adabiyotlarda sug'urta so'zi xavf-xatar. daxshat, vahima ma nosida ishlatiladi, chunki ko’rsatilgan tabiiy ofatlar va baxtsiz hodisalar natijasida jamiyat hayotiga moddiy zarar yetkaziladi. Lekin sug'urta deganda ana shu ruhiy holatlar emas, balki bular orasida vujudga kelgan va paydo bo'lishi mumkin boigan favqulodda zararlar va ulami kuchini qirqishga qaratilgan tadbirlar. zarar natijasida vujudga kelgan kamomadning o‘mini toidirish, bu yo'nalishda yuzaga keladigan sug'urtalovchi tashkilotlar va sug’urtalanuvchilar o'rtasidagi munosabatlar ko'zda tutiladi22. Bizning fikrimizcha. bu yerda keltirilgan ta’rif sug'urtaning iqtisodiy mohiyatini to'liq ochib beraolmaydi. Buning ustiga H.R.Sobirov tomonidan yuqorida berilgan ta'rif uzundan-uzoq boiib, sug’urtaning mohiyatini tezda ilg'ab olishni qiyinlashtiradi. 2002 vilning 5 aprelida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilgan ’’Sug’urta faoliyati to 'g ‘risida"gi Qonunning 3-moddasida sug‘urtaga qo'yidagicha ta'rif berilgan: ‘‘Sug’urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to’laydigan sug‘urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug’urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug'urta pulini) to‘lash yo’li bilan ulaming manfaatlarini himoya qilish tushuniladi”. Bu ta’rifda ta’kidlanishicha. sug’urtadan maqsad sug'urta hodisalari (tabiiy ofatlar) natijasida yetkaziladigan zararlami qoplash uchun pul fondlarini. ya'ni sug'urta fondlarini tashkil etishdir. Jismoniy va yuridik shaxslar hisobidan shakllanidigan bu fondlami hosil qilishda sug’urta tashkilotlari bilan sug'urtalanuvchilar o'rtasidagi munosabatlar sug'urta shartnomasida aks ettiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslar to’laydigan sug’urta mukofotlari hisobidan shakllanadigan sug'urta fondlari ulkan miqdorlami tashkil etadi. Sug'urta fondi mablagiari sug'urta hodisalarining yuz berishi oqibatida yetkazilgan zararlami qoplashga va ular miqdorlarini kamaytirish maqsadida ogohlantirish choratadbirlariga sarflanadi. Sug'urta tushunchasiga berilgan bu ta'rif iqtisodiy nuqtai nazardan emas, balki huquqiv jihatdan ahamiyatli ekanligini ta'kidlash o'rinlidir. Rossiyalik iqtisodchi olim B.Serbinovskiy fikricha: “sug'urta — yuridik va jismoniy shaxslar to'laydigan sug'urta badallari (mukofotlari)dan shakllanadigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug'urta hodisasi) ro'y berganda ushbu shaxslaming mulkiy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha munosabatlar tizimidir”. Ammo shuni yoddan chiqarmaslik zarurki, sug'urta nafaqat yuridik yoki jismoniy shaxslaming mulkiy manfaatlarini himoya etuvchi vosita, balki jismoniy shaxslaming hayotiga, sog'lig'iga baxtsiz hodisalar sodir bo'lishi natijasida shikast yetkazilganda ularga sug'urta to'lovlarini berish yo'li bilan himoya etuvchi vosita hamdir. Shu bois, B.Serbinovskiy bergan ta’rifni ham to'liq deb bo'lmaydi. Yana bir iqtisodchi olima N.Bendina sug'urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini ochib berish maqsadida quyidagilarni ta’kidlaydi: “yuridik va jismoniy shaxslar zarar ko'rganda ko'rilgan zarami ko'pchilik shaxslar o’rtasida taqsimlash orqali uni qoplash usulidir” Darhaqiqat. sug'urta fondi ko'pchilik jismoniy va yuridik shaxslaming to‘laydigan sug'urta mukofotlari hisobiga shakllanib, ushbu fondni shakllantirishda ishtirok etgan shaxslaming mulkiy manfaatlariga tabiiy hodisalar ro'y bcrishi natijasida zarar yetganda. ushbu fonddan sug'urta qoplamasi beriladi. Lekin, hammaga emas. Yana bir marta ta’kidlash lozimki. laqat shu fondni tashkil ctishda qatnashgan shaxslargagina beriladi. ya'ni bir shaxs ko'rgan zarar ko'pchilik o'rtasida taqsimlanadi. Shu ma'noda. N.Bendina tomonidan berilgan ta'rif sug'urtaning iqtisodiy mohiyatini qisman voritib bera oladk deb ayia olamiz. Bunga o'xshash ta'rillami ko'plab keltirish mumkin. Shu bilan bir qatorda, ularning hammasida ba'zi bir kamchiliklami ko'rish mumkin. Bizning fikrimizcha, sug'urta deganda stixiyali va boshqa tabiiy hodisalar ro'v berishi natijasida yuridik va jismoniy shaxslaming molmulki va sog'ligiga zarar yetkazilganda. bu zararhimi qoplashga mo'ljallangan maxsus maqsadli pul fondlarini shakllanishi va undan foydalanish bilan bog'liq iqtisodiy munosabatlaryig'indisi tushuniladi. Sug'urta bozor iqtisodiyoti infrastrukturasining tarkibiy qismi va ishlab chiqarish munosabatlarining muhim tashkil etuvchi unsurlaridan biridir. Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish bilan bevosita bog'liq. Shunday ekan, ishlab chiqarishga ta’sir qiladigan zararlar bozor iqtisodiyoti yo'nalishlarini chetlab o'tmaydi. Shu munosabat bilan sug'urta ko'p ukladli xo'jaliklaming har birini sug'urtalashda, ulaming mol-mulklarini bud saqlashda alohida ahamiyatga ega bo'ladi. Shunday qilib bozor iqtisodiyotiga o'tish asosida:
Birinchidan, mustaqil sug'urta xizmatlar tizimi barpo qilindi. Faoliyat jihatidan respublika miqyosida mustaqil tashkilotga aylandi. U O'zbekiston Moliya vazirligi tarkibidan chiqib, davlat bosh iqtisodiy islohotchi bo'lgani holda davlat aksiyadorlik hamda boshqa mulk shaklidagi sug'urta tashkilotlari tashkil etildi.
Ikkinchidan, alohida sug'urta faoliyati to'g'risidagi qonun qabul qilindi. unda respublikamizning o'ziga xos xususiyatlari e'tiborga olindi.
Uchinchidan, xorijiy mamlakatlardagi sug'urta tashkilotlari bilan hamkorlik kuchaydi, ular ishtirokida qo'shma sug'urta tashkilotlari tashkil qilindi. Milliy sug'urta tashkilotlari jahon sug'urta tashkilotlari qatoridan o'rin oldi.
To'rtinchidan, sug'urta mablag`laridan investitsiya maqsadlarida foydalanish asosida ulaming moliyaviy ahvoli yaxshilandi, xorijiy mamlakatlar mablag’laridan investitsiya maqsadlari uchun foydalanishda sug'urta tashkilotlarining vositachilik roli vujudga keldi.
Beshinchidan, sug'urta tashkilotlari bilan krcdit muassasalarining hamkorligi kuchaydi. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bankdan olingan kreditlami o'z vaqtida qaytarilishiga qaratilgan sug'urta faoliyati kengayib bordi, u qishloq xo'jaligi korxonalariga nisbatan ham joriy qilindi.
Oltinchidan, sug'urta xizmatlari bozorida ixtiyoriy sug'urta turlarining jadal rivojlanishi kuzatildi. Shuningdek, majburiy sug'urtalashning qonunchilik asoslari va ulaming ustivor yo'nalishlari joriy etila boshlandi.
Yettinchidan, sug'urtaning xalq farovonligini yaxshilashdagi roliga alohida ahamiyat berila boshlandi. Shu munosabat bilan ixtiyoriy shaxsiy sug'urtaning ko'pchilik qoidalari qaytadan ko'rib chiqildi. qo'shimcha pensiya va boshqa sug'urta turlari joriy qilindi.
Sakkizinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikning muhim ahamiyatiga alohida e'tibor berilib. sug'urtaning yangi turlarini amalga oshirishga kirishildi.
To‘qqizinchidan, sug'urta faoliyati bilan qimmatli qog'ozlar o'rtasida tegishli munosabat o'rnatildi. Sug‘urta tashkilotlari o'zlarining qimmatli qog'ozlarini emissiya qilishlari va qimmatli qog'ozlar bozorida oldi sotdi ishlarini amalga oshirishlarining huquqiy asoslari shakllantirildi. Shuningdek, sug'urta tashkilotlarining qimmatli qog'ozlarga qilinadigan investitsiya faoliyati yoTga qo’vildi va rag'batlantirildi. Bundan tashqari. respublika sug'urta tashkilotlari xorijiy mamlakatlar tajribalarini o'rganishga ham alohida e'tibor berdilar. ayrim xorijiy sug'urta tashkilotlari vakillari O'zbekiston sug'urta tashkilotlari xodimlari bilan amaliy seminarlar o'tkazib turdilar. Bu tadbirlar respublikamiz sug'urta xizmatlari bozorini tashkil qilishga zamin hozirladi va sug'urtalanuvchilar doirasini kengaytirishga jiddiy yordam bermoqda. Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati Sug'urtaning iqtisodiy mohiyati unda qayta taqsimlash munosabatlarining mavjudligi, sug'urta riskning mavjudligi (uni aniqlash), sug'urtalovchi va sug'urtalanuvchilardan sug'urta birlashmalarini tashkil etish, yakka va guruh sug'urta ehtiyojlarini birlashtirish. barcha sug'urtalanuvchilaming zai'ari bo'yicha birgalikdagi javobgarligi, zaraming taqsimlanishi. zarami vaqt va joy bo'yicha qayta taqsimlash. sug'urta mukofotlarining qaytarilishi, sug'urta faolivatining o'z-o'zini qoplash xususiyati mavjudligi orqali belgilanadi. Tabiat va jamiyatning moddiy zarar keltiruvchi ko'zda tutilmagan harakatlari insonlar tomonidan birinchi navbatda tasodifan ro'y berdi deb qabul qilinadi, lekin ulaming doimiy takrorlanib turishi oqibatida iqtisodiy aloqalar holati va texnogen muammolar bo'lishidan qa'tiv nazar ro'y berishini isbotlab beradi. Qayta ishlab chiqarish jaravoni tabiat va jamivat kuchlarining o'rtasida to'qnashuvlar kelib chiqishini taqozo etadi. Bular bir tomondan inson va tabiat o'rtasidagi qarama-qarshiliklar bo'Isa. ikkinchi tomondan jamiyatdagi qaramaqarshiliklardir. Bulaming barchasi oxir oqibat ishlab chiqarish va boshqa faoliyat ko'rsatishda tasoditan ro'y berishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlami vujudga kelishiga obyektiv shart-sharoitlar yaratib beradi. Tabiat va jamiyat o'rtasidagi qarama - qarshiliklar natijasida yuzaga kelgan zarami qoplash. insonlar o'rtasida tabiiy ofatlardan ko'riladigan zararlar oqibatlarini qisqartirish, baratarf etish va ulami oldini olish zaruratini taqozo etadi. Tabiiy ofatlar, avarivalar, o'g'irlik va boshqa favqulotda ro'y beradigan hodisalar insonning ongidan tashqarida to'satdan yuzaga kelishi mumkin. Ilmiy nuqtai-nazardan qaraganda har bir mulk egasi o'z mol-mulkini shu jumladan, ko'chmas mulkini qisman zararlanishi yoki butunlay yo'qotilishi oqibatida ko'riladigan zararlami qoplanishidan manfaatdor ekanligini ko'rish mumkin.
Qadim zamonlardan manfaatdor shaxslarda ko’rilgan zarami qoplash maqsadida mulk egalariga tegishli mol-mulklami birlashtirish va zarami birlashma a’zolari o'rtasida bo'lish fikri tug'ilgan. Ushbu birlashma qatnashchilari qanchalik ko‘p bo'lsa, zarar ko‘rgan tomonga to'lanishi kerak bo'lgan tovon uchun ajratiladigan mablag' ulushi shuncha ko'p bo'lgan. Ma’lumki, agarda har bir mulk egasi savdogar voki hunarmand boiadimi. ehtimoli mavjud bo'lgan zarami qoplash maqsadida zaxirada uning avlanma mablag'lariga teng miqdorda moddiy bovliklami ushlab turishga majbur boiar edi. Shu sababli xayrihoh shaxslami zarami birgalikda qoplash maqsadida birlashmaga birlashtirish g'oyasi yuzaga kelgan. Ko'p asrlik sug'urtalash tarixi shuni isbotlab bcrdiki, sug’urtalash iqtisodiyotga ijobiy ta’sir etuvchi eng muhim omillardan biridir. Bundan tashqari sug'urta tashkilotlari tomonidan shundav faoliyat - bu sug’urta hodisasini oldini olish ishku’i amalga oshirildi. Oldini olish ishlari o'z ichiga sug'urta hodisalari soni va undan keladigan zararlami kamaytirish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar kiradi. ya’ni doimiy sug'urta obyektining tekshirish va o'quv dasturlari kiradi. Shu sababli. sug’urtalash nafaqat sug'urtalangan ko'chmas mulkni xavfsizligini ta’minlashini. balki sug’urta hodisalarini ro'y berishini kamayishiga va fuqarolar xavfsizligini yaxshilashga yordam berishini isbotlab berdi. Ishlab chiqarish jarayonini to'xtovsiz bo'lishini ta'minlash va hayotda erishilgan mavqeni mustahkamlash maqsadida insonlar o'rtasidagi bu obyektiv aloqalar barchasi sug'urta himoyasining iqtisodiy kategoriyasini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish, sug'urtalash rolining ijtimoiy ishlab chiqarishda o’sib borishini ta’minlaydi, sug'urta xizmatlari maydonini kengaytirishni va davlat sug'urta tashkilotlariga altemativ sug'urta tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi. Ma’muriv - buyruqbozlik tizimi xalq xo'jaligi ustidan bajarilgan, davlat mulki salmog'i ko'p bo'lgan va mehnat jamoalari rahbarivat tomonidan korxona molmulkini saqlashda iqtisodiy javobgarligi sust bo'lgan davrlarda sug'urtalash iqtisodiyotda hozirgidek mavqega ega bo'lmagan bo'lar edi. Bozor munosabatlarining keng ko'lamda yoyilib borishi qachonki mahsulot ishlab chiqaruvchi o'z rejasi bo'yicha ish ko'rayotgan, javobgarlikkirni barcha risklariga qaramasdan o'z zimmasiga olishi sug'urtalashning roli va ahamiyatini yanada oshiradi. Shundan an’anaviy - tabiat ofatlaridan (yer qimirlashi, suv bosishi, to'fon va boshqalar), texnik va texnologik xarakterdagi tasodifiy hodisalar, (yong’in, avariva portlash va boshqalar), himoyalaridan - sug'urtalash obyektlari bo'lib ko'p holatlarda har xil kriminal toifasidagi zararlar (o'g'irlik, talon-taroj, transport vositalarini o'g'irlab ketish va boshqalar) bo'lib qolmoqda.
Sug'urtalanuvchi ko'chmas mulkka egalik shakli har xil bo'lgan korxona va tashkilotlar endilikda nafaqat asosiy fondlarini zararlanishi yoki yo'q bo'lib ketishidan, balki korxonaning majburan to'xtab qolishidan (xomashyoning vaqtida keltirilmasligi, xaridorlaming to'lov qobiliyati yo'qligi munosabati bilan va hakozo) yuzaga kelgan xarajatlar va olinmagan daromadlar bo'yicha sug'urtalashga zamriyat sezmoqdalar. Bozor iqtisodiyotida sug'urtalash bir tomondan fuqarolar farovonligi va biznesni himoyalash vositasi boisa. ikkinchi tomondan daromad keltiruvchi faoliyat turi hisoblanadi. Sug'urta tashkilotlarining daromad manbai bo'lib. sug'urta faoliyatidan olinadigan daromadlar va ishlab chiqarish obyektlariga. tashkilotlar aksiyalariga, bank depozitlari va qimmatli qog‘ozlar depozitlariga vaqtincha bo'sh mablag'larni investitsiya qilishdan olingan daromadlar hisoblanadi. Sug'urta ishlab chiqarishga qo'shayotgan ulushi bilan ishlab chiqarishning o'sishiga yangi imkoniyatlar yaratib beradi. Iqtisodiyot tarixi va sug'urtalash tarixi bo'yicha ijod qilgan ko'pgina olimlar sug'urtalash bozori va ishlab chiqarishning rivojlanishi o'rtasida uzviy bog'liqlik borligini aytib o'tganlar. Sug'urtalash bo'yicha ijod qilgan amerikalik olimlar Mer va Kommak. o'zlarining "Sug'urtalash usullari" kitobida. Buyuk Britaniyaning yirik savdo davlati bo'lishida yong'indan sug'urtalash bo'yicha xizmatlaming mavjudligi yaqindan yordam bcrganligini aytib o'tishgan. Sug'urtalash o'zining kelib chiqishi va tuzilishi bilan moliva va kreditdan farq qiladi. Ma'lumki moliyaning mohivati iqtisodiy kategoriya sifatida pul fondlarining tashkil topilishi va ishlatilishi munosabatlari bilan bog'Iiq. Sug'urtalashning mohivati ham pul fondlarining tashkil topilishi va ishlatilishi bilan uzviy bog'liqdir.


Yüklə 75,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin